Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 13:31

Sobiq hokim Jo‘raev ishi: Sudlanuvchilar IIV yerto‘lasida, sud yopiq o‘tmoqda  


Samarqand viloyati sobiq hokimi Turobjon Jo‘raev
Samarqand viloyati sobiq hokimi Turobjon Jo‘raev

11 fevralda Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudida Samarqand viloyat sobiq hokimi Turob Jo‘raev va uning sheriklari ishi bo‘yicha yopiq o‘tayotgan mahkamaning navbatdagi majlisi bo‘ldi.

Sudlanuvchilar yaqinlariga ko‘ra, besh sudlanuvchidan ikkisi hibsdan chiqarilgan, qolgan uch kishi Ichki ishlar vazirligi yerto‘lasida saqlanmoqda.

Yopiq sud

Ozodlikka bog‘langan sudlanuvchilarning yaqinlariga ko‘ra, Turob Jo‘raev ishi bo‘yicha mahkama yanvar oyida boshlangan, shu paytgacha 6 ta sud majlisi o‘tgan. Jinoyat ishida davlat sirlariga oid qismlar mavjudligi bois ish sudda yopiq tartibda ko‘rib chiqilmoqda.

"Sud umuman yopiq o‘tayapti. Advokatlardan tashqari hech kim, sudga kira olmaydi. Advokatlarga qo‘l qo‘ydirib olgan, ketayotgan sudning tafsilotlari haqida informatsiya bera olmaydi. Umuman informatsiya yo‘q", dedi sudlanuvchilardan birining yaqini xavfsizligini o‘ylab, ismini ochiqlamaslik sharti bilan.

Jo‘raev va uning to‘rt sherigi

Turob Jo‘raev va Samarqand viloyat hokimligining yana 4 mulozimi 2018 yilning 10 iyul kuni hibsga olingan edi.

Bosh prokuratura jinoyat ishlarini tergov qilish boshqarmasi Turob Jo‘raev va uning jinoiy sheriklariga oid ishni 27 noyabrda sudga oshirgan.

Sudlanuvchilar JKning 167-moddasi (Mol-mulkni talon taroj qilish), 205-moddasi (Mansab vakolatini suiiste’mol qilish), 206-modda (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish), 210-modda (Pora olish), 243-modda (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) kabi moddalari bo‘yicha ayblanmoqda.

Jinoyat ishi materiallariga ko‘ra, Samarqand viloyat hokimligining besh mulozimi 2017-2018 yillarda jami 2 million AQSh dollaridan ortiq miqdorda pora olib, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilgan.

Xususan, Samarqand viloyat hokimi, Oliy Majlis senatori bo‘lgan Turobjon Jo‘raevning 1 850 000 AQSh dollari miqdorida pora olgani va mazkur mablag‘ uning xizmat seyfidan daliliy ashyo sifatida olinganiga oid faktlar mavjudligi jinoyat ishi materiallarida keltirilgani aytildi.

Besh sudlanuvchidan ikkisi ozod qilindi

Sudlanuvchilardan birining yaqiniga ko‘ra, 10 iyul kuni Samarqand viloyat hokimi Turob Jo‘raev bilan birga ushlangan yuqori lavozimli besh mulozimning ikki nafari sudga yaqin hibsdan chiqarilgan.

"Turob Jo‘raevning o‘zi hibsda, uning yordamchisi Botir Xo‘jaqulov va qurilish bo‘yicha mutaxassis Bahodir Xo‘jaqulov MVDning podvalida. Qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosar O‘tkir Abdullaev va hokimlikda ishlaydigan To‘lqin Sulaymonov sudga yaqin qo‘yib yuborildi. Ular ikkalasi sudga ochiqdan qatnayapti", dedi sudlanuvchilardan birining yaqini.

Turob Jo‘raev va uning sheriklariga nisbatan jinoyat ishi xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining 2018 yil 13 iyul kuni o‘tkazilgan navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etgan Bosh vazir A.Aripov va Davlat xavfsizlik xizmati raisi I.Abdullaevlar ko‘rsatmasiga asosan qo‘zg‘atilgan.

13 iyul kuni Samarqand viloyati xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari yig‘inida Turob Jo‘raev jinoiy hatti-harakatlariga oid videomaterial namoyish qilingani haqida bevosita ushbu majlis ishtirokchilari Ozodlikka xabar qilgan edi.

Ayni shu kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Facebookdagi rasmiy sahifasida huquq tizimlari tomonida ikki yirik korrupsion sxema (jumladan, Turob Jo‘raev)ga chek qo‘yilgani haqidagi videomaterial e’lon qilgan edi.

Бош прокуратуранинг Самарқанд собиқ ҳокими ҳақида намойиш этган фильми
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:22 0:00

Bu videomaterial O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatining Facebook sahifasidan olindi.

XS
SM
MD
LG