Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 17:27

"Sharmanda bo‘lgan" tizim. Umurzoqov 5 ta tuman hokimi ishdan olinganini e’lon qildi


O‘zbekiston Preziden administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov.
O‘zbekiston Preziden administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov.

Tarmoqlarda O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov 27- sentabr kuni o‘tkazgan videoselektor audiosi tarqaldi.

Unda Umurzoqov 5 nafar rahbar - 5 nafar hokim — Andijon, Asaka, Paxtaobod, Farg‘ona va Nurobod tumanlari hokimlariini ishdan olish to‘g‘risidagi prezident qarorini qattiq ohangda yig‘ilish qatnashchilariga yetkazgan.

“Guvohnomasini topshirsin!”

Hokimlar rahbarlik etikasi va qonunni buzganligi uchun ishdan olingan.

Haydalganlar orasida Andijon tumani hokimi Abdujabbor Egamberdiyev ham bor.

Ishdan olingan Andijon tumani hokimi Abdujabbor Egamberdiyev qabuliga kelganlarga poygakdan joy bergani uchun tamoqlarda “xon” deb tasvirlangandi.
Ishdan olingan Andijon tumani hokimi Abdujabbor Egamberdiyev qabuliga kelganlarga poygakdan joy bergani uchun tamoqlarda “xon” deb tasvirlangandi.

O‘tgan oy tarmoqlarda tarqalgan videoda Egamberdiyev qabuliga kelganlarga poygakdan joy bergani uchun “xon” deb tasvirlangandi.

Administratsiya rahbari Egamberdiyev O‘zbekistonni butun dunyoga sharmanda qilganini aytgan.

"Siz o‘zingizni emas, tuman hokimligini emas, butun davlat tizimini, butun prezident komandasini obro‘sizlantirishga olib keldingiz. Shuning uchun bugun hurmatli prezidentimiz qaror qabul qildilar, birinchidan siz egallab turgan lavozimingizdan ozod qilinasiz. Ikkinchidan, sizning bu xatti-harakatingizga huquqiy baho beriladi. Chiqib keting zaldan» — degan prezident Administratsiyasi rahbari.

Farg‘ona tuman hokimi Shuhratjon Mo‘minovning lavozimdan olinganini e’lon qilarkan, viloyat hokimiga yuzlangan Umurzoqov "Xayrullo Hayitboyevich, udostovereniyesini topshirsin proxodnoyda", deydi.

Mirziyoyev ma’muriyati rahbari ishdan olinganlardan ayrimlari jinoiy javobgarlikkka tortilishi mumkinligini ham aytgan.

Lavozimdan olinganlar orasida Namanganga xizmat safari chog‘ida “mehmonxonada o‘zini noloyiq tutgan” “O‘zbekchorvanasl” agentligi rahbari Baxtiyor Otamurodov ham bor.

Mehmonxonadagi hodisa tafsilotlari noma’lum.

Umurzoqov shuningdek, Surxondaryo viloyat hokimi To‘ra Bobolov qo‘l ostidagilarni haqoratlagani uchun bir oylik maoshining 40 foizi miqdorida jarimaga tortilganini e’lon qilgan.

Prezident administratsiya rahbari mulozimlar prezident qaroriga muvofiq jazolanganini ta’kidlagan.

Hozirga qadar u yoki bu rahbarning ishdan olinganini shaxsan davlat rahbarining o‘zi videoselektor majlislarida e’lon qilar edi.

Sardor Umurzoqov shu yil iyulida Prezident administratsiyasiga rahbar etib tayinlanganidan keyin bir necha selektor masjlislari o‘tkazdi, ularda muhim qarorlar e’lon qilindi.

Uning o‘tmishdoshi Zaynilobiddin Nizomiddinov davrida Prezident administratsiyasi yopiq idora edi, uning qarorlari jamoatchilikka oshkor etilmagan.

Umurzoqov o‘tkazgan selektor majlisi audiosi kim tomonidan tarmoqlarga sizdirilgani ma’lum emas.

Uni deyarli barcha mahalliy telegram-kanallar yoyinladi.

Tarmoq foydalanuvchilari Umurzoqovning ohangi prezident Mirziyoyevnikiga o‘xshash va qat’iyligiga e’tibor qaratishdi.

Ayrimlar “oyog‘i yerdan uzilgan” mulozimlarning jazolanganini olqishlasa, boshqalar buni “populizm” deb atamoqda.

Tanqidchilarga ko‘ra, O‘zbekistondagi boshqaruv tizimi jiddiy islohotlarga muhtoj va hokimlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylash tizimiga o‘tish kerak.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018-yilda hokimlar saylovini joriy qilish haqida gapirgan, ammo keyinroq “xalq mahalla raisini ham saylay olmasligi”ni aytgan edi.

O‘zbekistonda hokimlar bir vaqtning o‘zida mahalliy kengash raislari hamdir.

Konstitutsiyaning muhokamaga qo‘yilgan yangi loyihasida bu borada va’da qilingan o‘zgarish aks etmagan.

Президент Администрациясининг янги раҳбари Сардор Умурзоқов ким?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:12 0:00
XS
SM
MD
LG