Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 07:27

"Pushaymon emas". Tarmoqlarda Mirziyoyevni tanqid qilgan faol ruhiy shifoxonada qolmoqda


Valijon Kalonovga nisbatan 2021-yil dekabrida chiqarilgan qamoq jazosi psixiatriya shifoxonasida majburiy davolanishga o‘zgartirilgan. Yaqinlari uning "mutlaqo sog‘lom" ekanini ta’kidlashadi.
Valijon Kalonovga nisbatan 2021-yil dekabrida chiqarilgan qamoq jazosi psixiatriya shifoxonasida majburiy davolanishga o‘zgartirilgan. Yaqinlari uning "mutlaqo sog‘lom" ekanini ta’kidlashadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda prezident Shavkat Mirziyoyevni haqorat qilganlikda ayblangan jizzaxlik faol Valijon Kalonovni ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolash muddati yana uch oyga uzaytirilgan.

Bu haqda Jizzax viloyati Sharof Rashidov tuman sudining 2023-yil 7- noyabrda chiqargan qarori jamoatchilikka endi ma’lum bo‘lmoqda.

Sud ajrimiga ko‘ra, 2021-yil dekabrida Jinoyat Kodeksining 158-moddasi 3-qismi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini omma oldida haqoratlash yoki unga tuhmat qilish, shuningdek, matbuot yoki boshqa ommaviy axborot vositalaridan, telekommunikatsiya tarmoqlaridan yoki Internet butunjahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda uni haqoratlash yoki unga tuhmat qilish)da aybdor deb topilgan Kalonovning majburiy davolanish muddatini uzaytirish qaroriga Jizzax viloyati ruhiy asab kasalliklari dispanserining 2023-yil 2-noyabrdagi xulosasi asos qilib olingan.

Ozodlikda nusxasi mavjud ajrimda aytilishicha, "tekshiruvlar davrida bemor Kalonovning ruhiy holati yaxshilanmagani, o‘zining keyingi taqdiri borasida rejalari mavjud emasligi, o‘zini tutishi tartiblanmagani, o‘zining qilmishlariga nisbatan pushaymon emasligi aniqlangan".

"Путинизмни дастакламоқда". Тармоқдаги изоҳ учун 5 йил қамоқ
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:12:07 0:00

Shuningdek, tibbiy ekspertlar Valijon Kalonovni o‘zi va atrofidagilarga nisbatan "tajovuzkor" bo‘lishi mumkinligini istisno qilishmaydi.

Valijon Kalonovning ismi sir qolish sharti bilan Ozodlikka gapirgan qarindoshlari uning mutlaqo sog‘lomligi, haftada kamida bir marta ko‘rishib turishgani, u o‘ziga "asabni bo‘shashtiruvchi preparatlarni majburan berishga urinishayotgani"ni aytishmoqda.

Valijon Kalonov Jizzax shahar sudining 2021-yil 23-dekabrdagi qarori bilan prezidentni haqoratlash va "boshqa ijtimoiy xavfli jinoyatlarni sodir etganlik"da aybdor deb topilib, qamoq jazosiga hukm qilingan.

Biroq uning aynan yana qaysi moddalar bilan va qancha muddatga qamalgani borasida ma’lumotlar oshkor qilinmagan.

Valijon Kalonov jazo muddatini o‘tash davrida O‘zbekiston Respublikasi JPKning 93-moddasiga asosan, jazoni o‘tash psixiatriya shifoxonasida majburiy davolanishga o‘zgartirilgan.

"Anti-Xitoy bloger"

Mirziyoyevning Xitoy siyosatini tanqid qiluvchi bayonotlari bilan tanilgan Valijon Kalonov qamalishidan avval Ozodlik bilan suhbatda Prezidentga haqorat va tuhmat ayblari uning 2019, 2020-yillarda YouTube‘dagi chiqishlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini aytgan edi.

“2019-yili O‘zbekiston prezidenti Xitoyga borib kelib, Xitoy bizning siyosatimizga aralashmaydi, biz ham Xitoyning siyosatiga aralashmaymiz, deganidan keyin men bu gapga qarshi turdim. Chunki o‘zbek xalqi uyg‘urning egizagidir”, degan jizzaxlik faol.

Uning Ozodlikka aytishicha, bu fikrlarni u 2019-yili, prezident Mirziyoyevning Xitoyga safaridan keyin e’lon qilgan postida aytgan.

Kalonov 2020-yil kuzida prezident Mirziyoyevga YouTube orqali murojaat qilib, "prezidentga qilayotgan ishlaringizni ko‘rdik. O‘zingizga 10 million dollar olib, bola-chaqalaringizga, atrofdagilaringizga 1 million dollardan berib, xalqdan kechirim so‘rab, hammalaring ketingizlar O‘zbekistondan" deganini bildirgandi.

2021-yil martida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq prezidentini telekommunikatsiya tarmoqlari yoki Internetda haqoratlash yoki unga tuhmat qilish 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bundan tashqari, Kodeksda ommaviy tartibsizliklarga va fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik qilishga omma oldida da’vat qilganlik uchun javobgarlik belgilangan.

Unga ko‘ra, mazkur qilmishni sodir etgan shaxslar BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

2023 якуни: Блогерларни қамаш йили
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:17:01 0:00

Inson huquqlari guruhlari O‘zbekistonda hukumat tanqidchilarini majburan ruhiy shifoxonaga joylashtirish amaliyoti Shavkat Mirziyoyev prezidentligi davrida ham qo‘llanilayotganini tanqid qilishgan.

Valijon Kalonov Mirziyoyev hokimiyatga kelganidan buyon tarmoqlarda "prezidentni haqoratlagani" uchun qamalgan birinchi bloger bo‘lgan. Ozodlik o‘tgan 2023-yilda kamida to‘rt nafar tarmoq faoli ayni ayblar bilan qamoqqa tashlanganini aniqlagan.

"Chegara bilmas muxbirlar" tashkilotining matbuot erkinligiga oid so‘nggi reytingida O‘zbekiston avvalgi yilga nisbatan 4 pog‘ona pastlab 137-o‘rinni egalladi.

Tashkilotga ko‘ra, O‘zbekistonda OAV erkinligi bilan bog‘liq vaziyat "murakkab" bo‘lib qolmoqda, OAV to‘g‘risidagi "repressiv" qonunlar amalda hamda "kuzatuv, senzura va o‘z-o‘zini senzura qilish" hukmron.

XS
SM
MD
LG