Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 07:33

Tibbiyot xodimlari: “O‘zekspomarkazda” 14 kun qolib ishladik, yana 2 hafta ishlashga majburlashyapti”


Toshkentning Yunusobod tumanidagi "O‘zekspomarkaz" pavilyonlari COVID-19 ga chalingan bemorlari muolaja qilinadigan 500 o‘rinlik markazga aylantirilgan.
Toshkentning Yunusobod tumanidagi "O‘zekspomarkaz" pavilyonlari COVID-19 ga chalingan bemorlari muolaja qilinadigan 500 o‘rinlik markazga aylantirilgan.

Toshkentning Yunusobod tumanidagi "O‘zekspomarkaz" bazasida tashkil qilingan COVID-19 bilan og‘rigan bemorlar davolanadigan markazdan “OzodMikrofon”ga qo‘ng‘iroq qilgan, ismi sir qolishini so‘ragan tibbiyot xodimlaridan birining arz qilishicha, ular 14 kunlik vaxtani tugatayotgan bo‘lsa ham, yana ikki hafta ishlashga majburlanyapti:

“Shu markazda ishlayotgan barcha meditsina xodimlari nomidan gapirmoqchiman. 27 avgust kuni ishga qabul qilingan edik. O‘shanda ish 14 kunlik deyilgan edi. Xodimlar har kuni skafandrlarda 12 soatdan ishlashdi. Endi vaxta tugashiga ikki-uch kun qolganda Sog‘liqni saqlash vazirligi bir oy ishlaysizlar deyapti. Bu nohaqlik. Bayramni bayram demay, uyga bormay, ishladik, siqilgan limonday bo‘lib qoldik. Endi, uyga borib kelib ishlaysizlar deyishyapti, bu noto‘g‘riku. Biz endi uydagilarga ham kasalni yuqtiraylikmi? Qoida bo‘yicha 14 kun o‘tganidan so‘ng test olib, keyin uyga borish mumkin, bular esa teskarisini qilishyapti, na test oladi, na qoidaga amal qiladi. Komissiyadagilar bu haqda o‘ylashyaptimi?”

Тиббиёт ходимлари: “Ўзкспомарказда” 14 кун қолиб ишладик, яна икки ҳафта ишлашга мажбурлашяпти”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:30 0:00
Бевосита линк

--------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG