Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 13:57

O‘qituvchilar: Saylovni deb o‘qish qolib ketyapti


O‘zbekiston bo‘ylab jami saylov uchastkalari soni 10 ming 761 ta bo‘lib, ularning 7 ming 563 tasi  umumiy ta’lim maktablarida, 709 tasi kollej-litseylarda joylashgan.
O‘zbekiston bo‘ylab jami saylov uchastkalari soni 10 ming 761 ta bo‘lib, ularning 7 ming 563 tasi  umumiy ta’lim maktablarida, 709 tasi kollej-litseylarda joylashgan.

O‘qituvchilar saylov bilan bandligi uchun darslar o‘tilmayapti, natijada o‘quvchilar davomati pasayib ketmoqda. Bunday mazmundagi shikoyatlar keyingi kunlarda O‘zbekistonning turli hududlaridan kelmoqda.

Andijon, Samarqand va Xorazm viloyatlaridagi uch maktabning saylov bilan band bo‘lgan rahbarlari har bir maktabdan bir necha nafardan o‘qituvchi saylov komissiyasi ishiga jalb etilganini e’tirof etdi. Ularning aytishicha, o‘qituvchilar asosiy ish joyidan ozod qilingan, ular o‘tishi kerak bo‘lgan darslarni boshqa o‘qituvchilar o‘tmoqda.

Markaziy saylov komissiyasining ochiq hujjatlaridan 24 - oktabrda o‘tkaziladigan prezident saylovining asosiy yuki maktablarga tushayotgani ma’lum bo‘ldi.

"Darslar o‘tilmayapti. Bolalar kelajagi nima bo‘ladi?"

Prezident saylovi pedagoglarning turli darajadagi yig‘ilishlari kun tartibining asosiy masalasiga aylanganiga oid dastlabki xabarlardan biri Andijondan kelgan:

“Shu kunlarda Andijon tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri turli topshiriqlar bilan maktab direktorlarini bilan yig‘ib majlis o‘tkazmoqda. Hozir maktab direktorlarining aksariyati saylov uchastkasida mas’ul qilib tayinlangan...”

Andijon viloyatining boshqa tumani – Oltinko‘ldan kelgan xabar muallifi o‘qituvchi ekanligini bildirar ekan, o‘zi ishlaydigan maktabdagi vaziyat haqida yozadi:

“Oltinko‘l tumanidagi ... (maktab raqami Ozodlikka ma’lum) o‘qituvchilarini saylovga o‘tkazishgan. Darslar o‘tilmayapti. Bolalar kelajagi nima bo‘ladi? Saylovga olish shartmidi o‘qituvchilarni?! Yo o‘rniga boshqa o‘qituvchi qo‘yib qo‘ysin!”

O‘qituvchilar saylovga jalb etilgani o‘quv jarayoniga salbiy ta’sir qilayotganiga oid yana bir shikoyat Samarqandning Kattaqo‘rg‘onidan keldi.

“Maktabimiz direktori saylov uchastkasi raisi qilib tayinlangan. Yuqori sinflarda davomat juda pasayib ketgan. Oldinroq bir shikoyat yozuvdik. Tekshiruvchi keldi, vaziyatni ko‘rdi, lekin ko‘zini yumib ketaverdi. O‘shanda “Ma’naviyat bo‘yicha direktor o‘rinbosari bir oydan beri yo‘q. direktor saylov bilan ovora” degan mazmundagi maktubimiz ijtimoiy tarmoqlarda chop etilgan edi”.

"Saylovdagi o‘qituvchi darsini boshqa o‘qituvchi o‘tyapti"

Shikoyatlarda tilga olingan maktablar va ayni paytda saylov uchastkalari bilan bog‘lanib bo‘lmadi. Biroq bu ikki tumandagi boshqa maktab-saylov uchastkalari bilan bog‘landik.

Oltinko‘l tuman, Yangi chek mahallasidagi 12- maktab binosida joylashgan 590- saylov uchastkasi telefonni ko‘targan xodimaning aytishicha:

“Maktab xodimlaridan 7 kishi komissiya ishiga jalb qilingan, ulardan 3 nafari o‘qituvchi, texnik xodimlar, laborantlar ham bor. O‘qituvchilar asosiy ishidan ozod qilingani uchun ular o‘tadigan darslarni boshqa o‘qituvchilar qoplayapti”.

Ozodlikning “Saylovga jalb qilingan o‘qituvchilar darsini o‘tayotgan o‘qituvchilar qo‘shimcha haq oladimi”, degan savoliga xodima kulib “Yo‘o‘q”, dedi. Biroq boshqa viloyatlardan olingan javoblarga qaraganda, qo‘shimcha dars uchun soatbay hisobida haq to‘lanadi.

Xodimaning aytishicha, 590- saylov uchastkasiga jalb qilingan o‘qituvchilar “bugun (18 - oktabr – tahr.) saylovga taklifnomalarni tarqatishga chiqib ketgan”.

Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 7- maktabda 401- saylov uchastkasi joylashgan. Uchastka telefonini ko‘targan xodimning aytishicha, saylov komissiyasi a’zolarining (hammasi bo‘lib 13 kishi) 30 foizi maktab xodimlari, shu jumladan o‘qituvchilardir.

“O‘qituvchilar saylov komissiyasi tarkibida ishlashi uchun asosiy ish joyidan ozod qilingan. Ularning darslarini o‘tish boshqa o‘qituvchilarga yuklatilgan va ularga qo‘shimcha ish haqi to‘lanadi. Komissiya ishida qatnashayotgan o‘qituvchilarga ham qo‘shimcha ish haqi to‘lanadi”.

Xorazm viloyat, Xonqa tumanidagi 17- maktabda joylashgan 415- saylov uchastkasi xodimining javoblari ham uning oltinko‘llik va kattaqo‘rg‘onlik hamkasbi javoblaridan farq qilmadi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaroriga binoan uchastka saylov komissiyalari okrug saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida 40 kun qolganida tuziladi. Ozodlik suhbatlashgan komissiyalar a’zolarining aytishicha, “o‘qituvchilar bu ishga jalb etilganiga 40 kuncha bo‘lib qoldi”.

Saylov uchastkalarining 70 foizi maktablarda

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining ovoz berish uchun hamda uchastka saylov komissiyalari uchun binolarni ajratishni tartibga soluvchi 49-moddasida:

“Davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun zarur binolar va jihozlarni saylov komissiyalari ixtiyoriga bepul berib turishi shart”, deya qayd etilgan.

Ya’ni Kodeksda saylovlar maktablarda o‘tkaziladi, degan me’yor yo‘q. Biroq amalda O‘zbekistonda saylov uchastkalarining taqriban 80 foizi maktablar va boshqa o‘quv yurtlarida joylashtiriladi.

Masalan, Markaziy saylov komissiyasi rasmiy sayti saylov uchastkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar sahifasining Qoraqalpog‘istonga oid qismining birinchi betida ko‘rsatilgan 20 ta saylov uchastkasidan 18 tasi maktablarda, 1 tasi texnikumda joylashgan.

Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, O‘zbekiston bo‘ylab jami saylov uchastkalari soni 10 ming 761 ta bo‘lib, ularning 7 ming 563 tasi umumiy ta’lim maktablarida, 709 tasi kollej-litseylarda, 1 tasi bolalar bog‘chasida, 445 tasi davolash profilaktika muassasalarda, 2 ming 43 tasi boshqa tashkilot va muassasalarda joylashgan.

“Saylov kampaniyasi davrida maktabda ishlash o‘ta og‘ir. Ayniqsa, ham maktab rahbari, ham saylov komissiyasi raisi bo‘lib qolsangiz, hayotingiz saylovdan iborat bo‘lib qoladi. Maktabning ishi ikkinchi emas, uchinchi, to‘rtinchi planga o‘tib qoladi. Yarim tunda uyqudan uyg‘otib so‘rashsa ham, javobingiz tayyor bo‘lishi kerak. Mana endi pensiyaga chiqib, bu tashvishlardan qutulib qoldim” dedi uzoq yillar uchastka saylov komissiyasiga raislik qilgan Toshkent viloyatilik sobiq maktab direktori.

Ozodlik avvalroq saylov uchastkalarini bezash ishlari ham o‘qituvchilarga yuklangani haqida yozgan edi. Qashqadaryo viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi mulozimi o‘qituvchilar saylov jarayoniga jalb etilayotganini Ozodlikka tasdiqlagan, ammo bu ixtiyoriy ravishda amalga oshirilayotganini aytgan.

“Har bitta viloyatdan 300ta o‘qituvchi bu jarayonda qatnashadi. Komissiya a’zosi yoki kuzatuvchi sifatida bu ishga jalb etiladi. Ular uchun 15 kunlik maxsus o‘quv mashg‘ulotlari tashkillashtirilgan. Ixtiyoriy bu, hech kim ularni majburlamaydi va o‘qish jarayoniga buni ta’siri bo‘lmaydi. Maktablarda saylov uchastkalarini jihozlash davlat byudjeti hisobidan qilinadi, o‘qituvchilar zmmasiga yuklangan emas bu”, - degan boshqarmaning Ozodlik suhbatlashgan mulozimi.

O‘zbekistonning boshqa viloyatlari va poytaxt Toshkentda ham muallimlar saylov jarayoniga safarbar etilgan.

O‘zbekiston Saylov kodeksining 99-moddasida Markaziy saylov komissiyasini, viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalarini, okrug va uchastka saylov komissiyalarini saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha moliyalashtirish O‘zbekiston Davlat byudjetidan amalga oshirilishi aytilgan.

Saylov komissiyalari ishiga jalb etiladigan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash saylovni o‘tkazish uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.

Сайлов-21: "Калла Кесган" Мирзиёев Иқрори
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:45:41 0:00
XS
SM
MD
LG