Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 02:31

Atambaev siyosatga qaytmoqda. Yangi va sobiq prezident “do‘stligiga darz ketdi”mi?


So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov (chapda) va Almazbek Atambaev 2017 yil 24 noyabrda o‘tgan inaguratsiya marosimida.
So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov (chapda) va Almazbek Atambaev 2017 yil 24 noyabrda o‘tgan inaguratsiya marosimida.

Qirg‘izistonda olti yillik prezidentlik muddatini o‘taganidan so‘ng 2017 yil kuzida hokimiyatni o‘zidan keyingi saylangan prezident So‘o‘ro‘nbay Jeenbekovga topshirgan Almazbek Atambaev siyosatga qaytmoqda. Mazkur xabar ortidan prezidentlik saylovi paytida ham, undan keyin ham do‘st ekanliklarini aytib kelgan bu ikki siyosatchining “do‘stligiga darz ketgani” to‘g‘risidagi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Атамбаев сиёсатга қайтмоқда. Янги ва собиқ президент “дўстлигига дарз кетди”ми?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:59 0:00

Atambaev yana partiya raisi bo‘lishi kutilmoqda

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambaev 31 mart kuni yana katta siyosatga qaytishi kutilmoqda. Bu haqda hukumron Sotsial-demokratlar partiyasi raisi o‘rinbosari Farid Niyozov ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, partiyaning 31 mart kuni o‘tadigan quriltoyida prezidentlikka saylanganidan so‘ng partiya rahbarligidan ketgan Almazbek Atambaevni yana qayta raislikka saylanishi rejalangan.

Mazkur xabar ortidan Atambaev o‘z siyosiy vorisi bo‘lgan Qirg‘izistonning 5-prezidenti So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov bilan munosabatini buzgani to‘g‘risida qirg‘iz jamiyati va siyosiy doiralarda gap-so‘zlar paydo bo‘ldi.

"Jeenbekov avvalgi prezidentni tanqid qilmoqda"

“Toza Qirg‘iziston” partiyasi raisi Marat Imankulov bu borada fikr bildirar ekan, Atambaevning eng yaqin do‘sti va maslahtchisi sifatida ko‘riladigan Farid Niyozovning mart oyi boshlarida ishdan bo‘shatilishini tilga oldi:

- Farid Niyozovning prezident ma’muriyati rahbari lavozimidan bo‘shatilishi va Xavfsizlik kengashida avvalgi hokimiyat paytida olib borilgan korrupsiyaga qarshi kurashning samarasiz bo‘lgani keskin tanqid qilingani Atambaev va Jeenbekov o‘rtasidagi munosabat darz ketganiga birinchi dalildir. Amaldagi prezident avvalgi prezidentning faoliyatini do‘st ekanliklariga qaramay tanqid qildi. Menimcha, bu juda to‘g‘ri yo‘l, -dedi Marat Imankulov.

"Sobiq va amaldagi prezident o‘rtasida kadrlar masalasida tushunmovchiliklar bor"

Hukumron Sotsial-demokratlar partiyasidan parlament deputati ​Riskeldi Mombekov esa bir oy davomida sobiq va amaldagi prezidenlar bilan uchrashib suhbatlashganini aytar ekan, ularning munosabati buzilgani to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi:

-Ularning o‘rtasida kadrlar almashinuvi yuzasidan ayrim tushunmovchiliklar bor, xolos. Atambaev prezident, Jeenbekov bosh vazir bo‘lib turganida ham bu kabi tushunmovchiliklar bo‘lgan. Bu odatiy holat. Ularning munosabatlariga darz ketmagan, deb aniq ayta olaman,-dedi Riskeldi Mombekov.

Atambaev Jeenbekovga ishonishini aytgan

So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov Asqar Aqaev, Qurmonbek Bakiev, Ro‘za O‘tunbaeva va Almazbek Atambaevdan keyin Qirg‘izistonning 5-prezidenti bo‘ldi. U 2017 yil 15 oktabrda o‘tgan prezident saylovida 11 nomzod orasida saylovchilarning 54 foizdan ko‘prog‘ining ovozini olib, g‘olib bo‘lgan edi.

Atambaev Jeenbekovni o‘zining siyosiy vorisi, deb atagan va o‘zi olib borgan siyosatni Jeenbekov davom ettirishiga, demokratik tamoyillardan og‘ishmasligiga ishonishini aytgan edi.

XS
SM
MD
LG