Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 05:28

Oliy harbiy sudda MXX sobiq polkovnigi To‘raqulov ishi bo‘yicha yangi mahkama boshlandi


5 sentabr kuni O‘zbekiston Oliy harbiy sudi DXX Tergov boshqarmasi tergov bo‘limining sobiq boshlig‘i, polkovnik Nodir To‘raqulov ishini kassatsiya tartibida ko‘rishni boshladi.

Mazkur ish To‘raqulovdan jabrlanganlardan birining shikoyat arizasiga ko‘ra qo‘zg‘atilgan.

Ushbu sudlov To‘raqulov bilan bog‘liq Ozodlikka ma’lum uchinchi mahkamadir.

To‘raqulovga ochilgan ilk mahkama o‘tgan yilning 25 oktabrida yakunlanib, DXX sobiq polkovnigi 14 ta modda bo‘yicha aybdor deb topilgan va 16 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Keyinchalik To‘raqulov ustidan yana 10ga yaqin modda bo‘yicha yangidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda mahkama davom etmoqda.

5 sentabr kuni O‘zbekiston Oliy harbiy sudining kassatsiya sudlov hay’ati tomonidan Davlat Xavfsizlik Xizmati (DXX - sobiq MXX) sobiq polkovnigi Nodir To‘raqulovga oid jinoyat ishi kassatsiya tartibida qayta ko‘rila boshladi. Bu haqda Ozodlikka harbiy hay’atning jamoatchilikka gapirish vakolati yo‘qligi uchun o‘z shaxsi sir qolishini so‘ragan mulozimi ma’lum qildi.

Nodir To‘raqulov
Nodir To‘raqulov


Kassatsiya sudlov hay’ati tomonidan ko‘rilayotgan ushbu ish Nodir To‘raqulovdan jabrlanganlardan biri – Germaniyaning International Spedition Willi Bets shirkatining O‘zbekistondagi vakillarining shikoyat arizasi asosida qo‘zg‘atilgan.

Mazkur mahkamaga oid Ozodlik qo‘lga kiritgan hujjatlarga ko‘ra, jabrlanuvchi tomon Nodir To‘raqulovni nemis shirkatiga qarashli 17 dona Mercedes Bens Aktros avtomashinasini noqonuniy hibsga olib, shirkatga 4 800 000 yevro miqdorida zarar yetkazganlikda ayblamoqda.

2018 yilning 25 oktabr kuni Nodir To‘raqulovga oid mahkama hay’ati nemis shirkati vakillarining da’vo arizasini qanoatlantirmasdan rad qilgan.

Jinoyat ishida protsessual Kodeksning davlat sirlariga oid qismi mavjudligi bois sud yopiq tarzda o‘tmoqda.

Ozodlik Nodir To‘raqulov va uning sheriklariga oid jinoyat ishlari borasida O‘zbekiston Bosh prokuraturasidan bir necha bor ma’lumot so‘radi. Bosh prokuratura To‘raqulov ishi bo‘yicha biror izoh berilmasligini ma’lum qilgan.

Birinchi ish: To‘raqulovga 16 yillik qamoq

2018 yilning 25 oktabrida MXX Tergov boshqarmasi tergov bo‘limining sobiq boshlig‘i, polkovnik Nodir To‘raqulov 16 yilga ozodlikdan mahrum qilindi va 81 million 92 ming so‘m jarimaga tortildi.

7 sentabr kuni Ozodlik Nodir To‘raqulovga oid ilk mahkama bo‘yicha matbuotga shu paytgacha ma’lum bo‘lmagan ma’lumotlarni aniqladi.

Ozodlik qo‘lga kiritgan hujjatga ko‘ra, ilk mahkama Nodir To‘raqulovni Jinoyat kodeksining jami 14ta moddasi bo‘yicha aybdor deb topgan:

  • 165-modda (Tovlamachilik)ning 3-qismi “a” bandi;
  • 167-modda (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish)ning 3-qismi, “a,v” bandlari;
  • 209-modda (Mansab soxtakorligi)ning 2-qismi, “a,v” bandlari;
  • 210-modda (Pora olish)ning 3-qismi, “a” bandi;
  • 227-modda (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish)ning 1-qismi;
  • 228-modda (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish)ning 2-qismi, "a,v" bandlari
  • 228-modda (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish)ning 3-qismi;
  • 230-modda (Aybsiz kishini javobgarlikka tortish)ning 2-qismi;
  • 234-modda (Qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibsga olish)ning 2-qismi;
  • 235-modda (Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash)ning 2-qismi, “a,v,g,d”bandlari;
  • 236-modda (Tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish)ning 2-qismi;
  • 238-modda (Yolg‘on guvohlik berish)ning 3-qismi;
  • 243-modda (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish);
  • 301-modda (Hokimiyatni suiiste’mol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi) 1-qismi;

Ikkinchi ish: To‘raqulov yana 10ga yaqin modda bo‘yicha ayblanmoqda

Nodir To‘raqulov ishi bo‘yicha guvohlar va jabrlanuvchilar bilan suhbatlashgan "Ezgulik" jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanovga ko‘ra, To‘raqulovga nisbatan ochilgan ikkinchi jinoyat ishi doirasida u yana 10ga yaqin modda bo‘yicha ayblanmoqda.

Tashanovga ko‘ra, Nodir To‘raqulovga nisbatan odam o‘g‘irlash, qotillik, qiynoqqa solish singari yana o‘nga yaqin modda bilan ochilgan jinoyat ishi mahkamaga oshirilgan. Sud yopiq o‘tayotgani bois mahkama tafsilotlari Ozodlikka ma’lum emas.

To‘raqulovning jinoiy sheriklari

Oliy sud Harbiy hay’atida Nodir To‘raqulov bilan birgalikda MXX mulozimlari, prokuror, militsiya va tadbirkorlardan iborat, bir guruh shaxslar ham sudlandi.

Shu paytgacha ular soni 12 nafar ekani aytib kelinayotgan edi.

Ozodlik qo‘lga kiritgan hujjatda To‘raqulov bilan birgalikda qora kursiga o‘tirganlar soni jami 19ta ekani qayd qilingan:

1. MXX raisining Ichki xavfsizlik masalalari bo‘yicha sobiq o‘rinbosari, general-mayor Hayot Sharifxo‘jayev

2. MXX raisining sobiq o‘rinbosari, polkovnik Shuhrat Toshpo‘latov

3. MXX tergovchisi, polkovnik Nodir To‘raqulov

4. Markaziy banki raisining sobiq o‘rinbosari, MXX kuratori Alisher Akmalov

5. MXX Surxondaryo viloyat boshqarmasi tergov bo‘limi tergovchisi, podpolkovnik F. Ergashev

6. Surxondaryo viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik R.Nazarov

7. Surxondaryo viloyat prokuraturasi tergovchisi Sherali Ahmedov

8. I. Igamberdiyev

9. A.Achilov

10. B. Bahromov

11. U. Berdimurodov

12. E. Narkabilov

13. O. Sattorov

14. Sh. Eshqobilov

15. Z. Pirmatov

16. N.Begejanov

17. A. Rasulov

18. Sh. Mamanazarov

19. B. To‘raqulov

Ro‘yxatdagilarning ayrimlari lavozimi haqida Ozodlikda ma’lumot yo‘q. Sudlanganlarning 6 nafari - surxondaryolik va andijonlik tadbirkorlar ekani aytilgan.

To‘raqulov - “Jasorat” medali sohibi

To‘raqulov Nodirbek Dilmurodovich 1976 yil 12 oktyabrda Andijon shahrida tug‘ilgan. Oilali, to‘rt nafar farzandi bor.

U oliy ma’lumotli, polkovnik unvoniga ega.

To‘raqulov davlat mukofoti- “Jasorat” medali bilan taqdirlangan.

Sobiq MXX tergovchisi To‘raqulov O‘zbekiston prezidenti Mirziyoyevning Qiziriqdagi yig‘ilishda MXXning ayni viloyatdagi boshqarmasi faoliyatini keskin tanqid qilgani ortidan 2018 yilning 14 fevral kuni Toshkentda qamoqqa olingan edi.

ОЗОДЛИК СУРИШТИРУВИ: МХХ ВА НАРКОТРАФИК (ВИДЕО)
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:24:14 0:00

Mirziyoyev tanqidi va DXXga aylangan MXX

To‘raqulov qamoqqa olinganidan keyin u ishlagan MXX idorasi rahbari Davlat xavfsizlik xizmati deb o‘zgartirildi¸ uni 23 yil davomida boshqarib kelgan qudratli general Rustam Inoyatov o‘rniga¸ o‘tgan yilning 30 yanvar kuni mamlakat Bosh prokurori bo‘lib ishlagan Ixtiyor Abdullayev tayinlandi.

Ixtiyor Abdullayev o‘tgan yilning 16 mart kuni Surxondaryo viloyati hokimligida o‘z idorasi mulozimlari¸ xususan uning sobiq polkovnigi Nodir To‘raqulovdan jabr ko‘rgan tadbirkorlar, korxona-tashkilotlar rahbari va sobiq hokimlar bilan shaxsan uchrashuv o‘tkazgan edi.

Joriy yilning 8 fevral kuni Ixtiyor Abdullayevning o‘zi ham lavozimidan bo‘shatilib, hibsga olindi.

Ayni kunlarda O‘zbekiston sobiq Bosh prokurori¸ Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev ustidan ham mahkama jarayoni davom etmoqda.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG