Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 02:39

Jasliqdan chiqqan "Oltin qiroli": Karimovni ag‘darib, Mirziyoyevni o‘ldirmoqchi bo‘lganlar qurboni bo‘ldim


Tadbirkor Ahmed Aliyev
Tadbirkor Ahmed Aliyev

"2012 yilda O‘zbekistonda davlat to‘ntarishi rejalangan edi. Bir guruh generallar O‘zbekiston prezidenti Karimovni lavozimidan chetlashtirish rejasini tuzishdi. O‘sha paytda Bosh vazir bo‘lgan Shavkat Mirziyoyevni jismonan yo‘q qilish ham bu rejada bor edi".

Bu iddaoni Jasliq qamoqxonasida 7 yil jazo o‘tab chiqqan, xalq orasida «Oltin qiroli» deb tanilgan 53 yashar tadbirkor Ahmed Aliyev 21 oktabr kuni Toshkentdagi Le Grande Plaza mehmonxonasida bo‘lgan matbuot anjumanida aytdi.

Ozodlik muxbiri savoliga javoban, Aliyev «davlat to‘ntarishini hozir umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan sobiq general Shuhrat G‘ulomov rejalaganligini» ta’kidlab aytdi.

Aliyev o‘z so‘zida davom etib "Yuqori lavozimdagi amaldorlar va hokimlar Shavkat Mirziyoyev siyosatini faol sabotaj qilayotganini" aytarkan, "Toshkent va viloyat markazlaridagi snoslar (aholi uylarining buzilishi) Mirziyoyevga qarshi qaratilgan sabotajning bezbetlarcha ko‘rinishidir" dedi.

Tadbirkor Ahmed Aliyev
Tadbirkor Ahmed Aliyev

"Siyosiy sabablar bilan qamalganman"

Matbuot anjumani boshida rus tilida kirish so‘zi aytarkan, Aliyev o‘zining siyosiy repressiya qurboni bo‘lganini iddao qildi:

- Qamalishimga sabab iqtisodiy, ya’ni biznesimni Toshkent markazida tashkil qilganim «Oltin markazi"ni tortib olish ishtiyoqi degan fikr bor. Ammo bu ikkilamchidir. Birlamchi sabab siyosiy qasd olishdir. Yanada aniq aytsam, istisodiy va siyosiy sabab bilan qamaldim. Siyosiy sababni ustuvor deb bilaman. Siyosiy sabab haqida to‘xtalsam, 2011-2012 yillarda O‘zbekistonda davlat to‘ntarishi tayyorlandi. Bu to‘ntarish ro‘y bersa¸ o‘sha paytda O‘zbekiston prezidenti bo‘lgan Islom Abdug‘aniyevich Karimov lavozimidan chetlashtirilar edi. Bu to‘ntarish doirasida o‘sha paytda Bosh vazir bo‘lgan Shavkat Mirziyoyev jismonan yo‘q qilinishi kerak edi. Ta’kidlayman jismonan yo‘q qilish. Men bu haqda bilib qolganim uchun qamaldim.

Tadbirkor iddaosiga ko‘ra¸ "Mirziyoyevni jismonan yo‘q qilish plani ortida shaxsan general Shuxrat G‘ulomov" turgan.

Matbuot anjumani chog‘ida tadbirkor Aliyev MXX raisining sobiq rais o‘rinbosari¸ general G‘ulomovni "xalq dushmani" deb atadi.

Aliyev tarafidan "xalq dushmani", "to‘ntarish dohiysi" deya ta’riflangan MXX raisining sobiq birinchi o‘rinbosari Shuhrat G‘ulomov shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy sudinig 2017 yildagi hukmiga asosan umrbod qamoq jazosini «Jasliq» qamoqxonasida o‘tamoqda.

Аҳмед Алиевнинг пресс-конференцияси
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:54 0:00

To‘ntarish haqidagi iddaoning isboti bormi?

Aliyev Ozodlik muxbiri bilan alohida muloqot chog‘ida o‘z iddaolariga oydinlik kiritdi:

- Asossiz gaplarni gapiradiganlar boltun deyiladi to‘g‘rimi? Gapirgan gapini hujjat bilan tasdiqlaydiganlar esa, jiddiy qabul qilinadi. Bugungi aytgan har bir gapimni tasdiqlovchi hujjatlar bor.

Tadbirkorning Ozodlik muxbiriga aytishicha¸ u 2014 yilda butun hujjatlarni O‘zbekiston rahbariyati¸ xususan Shavkat Mirziyoyevga yetkazishga muvaffaq bo‘lgan.

- O‘sha paytda Shuxrat G‘ulomov ham lavozimda edi. Buni inobatga olishingizni so‘rayman, - dedi tadbirkor.

Matbuot anjumanida qatnashgan toshkentlik jurnalist Aleksey Volosevichning Ozodlikka aytishicha, Aliyev unga 2014 yilda o‘z shikoyat arizasini jazoni o‘tash tizimlarida rasman qayddan o‘tkazgani va oqlanganidan keyin bu hujjatlar nusxasini olganini aytgan va tegishli hujjatlarni ko‘rsatgan.

BMTning maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shohid 2017 yilning oktabrida "Jasliq" mahkumlari qatorida Ahmed Aliyev bilan uchrashgan edi. Inson huquqlari faoli Sur’at Ikromovning 21 oktabrda Ozodlikka bildirishicha, Aliyev o‘shanda qiynoqlar haqida BMT vakiliga gapirgan, Aliyev BMT vakili qaytib ketganidan keyin qamoq ma’muriyati tomonidan tazyiqqa uchragan.

Matbuot anjumani
Matbuot anjumani

"Oltin qiroli" nega bugun "tilga kirdi"?

Matbuot anjumanida qatnashgan jurnalist Aleksey Volosevichga ko‘ra¸ "Aliyevning aynan bugun gapirishida notabiylik yo‘q:

- Sentabrda sud Aliyevni oqladi. Sud qarori kuchga kirishi uchun belgilangan 10 kun o‘tdi. Va tadbirkor bugun matbuot anjumani o‘tkazdi. Bu tarafi tushunarli. Boshqa tarafdan "Oltin qiroli" uni "Jasliq" changalidan qutqargan Mirziyoyevdan umrbod minnatdordir. Bu matbuot anjumanida qamoqdan chiqqan tadbirkor Mirziyoyevga tasannolar aytdi. Bu tasannolar Mirziyoyevga zarar bermasligi aniq.

"Oltin qiroli"ning shirkati
"Oltin qiroli"ning shirkati

Aliyev qachon qamaldiyu qachon chiqdi?

Toshkentdagi 1200 kishi ishlaydigan "Aliyev zargari" oltin buyumlar ishlab chiqarish va sotish shirkati asoschisi Ahmed Aliyev va uning xotini (hammasi bo‘lib 11 kishi) 2012 yili qamoqqa olingan edi.

O‘zbekiston zargarlar uyushmasining sobiq raisi¸ oltin taqinchoqlar ishlab chiqarib sotish bo‘yicha Markaziy Osiyodagi yirik tadbirkor¸ Ahmed Aliyev 2013 yilda jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi hukmi bilan uyushgan jinoiy guruh tuzishda aybli deb topilib, 20 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi.

2019 yilning sentabrida Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi shikoyat tartibida «Aliyev ishi»ni ko‘rib chiqib, uni sud zalidan ozod qilgan edi.

XS
SM
MD
LG