Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 02:59

OzodMikrofon: 14 yillik bog‘imizni buzib, o‘tin qilishdi (VIDEO)


Azimovning aytishicha, bog‘dagi har bir tup tokdan 40-50 kilo uzum hosili olingan
Azimovning aytishicha, bog‘dagi har bir tup tokdan 40-50 kilo uzum hosili olingan

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidan OzodMikrofon ga bog‘langan G‘ayratjon Azimov hosil berayotgan bog‘i buzib tashlanganidan shikoyat qildi.

Azimovga ko‘ra, fevral oyi boshida u va yana ikki qo‘shnisining jami 3 gektardan ziyod bog‘i buzilib, daraxtlari o‘tin qilib olingan.

Voqea joyidan Ozodlikka yo‘llangan videoda odamlarning daraxtlarni o‘tin qilib, aravalarga ortib ketayotgani tasvirlangan.

10 - fevral kuni OzodMikrofon ga bog‘langan g‘ijduvonlik G‘ayratjon Azimov 14 yil avval sotib olingan bog‘i buzib tashlanganidan shikoyat qildi:

- 1 gektar 30 sotix yerni 2007 - yil auksionda 3 million 408 ming so‘mga baholashgan. O‘sha vaqtning puliga 5 tonna go‘shtning puli bo‘lgan bu. Ota-onam auksionda qatnashib, bog‘ni shu pulga olishgan. 30 yil muddatga ijaraga berilgan. Lekin 2010 - yil optimallashtirish deb, “kattaroq fermerga o‘tkazamiz” deb ariza yozdirib olgan. Har 2-3 yilda fermer almashdi. Biz soliqlarni to‘lab, yerdan foydalanib kelganmiz. 2019 - yil “Aziz Rahim dalasi” fermer xo‘jaligiga o‘tdi. Shu fermerga o‘tgach, nizo kelib chiqdi. “Soliqni buncha to‘laysan, bankka buncha pul qo‘yasan, uzumni menga berasan” dedi. Keyin sudga berib, yerni butunlay tortib olish haqida qaror chiqartirdi. Fevralning boshida bog‘dagi daraxtlarni kesib, o‘tin qilishdi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:57 0:00
Бевосита линк

Azimovga ko‘ra, uning ikki qo‘shnisining ham bog‘lari buzilib, daraxtlari o‘tin qilingan:

- Sardorniki 1 gektar, uning bog‘iga gilos ekilgandi. 1000tacha tup gilos bor edi. Nekmurod Nasimovniki 90 sotix uzumzor edi. Mening bog‘imda 800 tup tok bor edi. Hammasi hosildor tok edi. Har biri 40-50 kilodan hosil berardi. 65 sotixga 50 tup o‘rik va 120 tup shaftoli ekkandik, 4 yillik yosh nihollar edi. Uchalamizni ham bog‘larimizni buzib tashlashdi. 14 yilda tokzor qildik. Eski daraxtlar o‘rniga yangi nihollar ekdik. Agrotexnika xizmatlari qildik. Naloglarni to‘ladik. Endi esa bog‘larimizni talon-toroj qilishdi. Hozir qora yerning o‘zi qoldi.

Azimov va uning qo‘shnilari voqea joyidan Ozodlikka yo‘llagan videoda odamlarning bog‘dagi daraxtlarni kesib, o‘tin qilib, aravaga ortib ketayotgani aks etgan.

Ғиждувонда учта боғ бузилиб, ўтин қилинди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:57 0:00

“Ko‘p yillardan beri bog‘dorchilik bilan shug‘ullanib kelar edik. Hosildor bog‘larimizni o‘zboshimchalik bilan vayron qilishdi. Bitta niholni o‘stirish uchun necha yil kerak bo‘ladi. Ammo bizning ko‘p yillik mehnatimizni bir zumda yo‘q qilishdi”, deydi G‘ayratjon Azimovning qo‘shnilaridan biri.

Ozodlik “Aziz Rahim dalasi” fermer xo‘jaligi rahbarlari bilan bog‘lana olmadi.

G‘ijduvon tuman hokimligining Ozodlik bog‘langan mulozimi uchta bog‘ning buzilishi haqida sud qarori chiqqani va MIB xodimlari sud qarorini bajarganini aytish bilan cheklandi.

XS
SM
MD
LG