Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 19:31

Moskvada o‘zbekistonlik enaga keksa ayolning qotilligida gumonlanmoqda


Rossiya matbuotiga ko‘ra, o‘zbekistonlik Gulchehra A. oxirgi bir yilda Moskvada enagalik qilib kelgan (VKontakte)
Rossiya matbuotiga ko‘ra, o‘zbekistonlik Gulchehra A. oxirgi bir yilda Moskvada enagalik qilib kelgan (VKontakte)

Moskvada o‘zbekistonlik enaga 82 yoshga kirgan keksa ayolni pichoqlab o‘ldirganlikda gumonlanib, hibsga olindi. O‘ldirilganga enagalik qilib kelgan 31 yashar Gulchehra A. Tverskoy sudi qarori bilan tergov yakuniga qadar hibsxonada qoladi.

Tergovchilar Gulchehrada jiddiy ruhiy hastalik borligiga ishora qilmoqda.

Rossiya Tergov qo‘mitasining Moskva shahri bo‘yicha boshqarmasi O‘zbekiston vatandoshligiga ega bo‘lgan 31 yashar ayolni qarovida bo‘lgan 82 yashar moskvalik ayolni chavaqlab o‘ldirganlikda gumonlab, “qotillik” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochdi.

Tergov boshqarmasida Ozodlik so‘roviga qotillik 20 - yanvar kuni Moskvaning Savyolovskiy vokzali yaqinidagi ko‘p qavatli uylardan birida sodir bo‘lganini bildirishdi.

- Tergov ma’lumoticha, 2021 - yilning 20 - yanvarida Moskvadagi Uglovoy ko‘chasidagi yotoq uyda joylashgan kvartiralardan birida 1938 - yilda tug‘ilgan keksa ayol jasadi aniqlandi. Murdaning tomoq qismida pichoq bilan yetkazilgan jarohatlar borligi aniqlandi. Bu jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib, 31 yashar ayol qo‘lga olindi, dedi Yuliya Ivanova, Rossiya Tergov qo‘mitasining Moskva shahri bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i muovini.

Tergovchilar so‘roq davomida bu ayol o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lgani va qotillikni nafaqaxo‘r bilan yuzaga kelgan janjal paytida behosdan sodir etganini bildirgan.

Men shunchaki bu kampirdan charchab ketdim. Qo‘limda qanday pichoq paydo bo‘lganini bilmay qoldim, hammasi tasodifan sodir bo‘ldi”, deya ayolning so‘zlarini keltirmoqda tergovchilar.

Dastlabki tergov davomida hibsga olingan ayol 31 yashar o‘zbekistonlik Gulchehra A. ekani, u oxirgi bir yil davomida o‘ldirilgan Irina Kojinaga enaga bo‘lib kelgani va Rossiyada nolegal holatda bo‘lgani aniqlandi.

O‘ldirilgan Irina Kojina tilshunoslik bo‘yicha fan nomzodi va taniqli tarjimon bo‘lgani, Rossiya poytaxtidagi kutubxonalardan birida ishlab kelgani, oxirgi yillarda og‘ir hastalik tufayli uydan deyarli chiqmasdan yashab kelgani aytildi.

Moskvaning Tverskoy tuman sud mahkamasi qotillikda gumonlanuvchi ayolni 2 oyga tergov yakuniga qadar hibsda qoldirish to‘g‘risida qaror chiqardi.

Kvartira eshigi ochiq qolganini ko‘rib qolgan qo‘shnilardan biri moskvalik kampirni pichoqlab ketilgan holatda deraza tagida aniqlagan. Politsiya kvartiradan biror qimmatbaho buyum yo‘qolmaganini ham qaydga olgan.

Tergov qo‘mitasi xodimlari o‘zbekistonlik muhojir ayol ruhan jiddiy hasta bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Tergov rasmiysi Yuliya Ivanova muhojir ayol O‘zbekistonda psixonevrologiya dispanserida qaydda turgani aniqlanganini bildirdi.

- Shu kunlarda uning ruhiy sog‘ligini tekshirish maqsadida psixologiya-psixiatriya ekspertizasi tayinlanadi. Shuningdek tergov bu ayolning qanday qilib qarovchi sifatida ishga joylashib olganini tekshirib ko‘radi, dedi Yuliya Ivanova.

Samarqandlik Gulchehra Boboqulova 2016 - yilda 4 yashar bolaning qotilligida aybdor topilgan
Samarqandlik Gulchehra Boboqulova 2016 - yilda 4 yashar bolaning qotilligida aybdor topilgan

Bundan 4 yil oldin o‘zbekistonlik boshqa bir ayol - Gulchehra Bobokulova, Moskvada o‘zi 3 yilcha enagalik qilib kelgan nogiron 4 yashar Anastasiya Meshcheryakovani avval bo‘g‘ib o‘ldirib, keyin boshini olgan edi. Qizaloq tanasi qolgan kvartiraga o‘t qo‘yib yuborgan enaga Moskva ko‘chalarida qizning boshini ko‘tarib yurgan paytda qo‘lga olingani videotasvirlarda o‘z aksini qoldirgan edi.

2016 - yilning 24 - noyabrida Xoroshevo tuman Sud uni ruhiy nosog‘lom deb topib, jinoiy javobgarlikdan ozod qilgan edi. O‘z jinoyatiga to‘liq iqror bo‘lgan ayol “Ollohning buyrug‘i”ni bajargani va u bilan “gaplashganini” bildirgan.

Hozirda Gulchehra Qozon shahridagi ruhiy kasalxonada majburan davolanmoqda.

XS
SM
MD
LG