Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 16:27

Qurg‘oqchilik: Surxondaryoda suv ustidagi janjal sudga oshirildi (VIDEO)


Navshaharda 18 - iyul kuni suv ustidan chiqqan janjal IIB xodimlari aralashuvi bilan bostirildi.
Navshaharda 18 - iyul kuni suv ustidan chiqqan janjal IIB xodimlari aralashuvi bilan bostirildi.

Surxondarë viloyat, Angor tuman, Navshahar qishlog‘idagi 2 - iyul kungi tomorqa egalari bilan klaster ishchilari o‘rtasida kelib chiqqan suv janjaliga oid ish 14 - iyulda sudga oshirildi.

18 - iyulda esa qishloqda suv ustida chiqqan yangi janjal IIB aralashuvi sabab bostirildi.

Suvga oid janjallar mamlakatning deyarli barcha joyida kuzatilmoqda. Dehqonlarning suv talashib, bir -birining joniga qasd qilish holatlari ham qayd qilindi.

Suv xo‘jaligi vazirligi mulozimi mamlakatdagi suv taqchilligi bilan bog‘liq vaziyat maxsus komissiya nazoratida ekani, hozircha vahimaga asos yo‘qligini ta’kidladi.

Sudga oshgan suv janjali

Angorning Navshahar qishlog‘ida suv ustida kelib chiqqan janjal jabrlanuvchilaridan biri 33 yashar Erkin Gapparovga ko‘ra, IIB ishni sudga oshirgan.

- Suv ustida dehqonlar bilan klaster ishchilari o‘rtasida janjal kelib chiqqan edi. O‘sha kungi voqea dehqonlarga suv bermaslik uchun ataylabdan uyushtirilgan. Shaxsan o‘zimni o‘sha kungi janjalda haqorat qilishdi. IIBga borib ko‘rsatma berib kelgandik, kuni kecha ish sudga oshirildi,- dedi Erkin Gapparov.

“Angor Surxon g‘ururi” hududiy klaster rahbari Azamat Shapaatov ishchilari bilan dehqonlar o‘rtasida suv ustida janjal kelib chiqqanini tasdiqladi, biroq tafsilotlardan bexabarligini aytdi.

Angor tuman IIBdan olingan ma’lumotga ko‘ra, Navshahar qishlog‘idagi suv janjalida ayblangan ikki kishi ishi Muzrabot tuman sudiga oshirilgan. Ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik kodeksining 183-moddasida nazarda tutilgan huqubuzarlikni (“Mayda bezorilik”) sodir etganlik aybi qo‘yilmoqda.

Navshaharda yana suv janjali

18 - iyul kuni esa Navshahar qishlog‘ida suv ustida yana janjal kelib chiqdi. Ozodlikka voqea joyidan yo‘llangan videoda ariq bo‘yida yigirmaga yaqin odam to‘plangani va ularning bir-biriga baqirib-chaqirayotgani aks etgan.

Ангордаги сув жанжали
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:08 0:00

Voqea guvohlariga ko‘ra, IIB va mahalla yig‘ini rahbarlari aralashgach, janjal bostirilgan.

“Suv ustida odamlar deyarli har kuni urushyapti. Ota o‘g‘il bilan janjallashmoqda. Qo‘shnilar, qarindoshlar o‘rtasida suv sabab kelishmovchiliklar kelib chiqyapti. Kechagi janjal ham qo‘shnilar o‘rtasida kelib chiqdi. Odamlar tomorqasiga qilgan xarajatiga kuyib qolayotganiga jahli chiqyapti”, - deydi voqea guvohi.

Ushbu qishloqdagi kamida 60 ta kam ta’minlangan oila Shavkat Mirziyoyevning va’dasiga ishonib, tomorqa olgan. Qishloq ahli hisob-kitobicha, dehqonlar 250 mingdan 400 ming so‘mgacha harajat qilib, takroriy ekin ekkan.

Сурхонда сув жанжали - камбағалларга берилган экин ерлари сувсизликда қовжираб қолмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:22 0:00

So‘nggi paytlarda O‘zbekistonda suv talashgan dehqon va fermerlar bir-birining joniga qasd qilish holatlari ham kuzatildi.

So‘nggi bir oy ichida suv ustidagi janjal o‘lim bilan tugagan ikkita holat Ozodlikka ma’lum.

Mirziyoyevning “tomorqa siyosati” ish bermadi

Kuzatuvchilar kambag‘allarga tomorqa berish amaliyotini yaqinlashib kelayotgan prezident saylovi bilan bog‘lamoqda. Keyingi ikki oyda kambag‘allarni qo‘llash maqsadida ikkita hukumat qarori qabul qilindi.

Fermerlarning yerini kambag‘allarga tomorqaga berish amaliyoti Mirziyoyevning joriy yil 8 - iyundagi Farmoniga muvofiq amalga oshirildi.

Prezident 17 - iyun kuni Andijon viloyatiga safari chog‘ida ham “Temir daftar”dagilarga tomorqa berish masalasiga to‘xtalib, tomorqani kambag‘allarga 10 yil muddatga berish tartibi yo‘lga qo‘yilishini ta’kidladi:

“G‘alladan bo‘shagan yerlarni kam ta’minlangan odamlarga, kerak bo‘lsa o‘zimiz ekib beramiz, o‘zimiz qaratib beramiz, birinchi bosqichda, o‘zimiz maxsulotni ham sotib olamiz. O‘zini umidi bo‘lsa kelgusi yil o‘zi qiladi. O‘n yilga beramiz”.

Rejaga ko‘ra, joriy yildan boshlab, g‘alladan bo‘shagan qariyb 100 ming gektar yer maydonlarini ishsiz aholiga dehqonchilik uchun berish orqali yarim million kishini ish bilan ta’minlash ko‘zlangan.

Iyun oyining o‘rtasidan boshlab mamlakat bo‘ylab fermerning bug‘doydan bo‘shagan yerlarini “Temir daftar”ga kiritilganlarga 20 sotixdan tomorqaga bo‘lib berish boshlandi.

Biroq kuzatuvchilarga ko‘ra, Mirziyofevning ushbu tadbiri ish bermagan.

Norasmiy hisob-kitoblarga ko‘ra, tomorqa olganlarning atigi 30 foizi yeriga biror ekin ekkan. Boshqalari yerni fermerning o‘ziga pullab, qaytarib bergan.

Tomorqasiga oxirgi puliga harajat qilib, ekin ekkanlar ham suv muammosi sabab ilojsiz qolmoqda.

"Сув йўқлигидан экинларим қуриб қолди"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:11 0:00

“Vazirlar iste’fosini talab qilamiz”

Tomorqasiga makka ekkan va shu paytgacha ekinlarini faqat bir marta sug‘organini aytgan Erkin Gapparov hukumatni suv muammosini hal qilishga beparvo bo‘layotganlikda ayblaydi:

- O‘zi ishiga ma’suliyatsizlik qilayotgan Qishloq xo‘jaligi vaziri va Suv xo‘jaligi vaziri istefoga chiqishini talab qilamiz.

Suv xo‘jaligi vazirligining 19 - iyul kuni Ozodlik bog‘langan mulozimi suv muammosi bilan bog‘liq vaziyat vazirlik nazoratida ekanini aytib, vahimaga asos yo‘qligini ta’kidladi.

Mulozimga ko‘ra, suv masalasida maxsus komissiya tuzilib, joylardagi ahvol muntazam kuzatib borilmoqda.

Hukumat joriy yil 24 - fevral kuni Mirziyoyev boshchiligida o‘tgan videoselektorda bu yil suv 25 foizga kam bo‘lishini e’lon qilgan va bunga qarshi choralar ko‘rishga va’da qilgan.

Hozircha ko‘rilayotgan choralar suv taqsimlash bo‘yicha limit o‘rnatish va grafik asosida suv berishdan iborat ekani kuzatilmoqda.

Ozodlik suhbatlashgan dehqonlarga ko‘ra, hukumatning bu chorasi faqat klasterlar foydasiga bo‘lyapti, oddiy aholi faqat klasterdan suv ortsagina tomorqasini sug‘ora olyapti xolos.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG