Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 21:29

Uyushgan yoshlar bilan DXX, "uyushmagani" bilan Adliya vazirligi shug‘ullanadi


Samarqand viloyatida Adliya xodimlari yoshlarni ro‘yxatga olmoqda. Mart, 2024
Samarqand viloyatida Adliya xodimlari yoshlarni ro‘yxatga olmoqda. Mart, 2024

Shu yilning 7-martidan O‘zbekiston Adliya vazirligi tizimidagi boshqarmalar, Davlat xizmatlari markazlari, FHDYO bo‘limlari va notarial idoralarga yoshlarning muammolarini o‘rganish majburiyati yuklatildi.

Prezident Administratsiyasi tomonidan o‘tkazilgan videoselektorda qatnashgan manbaning Ozodlikka bildirishicha, adliya organlarining endilikda mamlakatda "uyushmagan yoshlar" muammolarini o‘rganishga jalb qilinishi aytilgan.

Joylarda xodimlarni allaqachon yoshlar bilan uchrashish uchun mahallalarga safarbar etish boshlangan.

“Yoshlar bilan ishlash topshirig‘i alohida nazoratda va so‘rov ham shunga mutanosib bo‘ladi. Zudlik bilan barcha hududlar arizalarini olish choralarini ko‘rishingizni va bugungi xatlovga ayollarni jalb qilmasdan ichki imkoniyatlardan foydalangan holda topshiriqni sifatli ijro qilishingizni so‘rayman”, deydi Samarqand viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ozod Shodiqulov Telegram-kanali soha xodimlariga yuborgan ko‘rsatmasida.

Kattaqo‘rg‘on shahar Adliya boshqarmasi xodimlarining Telegram-kanalidan skrin.
Kattaqo‘rg‘on shahar Adliya boshqarmasi xodimlarining Telegram-kanalidan skrin.


Ozodlikka yetib kelgan surat va buyruq nusxalarida xodimlarning yoshlarni otaliqqa olish va xatlov o‘tkazish ishlariga jalb etilgani aks etgan.

Ozodlikka bog‘langan Samarqand viloyati Adliya tizimining ismi sir qolishini so‘ragan xodimi har bir xodimga 100 dan ortiq "uyushmagan yoshlar"ning ro‘yxatlari berilgani, ular kerakli arizalarni to‘ldirishga majburlanayotganini aytdi.

"Bu majburiy mehnatdan boshqa narsa emas. Agar davlatning o‘zi shu ish bilan shug‘ullansa, majburiy mehnat masalasi bizda hech qachon kun tartibidan tushmaydi", deydi Adliya xodimi.

Ozodlikning aniqlashicha, Samarqand viloyatidan boshlangan mazkur tadbirlar mamlakat bo‘ylab davom etmoqda. Tizim vakillari bu boradagi axborotlarning ijtimoiy tarmoqlarga chiqib ketmasligi yuzasidan ogohlantirilgan.

Yoshlar muammolari DXX zimmasida edi

2021-yilning 27-yanvarida o‘tkazilgan videoselektor majlisida prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatda yoshlar aholining deyarli 55 foizini tashkil qilishi, bu boradagi vaziyat va ularning muammolari hukumatning ko‘rayotgan choralariga qaramay hal etilmayotganini ta’kidlagandi.

Prezident yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatlar sonining keskin oshgani, ishsizlik va bandlikka ko‘maklashish sohasida ulkan muammolar yig‘ilayotganini ta’kidlagan.

"Кўча"да нима гап? "Саидазиз медгородок"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:25:32 0:00


Oradan uch yil o‘tib, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va Oliy sud ma’lumotlariga ko‘ra, yoshlar orasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlar soni keskin oshgan.

Statistika agentligining bildirishicha, so‘nggi besh yilda (2019-2023-yillar) respublika bo‘yicha qayd etilgan jinoyatlar soni 2,3 barobarga oshgan (2019- yildagi 46 mingdan 2023-yilda 104 mingga)

Jinoyatlarning 43,8 foizi iqtisodiy, 24 foizi jamoat xavfsizligiga qarshi, 16,4 foizi hokimiyat, boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari faoliyati tartibini buzish, 15,2 foizi jismoniy shaxslarga qarshi jinoyatlar ekani aytilgan.

XS
SM
MD
LG