Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 19:36

So‘xlik 23 yashar yigit Farg‘ona hokimi Shuhrat G‘aniyevni toshbo‘ron qilganlikda ayblanib qamoqqa olindi


Shu yilning 31 mayida o‘zbek-qirg‘iz chegarasida sodir bo‘lgan insident paytida mahalliy aholi uchrashuvga kelgan Farg‘ona viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyevni toshbo‘ron qilgan edi.
Shu yilning 31 mayida o‘zbek-qirg‘iz chegarasida sodir bo‘lgan insident paytida mahalliy aholi uchrashuvga kelgan Farg‘ona viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyevni toshbo‘ron qilgan edi.

10 avgust kuni 23 yashar so‘xlik Davlatjon Mallayev shu yilning 31 mayida o‘zbek-qirg‘iz chegarasida bo‘lgan janjal paytida viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyevga nisbatan “zo‘rlik ishlatganlik”da ayblanib qo‘lga olindi.

11 avgust kuni Farg‘ona shahar sudi viloyat prokurori o‘rinbosarining Mallayevni ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish so‘rovini qondirdi.

Ozodlikda nusxasi mavjud sud ajrimiga ko‘ra, Mallayev So‘xdagi tartibsizliklar paytida hokim va huquq organlari xodimlariga “faol qarshilik qilib, zo‘rlik ishlatib”, “shikast yetkazgan”likda ayblanmoqda.

31 may kuni chegaraning bahsli qismida joylashgan “Chashma” bulog‘i ustida chiqqan to‘qnashuvda qariyb ming kishi qatnashgan, jarayonda Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev toshbo‘ron qilingan edi.

Davlatjon Mallayev¸bu toshbo‘ronda qatnashganlikda ayblanib qamoqqa olingan hozircha birinchi so‘xlikdir.

Uch oydan keyingi hibs

So‘x tumanidagi Mulg‘on mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 50 yashar Nasimaxon Mallayevaning Ozodlikka aytishicha, o‘g‘li Davlatjon Mallayev shu yilning 10 avgustida Farg‘ona shahriga borganida, hisbga olingan.

Ozodlik bilan suhbatda aytishicha, uch kundan so‘ng Mallayeva shaharga ketib qaytmagan o‘g‘lini qidirib So‘x tuman hokimligiga borganida, uning hibsga olinganidan xabar topgan.

- O‘g‘lim Farg‘onaga mashinasini sotgani ketganida, uni o‘sha yerdan ushlab, olib borib qamashibdi. Menga hokimiyatda shunday deyishdi”.

So‘x anklavini viloyatning qolgan qismi bilan bog‘lovchi Qirg‘izistondan o‘tuvchi yo‘l yopiqligi bois Farg‘onaga borolmagan Mallayeva o‘g‘lining hibsdagi ahvolidan bexabarligini aytadi.

Mahkama

Ozodlikka yuborilgan sud ajrimida qayd etilishicha, Davlatjon Mallayev shu yilning 11 avgust kunning ikkinchi yarmida Farg‘ona shahar sudida sudlangan.

Ozodlikka yo‘llangan sud hukmi 11 avgust kuni Farg‘ona shahar sudida o‘tgan mahkamada qabul qilingan.
Ozodlikka yo‘llangan sud hukmi 11 avgust kuni Farg‘ona shahar sudida o‘tgan mahkamada qabul qilingan.

Yopiq o‘tgan mahkamada Mallayevga, Farg‘ona viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari da’vosi asosida, Jinoyat Kodeksining 244-modda (Ommaviy tartibsizliklar), 219-moddaning 2-qismi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) da ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlik aybi qo‘yilgan.

Sud ajrimida, shu yilning 31 may kuni “Chashma” bulog‘i ustidagi tortishuv ortidan boshlangan ommaviy tartibsizlikda ming kishi ishtirok etgani aytilgan.

Ajrimda yozilishicha¸ Davlatjon Mallayev voqealarda “faol ishtirok etish”, tartibsizlik oldini olishga borgan “Farg‘ona viloyati hokimi Sh. G‘aniyev boshchiligidagi huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga ham faol qarshilik ko‘rsatib, ularning o‘z vazifalarini bajarishidan voz kechishiga urinib, zo‘rlik ishlatib, ularga va ularning mashinalariga tosh otib, turli darajada shikast yetkazgan”.

Ozodlikka yo‘llangan sud ajrimi 11 avgust kuni Farg‘ona shahar sudida o‘tgan mahkamada qabul qilingan.
Ozodlikka yo‘llangan sud ajrimi 11 avgust kuni Farg‘ona shahar sudida o‘tgan mahkamada qabul qilingan.

Qo‘yilgan ayblovda ko‘zda tutilgan jinoyatlarning og‘irligi bois sudya Mallayevni Farg‘ona viloyatidagi 10-son tergov hibsxonasiga joylash haqida qaror chiqargan.

Ajrimda Mallayevning hibsda qancha qolishi aytilmagan.

So‘x tumani hokimiyati va IIBdan Davlatjon Mallayevning to‘polondan uch oycha o‘tib hibsga olinishi yuzasidan biror izoh olishning imkoni bo‘lmadi.

Tuman IIBdan olingan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, hozirda bu bo‘limda vaqtinchalik tergov izolyatorining yo‘qligi bois hibsga olinayotganlar viloyat markaziga olib borilmoqda.

G‘aniyevni toshbo‘ron qilganlarni qamash boshlandimi?

Onasining aytishicha¸ 23 yashar Davlatjon Mallayev, vaqtincha ishsiz, o‘rta ma’lumotli, oilasidagi 7 farzandning uchinchisidir.

31 may kuni o‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi voqeaning Ozodlik gaplashgan ayrim guvohlari¸ kutilmaganda boshlangan to‘polon ishtirokchilaridan hech biri "hokim yoki davlat mulozimi"ni kaltaklash niyatida bormaganini aytadi.

“Hozir Davlatjonni lopatani sopi bilan viloyat hokimni urgansan, videoga tushib qolgansan, deyishayotgan ekan tergovchilar. O‘sha kuni u yerda 4 mingga yaqin odam bor edi, menimcha. Chegarada urush bo‘lyapti, biznikilarni urishyapti, degan gapni eshitgandan keyin, yuragida o‘ti bo‘lgan hamma so‘xlik ketganda chegaraga. Kimni qo‘lida tosh, kimnikida ketmon, yana kimida lopata bo‘lgan. Davlat hokimni urayotganini hech kim ko‘rmagan, tarqalgan videolarda ham ko‘rmadim men. O‘zi hech kim u yerga hokimni uraman, deb bormagan, o‘zimiznikilarni himoya qilaman, deb borgan”.

Ozodlik gaplashgan so‘xliklar, Mallayevning qamalishi ortidan hodisada qatnashgan boshqa tumandoshlarida ham vahima paydo bo‘lganini qo‘shimcha qildi.

“Birma-bir chaqirib, sudlasharkan, degan gap yuribdi. Chunki, G‘aniyev avval ham ochiq aytgandi, ro‘yxat tayyor, deb. Hammasini birdan ushlasa, So‘xda norozilik kuchayib ketishi mumkinligidan cho‘chiyotgan bo‘lishsa kerakda. U yerda minglab odam qatnashdi – hammasini sudlashadimi endi?! Yoki bitta shu nochor oilaning farzandi bo‘lgan Davlatjonning ustiga ag‘darishadimi?! Ha, A. Aripov: “Prezidentimiz bu hodisada qatnashganlarni kechirdi, tinchlaninglar!” deb va’da qilgandiku?!” deydi ismini oshkor qilmaslikni so‘ragan yana bir so‘xlik.

Bosh vazir kechirdi¸ G‘aniyev kechirmadi?

Shu yilning 31 may kuni Farg‘ona viloyati So‘x tumanining, Qirg‘izistonning Botken viloyati Qadamjoy tumaniga tutash Chashma qishlog‘ida suv ustida to‘qnashuv yuzaga chiqdi.

Rasmiy bayonotga ko‘ra, janjalda ikki tarafdan mingdan oshiq odam, guvohlarga ko‘ra esa 4 mingga yaqin odam qatnashgan, tomonlar bir-birini toshbo‘ron qilgan, bir necha uyga o‘t qo‘yilgan.

O‘zbekiston tomoni bergan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, So‘x tumani shifoxonasiga o‘q yegan va jarohatlangan 187 o‘zbekistonlik keltirilgan, bularning 3 nafari ov miltig‘idan yaralangan.

Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra esa, jami 25 qirg‘izistonlik jarohatlangan, ulardan 4 nafari og‘ir jarohat bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Chegarada boshlangan dahanaki mojaroning keyinchalik to‘qnashuvga aylanib ketishida mahalliy rahbarlar, xususan, Farg‘ona hokimini ayblagan norozilar Shuhrat G‘aniyev va So‘x tumani sobiq hokimini toshbo‘ron qilgan edi.

Фарғона вилоят ҳокими Шуҳрат Ғаниев нега Сўхда тошбўрон қилинди?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:33 0:00

O‘shanda O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumati rahbarlari "Chashma" chegara punktida uchrashib, ziddiyatning eskalatsiyasiga yo‘l qo‘ymaslik va o‘zaro tinch hal qilishga kelishib olgan.

Bosh vazir Aripov qirg‘iz tomoni bilan muzokaralardan so‘ng 1 iyun kuni norozi bo‘lib yig‘ilgan yuzlab so‘xlik bilan shaxsan uchrashgan. Bosh vazir so‘xliklarni 31 kuni bo‘lgan voqealarni unutish, tinchlanishga chaqirgan va ishtirokchilarga keyinchalik chora ko‘rilmasligini aytgan edi.

Сўх жанжали: Чашма булоғи можароси, ўқ еган сўхликлар, тинч йўл билан ҳал қилинган зиддият
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:11:30 0:00

O‘shanda Bosh vazir, prezident Mirziyoyev nomidan, so‘xliklarni yillardan buyon qiynab kelagan chegara, yo‘l, suv va yaylov muammolarini tezlikda hal qilib berishni va’da qilgan edi.

19 avgust kuni Ozodlik bilan gaplashgan so‘xliklar bu va’dalar hanuz bajarilmaganini bildirdi.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG