Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 19:27

O‘zbek bojxonachilari va DXX 8,5 tonna giyohvandlik vositasi ushlangani haqida hisobot berdi


Toshkent xalqaro aeroporti.
Toshkent xalqaro aeroporti.

O‘zbekiston Respublikasi davlat Bojxona qo‘mitasi va Davlat xavfsizlik xizmati “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining “Aviayuklar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida 8,5 tonna giyohvandlik xomashyosini qo‘lga tushirganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tarqatgan xabarda bunday yirik miqdordagi giyohvandlik kontrabandasi tafsilotlari ochiqlanmagan.

Uning aynan qaysi mamlakat orqali kirib kelgani, uni olib kirgan shaxslar va transport vositasi haqida ma’lumot berilmagan.

O‘zbekiston Respublikasi davlat Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatiga ko‘ra, havo yo‘llari orqali O‘zbekistonga xorijdan olib kelinib, so‘ngra yuk avtotransport vositasi orqali tranzit tarzida olib o‘tilishi rejalashtirilgan 25 tonna og‘irlikdagi 1000 qop qandolat ko‘knorisi urug‘lari oziq-ovqat mahsuloti belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.

“Odatda turli pishiriqlarga qo‘shiladigan yoki yuzasiga sepiladigan qandolat ko‘knorisi garchi o‘xshash bo‘lsa-da, an’anaviy ko‘knori giyohvandlik vositasidan tubdan farq qiladi. Ya’ni, ushbu mahsulot ko‘knori oilasiga mansub o‘t o‘simliklarning maxsus tayyorlangan va qayta ishlangan urug‘lari hisoblanadi.

Ammo, bojxona ko‘rigi davomida hujjatlarda qandolat ko‘knorisi deb ko‘rsatilgan 25 tonna urug‘ va somonlar tarkibida qarangki, haqiqiy giyohvandlik vositasi hisoblangan 8,5 tonna ko‘knori somoni borligi aniqlandi” deyiladi matuot xizmati xabarida.

Rekord o‘rnatgan giyohvandlik kontrabandasi

O‘zbekiston tarixida bitta holatda 8,5 tonna giyohvandlik vositasining fosh qilinishidek eng yirik ko‘rsatkich bu rekorddir, deydi Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatda O‘zbekiston Respublikasi davlat Bojxona qo‘mitasi vakili.

Uning izoh berishicha, jamoatchilik mahsulotni odatiy geroin, nasha, gashish singari sintetik giyohvandlik moddalari bilan aralashtirmasligi lozim.

“To‘g‘ri, hozirda ko‘pchilik shokda. Go‘yo, O‘zbekiston o‘ta yirik xalqaro giyohvandlik jinoiy guruhlarining o‘ljasini qo‘lga tushirgandek taassurot paydo bo‘lmoqda. Ammo bunday emasligi masalaning muhimligiga soya solmaydi.

Tergov davomida giyohvandlik xomashyosining qayerdan kelib, qayerga ketayotgani aniqlanadi. Interpol singari xalqaro jinoyatchilikka qarshi tuzilmalar bilan hamkorlikda masalaning tubiga yetiladi”, dedi nomi ochiqlanmasligini so‘ragan qo‘mita xodimi.

Ko‘knori somoni–giyohvandlik vositalaridan biri

Bojxona qo‘mitasi xodimining Ozodlikka izoh berishicha, Toshkent aeroportida to‘xtatib qolingan ko‘knor somoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada bo‘lishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish to‘g‘risida” qaroriga binoan taqiqlangan giyohvandlik moddasi hisoblanadi.

Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o‘tkaziladigan muntazam reydlar davomida O‘zbekistonda har yili 100 dan ortiq holatlarda fuqarolarning o‘z yashash xonadonlarida ko‘knori somoni yetishtirishi bilan bog‘liq holatlar uchraydi.

Shuningdek, mamlakatning qo‘shnilar bilan chegara punktlarida mazkur giyohvandlik mahsulotlari kontrabandasiga oid faktlar ro‘yxatga olinadi.

Prezident bojxonachilarga: O‘g‘rilik qilmanglar!

7-sentabr kuni Bojxona qo‘mitasi, shuningdek, Surxondaryo viloyati hududidagi chegara postlarida og‘irligi 70 kilogarmm bo‘lgan giyohvandlik moddalari (geroin va gashish) qo‘lga olingani haqida xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, giyohvandlik moddalari tegishli tartibda musodara qilinib, ish yuzasidan Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari boshlangan.

Shu yilning 29-avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanisha turib, Davlat bojxona qo‘mitasida Bojxona rasmiylashtiruvi markaziga tashrif buyurgandi.

Prezident bojxonachilarga: “Yaxshi uy bilan, maosh bilan, bolalaringni yaxshi o‘qish bilan ta’minlayman, o‘g‘rilik qilmanglar!” degan.

XS
SM
MD
LG