Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 20:49

"Qo‘rqitish akti". Yaqinlari va tarmoqlar Otabek Sattoriyga so‘ralgan jazodan larzaga keldi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudida bloger Otabek Sattoriy ishi bo‘yicha 4 - may kuni bo‘lib o‘tgan mahkamada so‘z olgan prokuror sudlanuvchiga 11 yillik qamoq jazosi berilishini so‘radi.

Tanqidiy chiqishlari bilan tanilgan surxondaryolik bloger Otabek Sattoriyga O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 3 ta moddasi bilan jami 8 ta ayblov e’lon qilingan.

Mahalliy nashrlar xabarlariga ko‘ra, kechagi sudda prokuror blogerga qo‘yilgan ayblovlardan uchtasini rad etib, beshtasi bo‘yicha aybdor deb topishni so‘ragan.

Blogerning advokati, sud jarayonida prokuror tomonidan so‘ralgan jazoni asoslaydigan dalil va isbotlar taqdim qilinmadi, degan xulosani ta’kidladi.

Oilasi esa, 4 - may kungi sud majlisiga, Sattoriy sud zalidan ozod qilinadi, degan umidda borgani, 11 yillik jazo so‘ralganidan larzaga kelganliklarini aytmoqda.

Tarmoqlarda tanqidchi blogerga so‘ralgan jazo Sardoba fojiasi aybdorlariga qo‘llangani aytilayotgan jarima jazosi bilan qiyoslanmoqda.

Jumladan, Oliy Majlis deputati Kusherbayev buni “dahshat”, taniqli bloger Zafarbek Solijonov “xalqdagi ishonch qoldiqlarining chilparchin bo‘lishi”, bloger Otabek Bakirov esa “qo‘rqitish akti” deb baholadi.


Blogerning singlisi: shokdamiz!

Jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudida bloger Otabek Sattoriy ishi bo‘yicha 4 - may kuni bo‘lib o‘tgan mahkamada so‘z olgan prokuror sudlanuvchiga 11 yillik qamoq jazosi berilishini so‘radi.

Ushbu majlisda qatnashgan Farangiz Amilova - blogerning singlisi akasiga bunday jazo so‘ralishini umuman kutmaganini aytadi:

“Biz biror yengil jazo bilan sud zalidan ozod qilishadi, degan umidda borgandik. Prokurorning gapi bizga dahshatli zarba bo‘ldi! Haliyam shokdamiz! Akam: “Ayblovga rozi emasman, bo‘ynimga olmayman! Men jinoyat qilmadim, telefon ham so‘ramadim! Men faqat prezidentimga ishonaman!” dedi”.

Farangiz Alimova 10 - mayga belgilangan navbatdagi mahkamada hukm kutilayotganini aytarkan, akasining nisbatan jinoyat ishining Surxondaryo viloyatida ko‘rilayotganidan noroziligini bildirdi.

Alimovaga ko‘ra, Sattoriy shu viloyat amaldorlarini muttasil tanqid qilib kelgani bois unga nisbatan ayni viloyatdagi sudlovning xolisligiga oilasi ham, bloger akasi ham ishonmasligini aytadi.

“Shu kungacha akam bilan biror marta uchrashtirishmadi, hatto ota-onamga ko‘rsatishmadi. Bolalarini ko‘rmadi biror marta. Sud jarayoniga ham har safar janjal bilan zo‘rg‘a kirdik. Qarshilik katta bo‘lyapti. Akam haqsizlik, tuhmatga uchradi!”

Advokat: 15 sutkalik hibsga arziydigan aybi yo‘q

Bloger Otabek Sattoriyning advokati Umid Davletov ham, o‘z himoyalanuvchisiga 11 yillik qamoq jazosi so‘ralishini kutmaganini aytadi:

"Himoyalanuvchimning nafaqat 11 yillik qamoq, 15 sutkalik hibsga arziydigan aybi yo‘q. Chunki, bu ish taxminlardan iborat, bundan tashqari har bitta epizodni mustahkamlash, aybini tasdiqlash uchun birorta protsessual harakat qilinmagan. Jinoyat ishida soxtalashtirish hammasi. E’tirozlarimiz esa inobatga olinmadi. Xullas, men ham, himoyalanuvchim ham ayblovga rozi emasmiz".

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:44 0:00
Бевосита линк

Tarmoqlardagi shok

Tanqidiy chiqishlari bilan tanilgan surxondaryolik bloger Otabek Sattoriyga O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 3 ta moddasi bilan jami 8 ta ayblov e’lon qilingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudida 4 - may kungi majlisda prokuror ayblovdan 3 tasini rad qilgan, qolgan 5 tasi bo‘yicha sudlanuvchiga 11 yillik qamoq jazosi so‘ragan.

Oliy Majlis deputati, boshidan buyon Otabek Sattoriy himoyasiga chiqish qilib kelayotgan Rasul Kusherbayev: “Sud ishida qatnashayotgan prokuror Sattoriyga 5 ta ish bo‘yicha ayblov qo‘yilganini bildirib, unga 11 yil "qamoq" jazosi berishni so‘rabdi. Dahshat…” deb yozdi.

Taniqli jurnalist va bloger Zafarbek Solijonov esa, blogerga berilgan jazoni shu kunda bir yilligi xotirlangan Sardoba fojiasining aybdorlariga qo‘llangani aytilgan jazo bilan qiyosladi:

“2 ayol, 4 erkak halok bo‘lgan, 1 nafar inson bedarak ketgan va davlatga qurish, qayta qurish, oqibatlarini bartaraf etishga milliardlab dollar zarar keltirgan Sardoba fojiasi aybdorlariga prokuror yopiq sudda 700 dollar atrofida jarima so‘raganmish.

Maqsadi muammoni yoritish, telefonini sindirishganiga yangisini so‘ragan, hech kimning o‘limiga sabab bo‘lmagan, davlatga milliardlab zarar keltirmagan bloger Otabek Sattoriyga esa ochiq sudda prokuror 11 yil so‘ragan. Ikkala holatda ham nuqtani sud qo‘yadi. Lekin bir narsani unutmaslik kerak: hukm qonuniy bo‘lishi, biroq adolatli bo‘lmasligi ham mumkin. Bu kabi holatlar iqtidorga kelgan kunidan boshlab adolatni 3 martalab bayroq qilib olgan Mirziyoyev davrida xalqdagi ishonch qoldiqlarining chilparchin bo‘lishiga olib kelishi mumkin.”


Yana bir bloger Otabek Bakirov esa buni “so‘z erkinligi hududini kengaytirish istaklariga qarshi qo‘rqitish akti”, deb baholadi:

“Ruxsat etilganidan ortiq tanqid qilayotgan shaxs hatto bergan qarzini qaytarib olishi yoki ko‘rsatgan xizmati uchun haq olishi pora olish sifatida tasniflanishgacha yetib borishi mumkinligini o‘ziga tasavvur etishi lozim”. “Har qanday avtoritar rejimning bronzalashuvi mutlaq hokimiyat egasi bo‘lgan mahalliy hokimiyatlardan boshlanadi. Hududlarda, agar bunga istak bo‘lsa, istalgan odamni badnom qila olish mumkin”.

Hukm 10 - mayda kutilmoqda

Mazkur ish bo‘yicha galdagi mahkama shu yil 10 - mayiga belgilangan, unda sud hukmi o‘qilishi kutilmoqda.

Telegram va YouTube portalidagi “Xalq fikri” videoblogidagi tanqidiy chiqishlari bilan tanilgan Otabek Sattoriy shu yilning 30 - yanvarida Termizdagi uyidan fuqaro kiyimidagi xodimlar tomonidan olib ketilgandi.

Bloger ustidan mahkama jarayoni 11 - mart kuni Muzrabot tuman sudida boshlangan.

"Ҳамма менга қарши" - Отабек Сатторий судида гувоҳлар ва қўшимча гувоҳларнинг кўрсатмалари тингланди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:39 0:00

Qator xalqaro tashkilotlar O‘zbekiston hukumatini hibsga olingan bloger Otabek Sattoriyni ozod qilishga chaqirdi. Tashkilotlarning ishonishicha, bloger korrupsiyaga qarshi kurashgani ortidan soxtalashtirilgan jinoyat ishi asosida qamoqqa olingan.

Ayni paytda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbariyati “Agarda ochiqlik va so‘z erkinligi kursi davom etmasa, axborot makonimizni yana boshqalarga berib qo‘yishimiz ham mumkin”, degan bayonot bilan chiqdi.

Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Dilshod Saidjanov Jahon matbuot erkinligi kuniga bag‘ishlangan tadbirda so‘z erkinligining ham “mas’uliyat va javobgarligi” borligini ham ta’kidlagan.

“Bu cheklovlar qonun va zaruriyatdan kelib chiqib belgilanadi. Ya’ni, shaxsning ichki hayoti, davlat, jamoat va sog‘liq xavfsizligi hamda qadriyatlar himoyasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin”, deb aytgan AOKA rasmiysi.

Shu yilning 31 - martida prezident Mirziyoyev Jinoyat kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunlaridagi o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

Unga muvofiq davlat rahbarini telekommunikatsiya tarmoqlari yoki Internetda haqoratlash, uni tuhmat qilishda ayblanganlar 5 yilgacha qamalishi mumkin.

Shuningdek, Jinoyat kodeksiga, axborot vositalari yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali ommaviy norozilikka da’vat uchun ham javobgarlik kiritildi.

O‘zbekistonlik va xorijdagi mustaqil jurnalistlar, xalqaro tashkilotlar yangi qonunchilik so‘z erkinligi va jurnalistlar faoliyatini cheklashi mumkinligidan xavotir bildirmoqdalar.

Мирзиёев оиласи ва юқоридаги коррупция - ўзбек матбуоти ҳануз ёзолмаётган мавзулар
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:14:48 0:00

XS
SM
MD
LG