Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 18:20

Xalqaro matbuot kuni: Saylovlar yilida so‘z erkinligi ustidan nazorat kuchaydi


Prezident Shavkat Mirziyoyev jurnalistlar bilan, 18 - fevral, 2021, Namangan
Prezident Shavkat Mirziyoyev jurnalistlar bilan, 18 - fevral, 2021, Namangan

3 - may - Xalqaro matbuot erkinligi kuni arafasida qator xalqaro tashkilotlar O‘zbekistonda matbuot erkinligining ahvolidan xavotir izhor etdi.

Parijda joylashgan Chegara bilmas muxbirlar tashkiloti mamlakatda "blogerlar hanuz tahdidga uchrayotgani va hibsga olinayotgani"ni ta’kidlagan.

Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi (Committee to Protect Journalists – CPJ) O‘zbekistonni yaqinda qabul qilingan “onlayn so‘z erkinligini cheklovchi” qonuniy tuzatishlarni bekor qilishga chorladi.

Qo‘mita 28 - aprel kuni e’lon qilgan bayonotda “Oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston prezidenti saylovlari yaqinlasharkan, rasmiylar ushbu yangi tuzatishlar yordamida so‘z erkinligi ustidan nazoratni kuchaytirishga bel bog‘laganga o‘xshaydi”, deyiladi.

31 - mart kuni O‘zbekistonda Jinoyat kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan tuzatishlar kuchga kirdi.

Erkinlashayotgan matbuotga bosim

O‘zbekistonni qariyb 30 yil boshqargan avtoritar rahbar Islom Karmiov vafotidan so‘ng hokimiyatga kelgan Shavkat Mirziyoyev davrida matbuot nisbatan erkinlashdi.

Mirziyoyev boshqaruvidagi ilk 4 yilda - virtual voqe’likda millionlab auditoriya yig‘a olgan mustaqil internet nashrlari shakllandi. Ijtimoiy tarmoqlarda, auditoriyasi ayrim Internet nashrlarinikidan ham kattaroq bo‘lgan blogerlar jamoasi paydo bo‘ldi.

Ammo Mirziyoyevning ilk muddati yakuniga yetib, prezident saylovi yaqinlasharkan, hukumatning matbuotga e’tibori asta sekin - bosim va tazyiqlarga aylandi.

O‘tgan 4 yilda O‘zbekistondagi so‘z va matbuot erkinlashuvi jarayonini qo‘llab kelgan xalqaro matbuot tashkilotlarining hayrat va xavotirlari shundan.

Jumladan, Chegarasiz muxbirlar tashkiloti o‘z bayonotida jurnalist va blogerlarga qarshi ta’qiblar davom etayotganidan xavotir bldirdi:

“Kuzatuv, senzura va o‘z-o‘zini senzura qilish hollari mavjud va hukumat hanuz matbuot ustidan sezilarli nazoratni ushlab turibdi.

“Kuzatuv, senzura va o‘z-o‘zini senzura qilish hollari mavjud va hukumat hanuz matbuot ustidan sezilarli nazoratni ushlab turibdi. Blogerlar hanuz tahdidga uchramoqda, hibs qilinmoqda. Hukumat xorijiy va quvg‘indagi jurnalistlarga eshigini ochdi, ammo ayrim axborot vositalari, jumladan AQSh moliyalaydigan Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi uchun akkreditatsiya olish mushkulligicha qolmoqda”.

Davr yangi - yondashuv uslubi eski

Shu kunda Toshkentda ishlayotgan polshalik Agneshka Pikulitska shu yil fevralda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligidan akkreditatsiyadan o‘tkazildi.

Pikulitskaga ko‘ra, akkreditatsiyani rasmiylashtirish tartibi qulaylashgan, ortiqcha qog‘ozbozlik yo‘q. Ammo bu jarayonga mas’ul tizimning xorijiy jurnalistlarga munosabati - hanuz eskicha.

Avvalroq polshalik jurnalist, Tashqi ishlar vazirligi xodimi O‘zbekiston haqida ijobiy maqolalar yozishni so‘rab, unga bosim o‘tkazgani, bundan tashqari, shilqimlik ham qilgani haqida bayonot bergandi:

“Prezident Mirziyoyev hokimiyatga kelganidan beri o‘tgan bir necha yil ichida, jurnalistika sohasida vaziyat yaxshilandi. Buni avvalgi davrga umuman qiyoslab bo‘lmaydi. Ammo, asl masala shundaki, akkreditatsiya hanuz hammaga ham berilmaydi. Tashqi ishlar vazirligida menga qanday munosabatda bo‘lishgani haqida gapira boshlaganimdan bir necha kun o‘tib, menga akkreditatsiya berishdi. Ammo afsuski, faqat 6 oyga, iyulgacha. Men buni yana uzaytirish uchun aprel boshida yana ariza berdim, hozir javobini kutyapman. Hali yana akkreditatsiya olamanmi, yo‘qmi, bu noma’lum”.

Orqasida prezident turgan blogerlar

So‘nggi ikki yilda O‘zbekistonda blogerlik faoliyati kuchayib bordi. Ayniqsa, Yutyub va Telegram tarmoqlarida blogerlarning hukumatga qaratilgan tanqidiy chiqishlari kupaydi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev esa ularga shaxsiy dastagini ham va’da qildi:

“Tanqid qilinglar! “Nimaga sen shuni qilmayapsan? Nimaga topshiriqni qilmayapsizlar” deb, familiyasini, rasmini olib chiqib bir ko‘rsatinglar – butun el bilsin. Bu uchta-to‘rtta qarordan ham ko‘proq ta’sir qiladi, sizlarning kuchlaring katta”, dedi Mirziyoyev Toshkent viloyatiga qilgan safarida.


Ammo avvaliga nisbatan erkin ishlagan blogerlar ham saylov yiliga kelib siquvga olinmoqda, ayrim tanqidchilar tazyiqqa uchradi.

Jumladan, O‘zbekiston hukumatiga qaratilgan tanqidlari va LGBT huquqlari himoyasiga qilgan chiqishlari bilan tanilgan 30 yashar Miraziz Bozorov IIV tergoviga tortilgan.

Bozorov 28 - mart kuni Toshkentning Amir Temur xiyobonida jinsiy ozchiliklarga qarshi o‘tgan namoyishdan so‘ng, o‘z uyi oldida qora niqobli odamlar tomonidan kaltaklangandi.

Bu bloger, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va ancha muncha jamoatchilikka tanilgan faollar, siyosatchilar tomonidan aynan jinsiy ozchiliklar huquqini himoya qilgani uchun tahqirlandi ham.

Biroq blogerga hujumni surishtirishini bildirgan Ichki ishlar vazirligi hozir uning o‘zini Jinoyat kodeksining 2 ta moddasi bilan, tuhmat va haqoratda gumon qilmoqda.

Bu jarayonga munosabat bildirgan Amnesty International tashkiloti O‘zbekiston hukumatini, bloger va mustaqil jurnalistlarni himoya qilishga chaqirdi:

“Xalqaro huquqiy kelishuvlarga muvofiq, O‘zbekiston hukumati jurnalist va blogerlarni har qanday tahdidlar, kasbiy professional faoliyati bilan bog‘liq xavflardan himoya qilishi shart. Ularning jismoniy daxlsizligi hamda so‘z erkinligi va qarashlarini ifoda eta olishini ta’minlashi kerak”.

Ayni paytda, hukumatning yana bir tanqidchisi - surxondaryolik taniqli bloger Otabek Sattoriy ham hibsda qolmoqda. Unga JKning 3 ta moddasi bilan jami 8 ta ayblov e’lon qilindi.

Otabek Sattoriy Telegram va YouTube portalidagi “Xalq fikri” videoblogidagi tanqidiy chiqishlari bilan tanilgan.

U ham 30 - yanvar kuni soat 17 larda Termizdagi uyidan fuqaro kiyimidagi xodimlar tomonidan olib ketilgan.

"Ҳамма менга қарши" - Отабек Сатторий судида гувоҳлар ва қўшимча гувоҳларнинг кўрсатмалари тингланди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:39 0:00

Mustaqil jurnalist va blogerlarga bosim

Polshalik jurnalist Agneshka Pikulitska bu jarayonni O‘zbekistonda nisbatan erkin ishlay boshlagan bloger va mustaqil jurnalistlarga bosim, deb baholaydi.

Zotan, uning o‘zi ham bloger Bozorovni himoya qilgani ortidan, IIV tomonidan “Bloger atrofidagi voqealarni noxolis yoritganlik”da ayblandi:

“Hozir qandaydir tushunarsiz vaziyatdamiz. Chunki hukumat, jurnalistlar faoliyatini qiyinlashtiradigan qonunlarni qabul qildi. Misol uchun, bundan bu yog‘iga menga SNOS mavzusi, LGBT mavzusini ko‘tarish imkonsiz bo‘lishi mumkin. Chunki, mana shu moddani qo‘llash uchun, bu chiqishlarimni boshqacha talqin qilishlari mumkin. Lekin, buni hali vaqt ko‘rsatadi. Ammo hozir ko‘rib turganimiz, liberal qarashda bo‘lgan kishilarga bosimdir. Miraziz Bozorov buning yaqqol misoli. Men ham ko‘plab, har xil tahdidlar olyapman, shu jumladan IIV ham meni yolg‘on gapirishda aybladi va bu masalaga qaytishini bildirdi. Hozircha qaytilgani yo‘q. Men bu holatni murakkab va ziddiyatli mavzularni ko‘tarayotgan jurnalistlarni nazoratga olish urinishi, deb hisoblayman”.

“Янгиланаётган Ўзбекистон” ЛГБТ вакиллари учун янги хатарлар туғдирмоқда...ми?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:31 0:00

So‘z erkinligining chegarasi

Bugun erkinlashayotgan o‘zbek matbuoti haqida gap borar ekan, aksar jurnalist, tahlilchi va jamoatchilik faollari bu erkinlikning chegaralanganini ham alohida qayd etmoqdalar.

Misol uchun, Prezident va uning oilasiga yoki hukumatning eng yuqori pog‘onasida o‘tirgan mulozimlarga bog‘langan korrupsiya, noqonuniy harakatlarga oid iddaolar rasmiy, na mustaqil ichki matbuotda yoritilayotir.

Chegarasiz muxbirlar tashkiloti ham o‘nggi hisobotida “hukumatning yuqori pog‘onasidagi amaldorlar tanqidi hanuz imkonsiz”, deya qayd etdi.

Islom Karimov boshqaruvi paytida, tanqidiy chiqishlarini to‘xtatmagan va prezident Mirziyoyev davriga kelib ham, hukumatning yuqori pog‘onasidagi amaldorlar korrupsiyasini yoritgan mustaqil jurnalist Sergey Yejkov buni alohida qayd etadi:

“To‘g‘ri, hozircha hech qanday jiddiy xulosa qilinmadi, men yozgan amaldorlardan hech biri jazolanmadi. Hozircha davlat g‘aznasidagi pul, soliq to‘lovchilar pulini talon-toroj qilganlar jazolangani yo‘q. Lekin, bu hol mangu davom etaydi, deb o‘ylamayman. Chunki, bu hukumat ham, hech bo‘lmaganda, o‘zini hurmat qilishlarini istaydi. Shuning uchun, xalq pulini o‘g‘irlayotganlarga ham vaqt keladi, buning ham vaqti bo‘ladi”.

Toshkentda ishlayotgan Yejkovdan farqli ravishda, shu kunda Kanadada muhojiratda yashayotgan o‘zbekistonlik mustaqil jurnalist Ulug‘bek Ashur bu qadar umidvor emas.

U Islom Karimov davrida, tazyiqlar ortidan O‘zbekistonni tark etgan. O‘sha kezlarda ham amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev hokimiyatda edi - O‘zbekistonga Bosh vazirlik qilayotgandi.

"O‘zbekistondagi bloger va jurnalistlar prezident va uning oilasiga oid mavzularni yoritishdan tiyilib turadi, to‘g‘rirog‘i ularni tiyib turishadi. Aslida mamlakat qonunchiligida senzura yo‘q. Ammo "agar shuni yoritsang, muammoga uchraysan, deydigan kuchlar bor. Matbuot, so‘z erkinligi O‘zbekistonda hech qachon erkin bo‘lmagan. Ilgari juda qiyin edi, hozir Mirziyoyev davriga kelib ham osonmas. Hozir vaziyat birmuncha yaxshi, lekin bu erkinlik siyosiy elita hayotini to‘liq ko‘rsatib bera olmayapti. So‘z erkinligi faqat quyi pog‘ona - tuman, viloyat hokimlarining aybini ko‘rsatishgina emas. Karimov davridagi qo‘rquv hozir formasini o‘zgartirgan, hozir mutatsiyaga uchrab, rangini o‘zgartirgan, xolos".

Ўзбекистон матбуот эркинлиги рейтингида: Руандадан ёмон, Беларусдан яхшироқ
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:48 0:00

Islohot o‘rniga keskinlashgan qonunchilik

Prezident sayloviga rasman start berilgan bir kezda, O‘zbekiston qonunchiligiga 2 ta jiddiy o‘zgartirish kiritildi.

Shu yilning 31 - martida O‘zbekistonda Jinoyat kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunlaridagi o‘zgartirishlar kuchga kirdi.

Shavkat Mirziyoyev tasdiqlagan yangi qonunga ko‘ra, prezidentni telekommunikatsiya tarmoqlari yoki Internetda haqoratlash, uni tuhmat qilishda ayblanganlar 5 yilgacha qamalishi mumkin.

Bundan tashqari, Jinoyat Kodeksiga, axborot vositalari yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali ommaviy norozilikka da’vat uchun ham javobgarlik kiritildi.

So‘nggi hisobotida, Nyu-Yorkdagi Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi ana shu qonuniy o‘zgarishlarni keskin qoraladi:

“Oktabrga belgilangan prezident saylovi yaqinlasharkan, hukumat, qonunchilikka tuzatishlar kiritish vositasida so‘z erkinligi ustidan nazoratni kuchaytirishga bel bog‘lagan ko‘rinadi. Agar o‘zbek rasmiylari liberal islohotlarga chin dildan harakat qilayotganiga dunyoni ishontirishni istasa, matbuot erkinligini cheklovchi va o‘z tanqidchilariga jarima hamda qamoq xavfini tug‘diruvchi qonunlarni bekor qilishi kerak”.

Президентни ҳимоя қилувчи қонун ишга тушди. Жавобгарликка тортилган биринчи шахс ким?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:34 0:00

O‘zbek matbuoti qayoqqa qarab ketyapti?

Bu yil oktabrda amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyevning ilk muddatiga yakun yasaydigan prezident saylovi bo‘lib o‘tadi.

Mirziyoyev nomzodini qo‘yishi va ikkinchi muddatga saylanishiga ko‘pchilik shubha qilmaydi.

Saylov yilida davlat va nodavlat matbuot hamda ijtimoiy tarmoqlarga kuchaygan bosim, ayrim o‘rinlarda esa tazyiqlarni kuzatayotgan jurnalistlar matbuotning bundan keyingi istiqbolidan xavotirda.

Ularning aksari, jumladan Sergey Yejkov o‘zini islohotchi prezident, deb taqdim qilgan va bunga matbuotdagi erkinlikni misol qilib keltirarkan, "bu nuqtadan orqaga qaytish yo‘q”, deb ta’kidlaydigan Shavkat Mirziyoyev fikriga qo‘shilmaydi.

Ya’ni, bu o‘rinda hammasi hukumatga bog‘liq, uning matbuotga va har doim ham hukumat uchun yoqimli, qulay bo‘lmagan mavzularni ko‘taradigan jurnalistga qanchalik toqat qilishiga bog‘liq.

“Hamma narsani bir onda ters o‘girib yuborish mumkinligini tarix bizga ko‘rsatgan. 1980 - yillar oxiri, ikkinchi yarmi va qisman, 1990 - yillar boshida biz bunga guvoh bo‘lganmiz. O‘shanda O‘zbekiston matbuoti, o‘sha davr uchun maksimal darajada erkin bo‘lgan. Keyin hammasi o‘zgardi va bir necha yil ichida matbuot hukumatning rasmiy tayanchiga aylandi. Ya’ni, bu o‘rinda hammasi hukumatga bog‘liq, uning matbuotga va har doim ham hukumat uchun yoqimli, qulay bo‘lmagan mavzularni ko‘taradigan jurnalistga qanchalik toqat qilishiga bog‘liq. Agar hukumat jurnalistlar fikri bilan hisoblashsa va ularning firkini, obyektiv yoki bahsli bo‘lsin qabul qilsa, albatta rivojlanish bo‘ladi. Agar hukumat, uning o‘zi belgilab bergan chiziqlardan matbuot o‘tib ketyapti, deb hisoblasa, unda tabiiyki, biz aks ta’sirni ko‘ramiz - matbuot avvalgi pozitsiyasiga qaytadi, ortga ketish bo‘ladi”.

XS
SM
MD
LG