Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 07:45

“Yangi Angren” IES: Ishchilar stansiyada yana yong‘in chiqqanini aytmoqda. Rasmiylar jim


“Yangi Angren” IES (arxiv surat)
“Yangi Angren” IES (arxiv surat)

Toshkent viloyatidagi “Yangi Angren” IES stansiyasida 11 - fevral kechasi yong‘in sodir bo‘lgani aytilmoqda.

Stansiya ishchilariga ko‘ra, bu gal 4-blokda yong‘in chiqqan, hodisa joyida ishchilar bo‘lmagan va yong‘in tezda o‘chirilgan.

Ozodlik gaplashgan ishchilar IES hududiga kirib ishlash tobora xavfli tus ola boshlagani, ularning xavotirlari rahbariyat tomonidan bee’tibor qoldirilayotganidan shikoyat qilmoqda.

Stansiya rahbariyati ishchilar iddaosi va so‘nggi 20 kun ichida ulardan kelayotgan shikoyatlar bo‘yicha Ozodlik murojaatlarini javobsiz qoldirmoqda. "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ matbuot kotibi Muhammadjon Bekmuhamedov esa bu xabarlarni rad etdi.

Ammo ishchilarning iddaosiga ko‘ra, "rahbarlar bu kabi hodisalarni yashirishga urinmoqda". "20 - yanvardagi hodisadan buyon stansiya rahbarlari ishchilar og‘zini yopish uchun qo‘rqitmoqda", deb aytdi Ozodlik suhbatlashgan "Yangi Angren" IES ishchilari.

2021 - yil yanvarida ayni stansiyaning 5-blokida portlash bo‘lgan va unda 3 kishi o‘lgan. 2020 - yil 30 - yanvarida chiqqan yong‘inda esa stansiya 4-3-bloklar tomi yonib ketgan, unda hech kimga shikast yetmagan.

Stansiyada 11 - fevral tunda yong‘in sodir bo‘lgani haqida bir necha ishchi Ozodlikka yozdi. Ularning aytishicha, yong‘in stansiyaning yaqinda portlab ketgan 5-blokiga tutash 4-blokida chiqqan.

“Soat tungi 2 larda yong‘in bo‘ldi. Bu safar 4-blok yondi. Xayriyat, bu safar hech kim jabr ko‘rmagan, chunki ishchilar bo‘lmagan. Tezda o‘chirishgan. Stansiyaga kirib ishlashga qo‘rqib qoldi ishchilar”, - dedi ismini ochiqlamaslikni so‘ragan IES ishchilaridan biri Ozodlik bilan telefon muloqotida.

"Kecha yana "Yangi Angren" IESdagi 4-energoblokda soat kechasi 2da yong‘in chiqdi, qurbonlar yuq. Yashirishdi, hamma ishlar bosdi-bosdi bo‘lsayu, rahbariyat bu borada choralar ko‘rmasa, jabrini kim tortadi?! Yong‘inlar yana bo‘lmasligiga kim kafolat beradi, rahbarlar yana aybsiz, aybdorlar esa ishchi xodimlar bo‘lib chiqaveradimi?" deb yozdi shaxsini sir tutgan yana bir ishchi Ozodlikka.

Ishchilar qozon ortiqcha qizib ketgani bois navbatdagi yong‘in sodir bo‘lganini iddao qilmoqda.

“Bu qozonlar 1980-yillarda qurilgan eski qozonlar. Qozoq ko‘miri kuchli bo‘lgani uchun qozonlar qizib, atrofdagi bunkerga yig‘ilgan ko‘mirlarni ham qizdirib yuboryapti. Ishlash juda xavfli bo‘lib qoldi. Biz bu haqda rahbarlarga ko‘p marta aytganmiz, lekin hech kim bunga parvo qilmayapti. 20 - yanvardan beri ham kichkina yong‘inlar bo‘lyapti. Lekin stansiya rahbarlari 20 - yanvar kuniyoq yig‘ilish o‘tkazib, ishchilarni qo‘rqitdi: "Bu surishtiruvlar bitsin, hammang prokuraturaga bitta-bitta javob berasan", deyishgan, hammani og‘zini yopyapti shunaqa qilib”, - deydi stansiyaning qozonxonasida ishlashini aytgan ishchilardan biri.

Ozodlik 11 - fevral tungi yong‘in va ishchilarning shikoyatlari ortidan yana “Yangi Angren” IES rahbariyatiga takror-takror qo‘ng‘iroq qildi. IES Bosh direktori Pitko Vitaliy Yuryevichning qabulxonasi va boshqa mas’ullardan javob olishning imkoni bo‘lmadi.

Stansiya kommutatorlaridan biri telefon go‘shagini ko‘tardi, muxbir savollarini eshitdi, ammo javob uchun boshqa kommutatorga bog‘laning, deya aloqani uzib qo‘ydi.

Ammo "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ matbuot kotibi Muhammadjon Bekmuhamedov 10 ga yaqin ishchidan olingan bu ma’lumotni qat’iyan rad etdi. Hatto Ozodlik muxbirini hodisani joyini "ko‘zdan kechirish" uchun Angrendagi IESga taklif qildi.

Matbuot kotibining keskin raddiyasidan so‘ng Ozodlik stansiya ishchilariga yana bog‘landi. Ishchilar esa raddiyani rad qildi.

"Yo‘q, yong‘in aniq bo‘lgan, turbinaga ham o‘tgan. Stansiyaga kamerali telefon bilan qo‘yishmaydi, aks holda suratlarini ko‘rsatar edik", dedi shaxsini sir saqlagan ishchilardan biri.

Raddiyani rad qilgan yana bir ishchi esa shunday fikr bildirdi:

"Bular odamlarga zarar yetmagani uchun oldingi yong‘inlarga o‘xshatib, osongina yopib yuborishmoqchi bo‘lyapti. Bu birinchi martamas, avval ham bosti-bosti qilishgan. Bunaqa yong‘inlar tez-tez bo‘ladi. Bechora ishchilarning joni kimga kerak?! Aslida yana kattaroq falokat bo‘lmasidan turib, Toshkentdagi kattalar stansiyani jiddiy tekshirsin, o‘zlari ko‘radi ichkaridagi ahvolni!"

Shaxsini sir saqlagan uchinchi ishchi ham Ozodlikka yong‘in sodir bo‘lganini yana bir marta tasdiqladi.

"Yo‘q. Yashirishyapti. Ertalab smenadan chiqqan ishchilar aytib kelishdiku, kechasi 2 da yana yong‘in chiqdi deb. Axir 20 - yanvardagisi ham 7-yong‘in bo‘lgan.
Undan oldingi ktts 1-dagi tom qismidagi yong‘in internetga chiqib ketgandi. Stansiyada xaqiqat yo‘q".

Ozodlik bu vaziyatga oydinlik kiritish uchun “Yangi Angren” IES veb saytida berilgan +99871236-65-25, +99871809-68-22 telefon raqamlariga, kommutatorlarga tegishli deb berilgan +998712361412, +998706456088 telefon raqamlariga takror-takror qo‘ng‘iroq qildi, ammo hanuzgacha rahbariyatidan javob olishning imkoni bo‘lmadi.

“Yangi Angren” IESda shu yil 20 - yanvar kuni fojiali halokat sodir bo‘lgandi. O‘shanda tozalash uchun o‘chirilgan 5-blokda portlash bo‘lgan, 3 ishchi o‘lgan, yana 3 nafari jarohatlangan.

Stansiya rahbariyati portlashga ishchilar texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmagani sabab bo‘ldi, deb bayonot bergan. Bu “texnik xatoga” mas’ul ko‘rilgan stansiya o‘rta bo‘g‘indagi rahbari - 5-blok sex rahbari bo‘lgan Sirojiddin Shodiyev, hodisadan 3 kun o‘tib, o‘zini osib qo‘ygandi.

Yaqinlari stansiya rahbarlarining S. Shodiyevga bosim va tazyiq o‘tkazib, uning o‘limiga sabab bo‘ldi, deb da’vo qilgan.

Marhumning ammasi 11 - fevral kuni Ozodlik bilan suhbatda, o‘tgan tunda 4-blokda sodir bo‘lgan yong‘in, bu hodisalarga rasmiylari ta’kidlagani kabi “ishchilar yo‘l qo‘ygan xato” emas, balki tizimli muammo sabab bo‘layotganini tasdiqlaydi, deb ta’kidladi.

Ammaning da’vo qilishicha, jiyani bu muammolarni hal qilish va ishchilar xavfsizligini saqlash zarurligi haqida o‘zidan yuqorida turgan rahbarlarni muttasil ogohlantirgan, ammo bu ogohlantiruv va talablariga javoban, do‘q-po‘pisa va kamsitishlarga duchor bo‘lgan:

“Jiyanim juda yaxshi ishchi edi, vijdon bilan ishlagan. Mana yana yong‘in bo‘ldi, bunga ham ishchilarning xatosi sabab bo‘ldimi?! Investorga berildi stansiya, lekin investor pul kirgizmadi, hamma narsa o‘sha eskiligicha turipti. Bu qurilmalar o‘zimizning qo‘ng‘ir ko‘mirga (Angrgen konidan chiqadigan ko‘mir – tahr.) moslab qurilgan, unaqa kuchli qozoq ko‘miriga moslashmagan. Shaxsan men bu yong‘inlar, portlashlarga qozoq ko‘miri sabab, deb bilaman. Shuni nazarga olmayapti rahbarlar. Qachongacha davom etadi bu?! Ishchilar o‘lib ketaveradimi?! Rahbarlar jazoga tortilmaydimi?!”

"Янги Ангрен" ИЭСда портлаш: жиноят иши очилди, қурбонлар оиласига $10000дан тарқатилди, портлаган цехнинг раҳбари ўзини осди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:32 0:00

Ozodlik radiosi 20 - yanvar kuni IESning ta’mir uchun to‘xtatilgan 5-blokida portlash sodir bo‘lgani, portlash oqibatida 3 kishi o‘lgani va 3 kishi og‘ir jarohat bilan shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar qilgan edi.

Portlash yuzasidan O‘zbekiston JKning 257-moddasi 2-qismi «a, b» bandlari bilan “Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish odam o‘lishi va boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishi” aybi ostida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Rasmiy bayonotda portlash “chang-ko‘mirli havo aralashmasining chaqnashi” natijasida sodir bo‘lgani, chaqnashning kelib chiqish sabablari bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlangani aytildi.

Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat to‘g‘risida stansiya boshqaruv kompaniyasi Kun.uz nashiriga ma’lumot taqdim etgandi.

Unda aytilishicha, portlash sodir bo‘lgan "5-qozon agregati vaqtincha to‘xtatilgan va u kimyoviy tozalanayotgan paytda qozon tozalovchilarning texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etmaganligi ana shunday ayanchli oqibatlarga olib kelgan".

22 - yanvar kuni Ozodlik bog‘langan mas’ullardan biri - “Yangi Angren” IESda uchastka rahbari, deb taqdim qilingan Uchqun Merganov portlashga “baxtsiz hodisa” deb qaralayotganini tasdiqlagan va so‘ngra bandligini aytib, aloqani uzib qo‘ygandi.

Ammo hodisa qurbonlaridan ikki nafari – 52 yashar Manzura To‘ychiyeva va 40 yashar Nazira Rejaboyevaning yaqinlari Ozodlik bilan suhbatda hodisaga stansiya hududida texnika va ishchilar xavfsizligi ta’minlanmagani portlashga sabab bo‘lgan, deb da’vo qilgan.

XS
SM
MD
LG