Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 21:38

Maktablarning to‘rtdan biri ochildi. Vrachlar o‘quvchilarning virus tashuvchiga aylanishidan ogohlantirmoqda (VIDEO)


7 sentabr kuni mamlakat bo‘ylab 329 maktab sinov tariqasida ochilgani e’lon qilingan.
7 sentabr kuni mamlakat bo‘ylab 329 maktab sinov tariqasida ochilgani e’lon qilingan.

14 sentabrda O‘zbekiston maktablarida yangi o‘quv yili boshlandi. Xalq ta’limi vazirligining ma’lum qilishicha, mamlakatdagi 10 mingga yaqin maktabdan 2635tasida o‘qish an’anaviy tarzda, qolganlarida onlayn-maktab shaklida olib boriladi.

Joylardan kelayotgan xabarlarga qaraganda, o‘quv yili arafasida o‘tkazilgan Covid-testlari o‘qituvchilar orasida virus yuqtirganlar ko‘pligini ko‘rsatgan.

Ayrim vrachlar, aholi kasallikka qarshi emlanmaguncha, maktablarni umuman ochmaslik degan fikrni bildirmoqda.

O‘qituvchilar Covid-test topshirdi

Qashqadaryo viloyat, Koson tumanidagi maktablardan birining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Nazokat (familiyasi aytilishini istamadi) 14 sentabr kuni u ishlaydigan maktabda 70 ga yaqin o‘qituvchi ishlashini, ulardan 32 nafarining testi musbat chiqqanini bildirdi.

O‘sha 32 o‘qituvchi orasida Nazokat ham bor. Ozodlik savollariga javob berar ekan, u yo‘talib turdi. Nazokatning aytishicha, uning koronavirus yuqtirib olgani 5 sentabrda ma’lum bo‘lgan. U o‘sha kuni Sanitariya-epidemiolonik osoyishtalik markazidan kelgan test natijalariga oid hujjatni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan.

O‘quv yili arafasida butun mamlakat o‘qituvchilaridan Covid-testlari olinayotgani to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘ldi. Mahalliy matbuotning xabar qilishicha, Andijon viloyatidagi umumta’lim maktablarining 25 ming nafar o‘qituvchisi kasallikka test topshirgan, ularning 52 nafari infeksiya yuqtirib olgani aniqlangan.

28 avgustdan 4 sentabrgacha Bo‘ston tuman maktablarining 1070 o‘qituvchisidan Covid-19 testini o‘tkazish uchun surtma olingani, 28-29 avgust kunlari surtma olingan 978 o‘qituvchidan 14 nafarining testi musbat chiqqani haqda Ozodlik xabar qilgan edi.

Kuni kecha Ozodlikka Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi maktablardan biridan (qaysi maktab ekanligi Ozodlikka ma’lum) kelgan xabarga qaraganda, koronavirusga test topshirgan o‘qituvchilardan 32 nafari natijasi musbat chiqqan. Bu xabarni jo‘natgan o‘qituvchi kasalga chalinganlar ro‘yxatini ham ilova qildi.

Kosonlik boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Nazokat shu kunda uy karantinida, u davolanayapti. Aytishicha, karantin muddati tugagach, yana test topshiradi va sog‘aygani ma’lum bo‘lsa, ishga qo‘yiladi.

Covid-test topshirmaganlar ham bor

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumanidagi 5-sonli sil va nafas olish organlarining surunkali kasalliklari xavfi bo‘lgan bolalar uchun sanatoriy tipidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasasi – maktab-internetda, tarbiyachilardan birining 14 sentabrda Ozodlikka bildirishicha, hammasi bo‘lib 100 ga yaqin xodim ishlaydi. Ulardan 30 nafari o‘qituvchi va tarbiyachilardir. Biroq bu kontingent hali Covid-testi topshirgan emas.

SSVning 2 kun oldingi bayonoti

12 sentabr kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi pandemiya sharoitida o‘qituvchi va o‘quvchilar sog‘lig‘ini himoya qilish uchun maktab o‘qituvchilaridan ommaviy ravishda COVID-19 uchun test olinayotganini bildirdi.

"11 sentabr holatiga ko‘ra, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan o‘rta ta’lim maktablarining jami 486 521 nafar o‘qituvchilarning 275 616 nafari (56,6 foizi) maxsus laboratoriya usulida koronavirus infeksiyasiga tekshiruvdan o‘tkazildi. Ularning aksariyatida kasallik simptomsiz va yengil shaklda kechayotgani ko‘rinmoqda", deb xabar qildi vazirlik.

Vrach: Xavf o‘qituvchilardan emas, o‘quvchilardan

O‘quvchilarda kasallik alomatlari bilinmasligi mumkin, biroq ular virus tashuvchilar sifatida oilasi uchun xavfli. Bu fikrni o‘zini “birlamchi bo‘g‘inda ishlaydigan vrach Husan” (familiyasi yaxshi talaffuz qilinmagani uchun tushunilmadi) deb tanishtirgan poliklinika vrachi ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan videomonologida bildirdi.

Ўзбекистонлик врач мактаблар фақат онлайн ишлаши лозимлиги тўғрисида гапирди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:34 0:00

5.34 daqiqali videochiqishi davomida koronavirusga qarshi kurashning bir qator muhim jihatlariga to‘xtalgan vrach maktablarning ochilishi bilan bog‘liq masala yuzasidan bunday deydi:

"Maktablarda o‘qishni an’anaviy boshlasak, bolalar viruslarni tashuvchan bo‘lgani uchun ular ota-onasiga yuqtiradi, natijada kasallik holatlari keskin ortib ketadi. Chunki 30 ta bola bitta xonada to‘planadi va yopiq xonada virus konsentratsiyasi ko‘payib ketib, ikki soatda hammasiga yuqadi. Shuning uchun maktablar faqat onlayn ishlashi lozim".

Bu fikr aks etgan videoni ko‘rgan andijonlik vrach Otabek Ahliddinov Ozodlik savoliga javoban bunday yozdi:

Muammo shundaki, yoshlarda va maktab o‘quvchilarida kasallik simptomsiz yoki yengil o‘tib ketadi, shu sababdan maktab o‘quvchilari o‘zlari og‘ir kasal bo‘lmasada, kasallik tarqatuvchi rolini o‘ynaydi va uyda o‘tirgan qariyalar bilan surunkali kasali borlarning kasallik yuqtirish ehtimoli juda oshib ketadi. Xullas¸ uyda maktab o‘quvchisi bor oilada¸ albatta ¸kasallik rivojlanishi 100%”.

Hukumat qaror qabul qilish mas’uliyatini mahalliy rasmiylarga tashladi

Mamlakatdagi 10 mingga yaqin maktabdan 2635 tasidagina o‘qishni an’anaviy tarzda, qolganlarida ta’limni onlayn-maktab shaklida olib borishga qaror qilingani hukumatning vrachlar tashvishini tushunayotgani deb qabul qilish mumkin.

Xalq ta’limi vazirligining 9 sentabrda bildirishicha, maktablarni ochish to‘g‘risida faqat mahalliy kengashlar qaror qabul qiladi. Bunda maktablarning sanitariya-gigiyena talablariga javob berishi va sanitariya epidemiologiya va osoyishtalik markazi xulosalari e’tiborga olinadi.

Masalan, Samarqand viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 14 sentabrda xabar qilishicha, “Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari, tibbiyot birlashmalarining xulosalari, o‘qituvchilardan olingan test natijalari hamda xalq deputatlari tuman kengashlarining tegishli qarorlariga ko‘ra, viloyatning 9 ta hududidagi 38 ta umumta’lim muassasalarida joriy yilning 14 sentabridan bosqichma-bosqich an’anaviy tarzda darslar boshlandi”.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG