Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 19:21

"Xalq ko‘mir"i ustida ur-yiqit. "O‘zbekko‘mir" olib-sotarlarni ayblamoqda (VIDEO)


Andijon vilolyati Asaka tumanidagi ko‘mir ombori oldida navbat.
Andijon vilolyati Asaka tumanidagi ko‘mir ombori oldida navbat.

O‘zbekistonning gaz quvuri yetib bormagan joylarida shu kunlarda aholiga arzon narxda sotish uchun olib kelingan ko‘mir uchun navbatlar yuzaga kelgan.

Ozodlikka yuborilgan video tasvirlarda ba’zi tumanlarda ko‘mir uchun ur-yiqit bo‘layotganini ko‘rish mumkin.

Militsiya xodimlari ham navbatni tartibga keltira olmayapti.

Ozodlik suhbatlashgan andijonliklarning aytishlaricha, qish oldidan ayni viloyat tumanlarining ko‘mir sotadigan tarmoqlariga kilosi 303 so‘m bo‘lgan Angren ko‘miri keltirila boshlangan.

Andijon viloyatining Asaka tumani Axatchi qishlog‘ida yashovchi Aziza Xoliqova 11 - noyabr kuni tuman omborxonasi oldida ertalabdan 51-inchi bo‘lib navbatga turgani, tushga kelib ham navbati kelmaganini aytadi.

- Asakadagi omborga Angrendan 10ta vagon ko‘mir kelgan. Mashinalar chiqyapti, u ko‘mir qayerga ketyapti bilmaymiz. Bu yerda ertalabdan navbat, tush bo‘lyapti 39 odamga berildi, keyin tugadi, deyapti. Ertaga yana kelar ekanmiz, - deydi Xoliqova.

Асакадан келган видео
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:25 0:00

Hayot-mamot masalasi

O‘zbekistonning gaz quvuri yetib bormagan boshqa qishloqlari qatori ahatchiliklar ham ko‘mir ular uchun hayot-mamot masalasi ekanini aytishadi.

Ahatchi qishlog‘ida yashovchi 68 yoshli Abduvosit aka Ozodlik bilan suhbatda qishdan eson-omon chiqish uchun oilasiga 1,5 tonna ko‘mir zarurligini ta’kidlaydi.

- Bizni qishloqqa gaz truba umuman kelmagan. Svet stolbalarimiz o‘tgan asrning 60-yillarida o‘rnatilganicha turibdi. Svet ham to‘xtamay o‘chadi. O‘tin qimmat. Bir pritsep o‘tin 3 million so‘m. Shuning uchun Angrenni ko‘mir sifatsiz bo‘lsa ham kunga qarab qolganmiz. Kilosi 303 so‘mdan, tonnasi 303 ming so‘m bo‘ladi. Lekin, usti ur-yiqit, chunki Qozog‘istonni ko‘miridan bunisi ikki baravar arzon. Noyabrdan fevralgacha qishni chiqarish uchun juda tejab yoqqanimizda bir yarim tonna ko‘mir kerak bo‘ladi. Shunda ham vaqti-vaqti bilan, havo juda sovib ketgan paytlari yoqqanimizda. Kechalari yoqamiz, ovqatni ham shu ko‘mir yoqilgan pechkada pishirib olamiz. Chunki, gaz ballonlar ham vaqtida berilmaydi, - deydi Abduvosit aka.

Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanidagi omborxonada ham arzon ko‘mir olish ustida ur-to‘polonlar bo‘lmoqda.

Ozodlik suhbatlashgan mahalliy aholi vakillaridan biri arzon ko‘mirning katta qismi chayqovchilar qo‘liga o‘tib ketayotganidan tashvish bildirdi.

- Ko‘mirni sarasi chayqovchilar qo‘liga o‘tib, bizga kukunini sotishyapti. O‘zi shundoq ham yaxshi yonmaydigan ko‘mir. Omborxonani oldida o‘zlarini odamlarini qo‘ygan. Mabodo navbat yetib qolsa , o‘zlarini yuk mashinasini taklif qilishadi. Ikki baravar qimmat, 600 ming so‘m berasan,deydi. Xalqni ko‘miridan pul qilishyapti. Hokimiyat buni nazoratga olishini so‘raymiz, - deydi mahalliy aholi vakillaridan biri.

Nega ko‘mir yetmaydi?

"O‘zbekko‘mir" AJ ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda har yili 4 million tonnadan ziyod ko‘mir qazib olinadi.
"O‘zbekko‘mir" AJ ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda har yili 4 million tonnadan ziyod ko‘mir qazib olinadi.

“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatiga ko‘ra, mamlakatda har yili 4 million tonnadan ziyod ko‘mir qazib olinadi.

Bu O‘zbekistonda ko‘mirga bo‘lgan talabning sakson foizini qondiradi.

19 - sentabrda bo‘lib o‘tgan hukumat majlisida bu yilgi kuz-qish mavsumi uchun 6 million tonna ko‘mir mahsulotlari zarurligi aytib o‘tilgandi.

“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatining ismi ochiqlanmasligini so‘ragan mas’ul xodimining Ozodlikka aytishicha, joylarda ko‘mir tanqisligiga chayqovchilik sabab bo‘lishi mumkin.

- Ko‘mir bizda hamma davlatdagidan arzon. Hukumatimiz xalqqa yengil bo‘lsin, deb arzonlashtirib qo‘ygan. Lekin, kuz kelishi bilan chayqovchiliklar bo‘lib turadi. Tonnalab olib, qimmatga sotishlar bo‘ladi. O‘zaro til biriktirish, kelishib harakat qilish holatlari ham ehtimoldan xoli emas. Lekin bizda aholiga yetadigan keragidan ham ortiq ko‘mir bor, - dedi "O‘zbekko‘mir" AJ mulozimi.

2012 - yilda O‘zbekiston hukumati aholiga sotiladigan ko‘mir narxi ko‘tarilib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida maxsus qaror qabul qilgan.

Ushbu dasturda mamlakat aholisini qish paytida Angrenda qazib olingan ko‘mir bilan ta’minlash nazarda tutilgan.

Ammo Ozodlik bilan suhbatda bo‘lganlar davlat va’da qilgan arzon ko‘mir ustiga pul berib oladigan uddaburonlardan ortmayotganini aytishadi:

- Qozog‘istonnikini tonnasini 700 ming so‘mdan olishga majburmiz. Yetmasa u yoq¸ bu yoqdan o‘tin topib, qishni o‘tkazishga harakat qilamiz, - deydi asakalik Abduvosit aka.

Ozodlik muxbiri aholiga ko‘mir taqsimlashda adolatsizliklar bo‘layotgani haqdagi shikoyatlarga munosabat olish maqsadida Andijon viloyat hokimligi bilan bog‘landi.

Hokimlik mulozimi Ozodlik savolini eshitishi bilan go‘shakni qo‘yib qo‘ydi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:56 0:00
Бевосита линк

Sohani yaxshi bilgan mutaxassislar O‘zbekistonda aholiga arzon narxda sotilayotgan Angren ko‘mirining sifati talabga javob bermasligini aytishadi.

Qish mavsumida ko‘mir yetishmasligining yana bir sababi esa, mamlakatda qazib olinadigan ko‘mirning qariyb 90 foizi elektr energiyasi ishlab chiqarishga sarflanishidir.

XS
SM
MD
LG