Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 20:35

Surxondaryoda prezident tashrifi oldidan “tozalash” o‘tkazildi


Toshkentdan borgan maxsus guruh Surxondaryodagi rahbarlar orasida "tozalash" o‘tkazgan bo‘lsa, ishchi-xodimlar prezident tashrifi oldidan ko‘chalarni tozaladi.
Toshkentdan borgan maxsus guruh Surxondaryodagi rahbarlar orasida "tozalash" o‘tkazgan bo‘lsa, ishchi-xodimlar prezident tashrifi oldidan ko‘chalarni tozaladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning uch oyga kechiktirilgan Surxondaryoga tashrifi 1-2 - iyun kunlariga rejalandi.

Prezident tashrifi oldidan Toshkentdan borgan maxsus ishchi guruh Surxondaryoda “tozalash” o‘tkazib, o‘nlab rahbarlarni “yangilagan”.

So‘nggi bir oy ichida mahalliy matbuot Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov faoliyatini olqishlovchi ko‘rsatuv va maqolalarni muntazam e’lon qildi.

Mirziyoyevning Surxondaryoga tashrifi bloger Otabek Sattoriyning qamalishi va unga xalqaro tashkilotlarning tanqidiy munosabatlari davom etayotgan bir paytga to‘g‘ri keldi.

Uch oyga kechikkan tashrif

Dastlab joriy yilning fevral oyiga rejalangan va uch oyga kechiktirilgan prezident Mirziyoyevning Surxondaryoga tashrifi 1-2 - iyun kunlari amalga oshiriladi.

Bu haqda xabar qilgan prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Mirziyoyevning ikki kunlik tashrifi kun tartibini ochiqlamadi.

Surxondaryo viloyat hokimligidagi manba 19 - may kuni Ozodlik bilan suhbatda prezidentning mart oyiga rejalangan tashrifining qoldirilishiga bloger Otabek Sattoriy hibsga olinishi ortidan xalqaro tanqidlarning ko‘payishi sabab bo‘lganini aytgan edi.

Prezident tashrifi oldidan “tozalash”

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov imzolagan hujjatga ko‘ra, Mirziyoyevning Surxondaryoga tashrifini tashkillashtirish uchun mutasaddi vazirlar va rahbarlardan iborat ishchi guruh 18 - may kuni Surxondaryoga yetib borgan.

Toshkentdan jo‘natilgan boshqa bir guruh esa 3 - may kuni Surxondaryoga borib, prezident tashrifi oldidan viloyatdagi “tozalash”larga bosh- qosh bo‘lgan. Buni viloyat hokimligidagi anonim qolishni istagan manba Ozodlikka tasdiqladi:

“Keyingi bir oy davomida viloyatdagi hamma rahbarlar “tozalash”ga tushishdan qo‘rqib yashadi. Juda ko‘p rahbarlar ishda olindi”.

Surxondaryo viloyat hokimligining Telegram kanalida berilgan xabarlarga ko‘ra, so‘nggi bir oy ichida viloyat hokimining uchta o‘rinbosari ishdan olinib, ular o‘rniga yangilari qo‘yilgan:

  • Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Farrux Toirov Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
  • Alisher Xidirov viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ish boshlagan.
  • Jo‘rabek To‘rayev viloyat hokimining turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan.

Shuningdek, so‘nggi bir oy ichida Surxondaryo viloyati Innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasiga yangi rahbar, Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasiga yangi boshliq, Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasiga yangi rahbar, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘iga yangi o‘rinbosar tayinlangan.

Ayni paytda Sariosiyo tumani hokimi O‘ktam To‘rayev Toshkentga jo‘natilib, qurilish vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan.

“Hokimning piar kampaniyasi yaxshi ishladi”

Surxondaryo viloyat hokimligidagi manbaga ko‘ra, Toshkentdan ishchi guruh kelishi bilan viloyat hokimi To‘ra Bobolov faoliyatini olqishlovchi maqola va ko‘rsatuvlar soni ko‘paytirilgan:

“Prezident qayerga borsa, o‘sha joyning hokimini ishdan oladi yoki o‘lguday po‘stagini qoqadi. Shuning uchun hokimimiz so‘nggi bir oy davomida o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatishga astoydil harakat qildi. Joylarga chiqib, xalq bilan uchrashib, ularning katta-kichik muammolarini hal qilib berdi. Bu narsalar matbuot orqali zudlik bilan yoritib borildi. Piar kamapaniya juda yaxshi ishladi. Har kuni chiroyli ko‘rsatuvlar qilindi”.

Jumladan, 23 - may kuni Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Termiz shahridagi Bobur nomli istirohat bog‘ida fuqarolar uchun ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi.

Rasmiy xabarda aytilishicha, Bobolovga ushbu uchrashuvda uy-joy, tibbiy xizmat, moddiy yordam, ish bilan ta’minlash, biznes uchun kredit, yer ajratish, ichki yo‘llarni ta’mirlash kabi masalalarda murojaat qilingan va hokim ularni hal qilishga va’da bergan.

Hokimlik Telegram-kanalidagi xabarlarga ko‘ra, To‘ra Bobolov so‘nggi bir oy ichida aholi vakillari bilan o‘ndan ziyod shu kabi uchrashuvlar o‘tkazgan.

Ayni paytda Surxondaryo joriy yilda bir necha bor nafaqat mahalliy, balki xalqaro matbuotning ham e’tiboriga tushdi.

Otabek Sattoriy sud zalida.
Otabek Sattoriy sud zalida.

YouTubedagi “Xalq fikri” videoblogida mahalliy hokimiyat idoralaridagi korruptsiyaga qarshi chiqishlari bilan tanilgan bloger Otabek Sattoriy jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudi hukmi bilan shu yil 10 - mayida olti yarim yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Hukm ortidan Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi (CPJ), Chegara bilmas muxbirlar va Human Rights Watch kabi qator xalqaro tashkilotlar O‘zbekiston hukumatini bloger Otabek Sattoriyni zudlik bilan ozod qilishga chaqirgan. Tashkilotlarning ishonishicha, bloger korrupsiyaga qarshi kurashgani ortidan soxtalashtirilgan jinoyat ishi figurantiga aylangan.

Prezident tashrifi arafasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev Surxondaryo hokimini Sattoriy ishiga aloqador deya “aybladi”.

Besh oy avval Surxondaryo viloyat, Qiziriq tumanidagi 500 nafar fermer yerini mahalliy hokimiyat bosim va tazyiq bilan tortib olayotganidan norozi bo‘lib, Toshkentga borib, o‘tkazgan norozilik chiqishlari haqida Ozodlik turkum maqolalar e’lon qilgan.

Ери тортиб олинаётган қизириқлик 500 фермер вакиллари Олий Мажлисга арз қилиб борди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:18 0:00

“Prezident tashrifi uchun ko‘zbo‘yamachiliklar bo‘lyapti”

Feysbuk tarmog‘ida Surxondaryoning Termiz shahridagi Islom Karimov ko‘chasida 29 - may kuni soat 23:10da tasvirga olingan video va fotolar e’lon qilindi. Xabarda aytilishicha, obodonlashtirish xodimlari prezident tashrifi oldidan yarim tun bo‘lishiga qaramay yo‘l bo‘yiga gul ko‘chatlari ekishga majburlangan.

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 39-maktab o‘qituvchilari esa prezident tashrifi arafasida maktabning ta’mir ishlariga jalb qilinganidan shikoyat qilishdi.

Surxondaryoning Sho‘rchi tumani “Oliyhimmat” mahallasidan yozgan mushtariy esa 3 oy avval prezident keladi deb mahalladagi yo‘lga tosh to‘kilgani, biroq keyin qarovsiz holda qolib ketgani haqida yozdi:

“Shaharga chiqadigan yo‘limiz notekis asfalt edi, prezident kelarkan deb, 3 oy oldin yo‘lni buzib, tosh to‘kib ketishdi. Agar prezidentimiz biz tomonlarga kelmasa, yo‘limiz buzilgancha qolib ketmasin, deb yozyapman”.

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi “O‘zbekiston” mahallasining ma’lum bir qismi ham prezident tashrifi uchun bo‘yab-bezaldi.

Voqea joydan Ozodlikka yo‘llangan videoda yo‘llarning asfalьt qilingani, yo‘l bo‘ylariga archa nihollari ekilgani, simyog‘ochlar oqlangani ko‘rinadi.

Президент ташрифига асфальт қилинган йўл ва қаровсиз қўшни қишлоқ
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:48 0:00

Videoni yo‘llagan sherobodlik yigit prezident tashrifiga qilinayotgan ishlarni “ko‘zbo‘yamachilik” deya atadi:

“Yo‘l bo‘yiga ekilgan archalarning qurigan va chang bosgan joylariga yashil kraska sepib chiqishdi. Dalalarga yaqinda anor ekib, tomchilab sug‘oriladiganday qilib qo‘yishdi”.

Karimov davridan qolgan an’ana

O‘zbekistonda prezident tashrifiga ko‘zbo‘yamachilik qilish marhum prezident Islom Karimov davrida muhim siyosiy tadbirlarning bir qismiga aylangan edi.

Mirziyoyev iqtidorga kelganidan keyin o‘zining joylarga tashrifi oldidan viloyat, tuman va shaharlardagi mutasaddi rahbarlar tomonidan qilinayotgan ko‘zbo‘yamachiliklarni bir necha marta qoralagan.

Ammo bu tanqidlarga qaramay, prezident boradigan hududlar yo‘llarini shosha-pisha asfalt qilish, tomlarni bo‘yash, byudjet xodimi ishchilarini ko‘cha tozalashga chiqarish, yo‘l bo‘yiga xo‘jako‘rsinga issiqxonalar qurish, ko‘chatlar ekish yoki ochilgan paxtani terdirmay turish kabi o‘nlab ko‘zbo‘yamachilik holatlari haqida Ozodlikka xabarlar kelgan.

Президентнинг кутилмаган ташрифидан қўрққан мулозимлар “қолоқ маҳалла”ларни обод қилишни бошлади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:14 0:00

Алоқадор

XS
SM
MD
LG