Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 05:58

Kaltak yegan kelin, mushtumzo‘r ona va "samosud"lar. Unicef O‘zbekistondagi vaziyatdan tashvishda


Unicef tashkilotining O‘zbekistondagi vakili Munir Mamedzoda.
Unicef tashkilotining O‘zbekistondagi vakili Munir Mamedzoda.

Samarqanddagi shifoxonada ona o‘z kasalmand bolasini ayovsiz kaltaklayotgani, ikki erkak ayolni "samosud" qilgani va Surxondaryoda kuyov kelinni to‘yda boshiga musht tushirgani aks etgan videolar O‘zbekistonda tarmoqlarni larzaga solgan so‘nggi zo‘ravonliklar bo‘ldi.

Faqat tarmoqlar emas, xorij matbuoti va xalqaro tashkilotlar ham bu zo‘ravonliklar miqyosidan larzaga kelgan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining bolalar jamg‘armasi - Unicef O‘zbekiston hukumatini onalar va bolalarga qarshi zo‘ravonlarga barham berishga chaqirmoqda.

Xo‘sh, zo‘ravonliklarning negizi qayerda? Hukumat ularga barham berish uchun yetarli choralar ko‘ryaptimi?

Ozodlik bu va boshqa savollarni Unicefning O‘zbekistondagi vakili Munir Mamedzodaga berdi:

- Tashkilotingiz O‘zbekistonda ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni to‘xtatishga chaqirdi. Bunday keskin bayonot berishga sizni nima undadi?

Munir Mamedzoda: Bu, birinchi navbatda, bizning vazifamiz. Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish va a’zo davlatlarga Bolalar Huquqlari Konvensiyasi doirasida chora-tadbirlarni amalga oshirishda yordam berish bizning missiyamizga kiradi.

Ommaviy axborot vositalarida tarqalgan va jim qarab turib bo‘lmaydigan jiddiy holatlar bizni chuqur xavotirga soldi va shunday chaqiriq bilan chiqishga undadi. Biz tushunamizki, bunday holatlar muntazam va hamma joyda sodir bo‘lishi mumkin. Biz barchani masalaga e’tibor qaratishga, befarq bo‘lmaslikka chaqiramiz, sababi so‘nggi xolatlar jamoatchilik ko‘z oldida va kuzatuvchilar ishtirokida sodir bo‘layotgani juda ham xavotirlidir.

- So‘nggi holatlar O‘zbekistonda ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik kuchaymoqda, deyishga asos bo‘la oladimi?

Munir Mamedzoda: Zo‘ravonlik qanchalik tizimli ekanligi, u ko‘paymoqdami, yo‘qmi, bu borasida ma’lumot yo‘q. Ayni paytda tarmoqqa chiqib ketgan bu holatlar muz qoyasining bir uchi ham bo‘lishi mumkin. Bizga ma’lumki, oilaviy zo‘ravonlikdan aziyat chekkanlarga yordam ko‘rsatuvchi tashkilot va markazlarga joriy yilning besh oyida 3 mingga yaqin ayol murojaat qilgan. Shu jumladan, 120 dan ortiq voyaga yetmagan bolalar ham. Dunyo bo‘yicha, Unicef ma’lumotlariga ko‘ra, har yili 1600dan ko‘p bola muntazam ravishda zo‘ravonlikka duchor bo‘ladi.

- Sizningcha, zo‘ravonlikning ildizlari qayerda?

Munir Mamedzoda: Avvalo shuni aytishim mumkinki, ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonliklar avlodlararo ekanini ko‘ryapmiz. Jamiyatda, oilalarda zo‘ravonliklarni ko‘rib katta bo‘lgan yangi avlod paydo bo‘ladi. Ular ham o‘zlari xohlagan narsalarni kuch bilan qilishga urbnadi. Oiladagi zo‘ravonlik sharoitida yashaydigan, o‘z jamiyatida izolyatsiyani boshdan kechirayotgan oilalarda ham bolalarga nisbatan zo‘ravonlik xavfi katta.Bunga chek qo‘yish kerak. Jamiyatning bunday holatlarga munosabatini o‘zgartirish lozim.

- O‘zbekistonda, ayniqsa, qishloqlarda onasi va otasi Rossiya yoki boshqa xorij davlatiga ishlash uchun ketganlar ko‘p. Bolalar otasi yoki onasi qarovisiz qolgan. Migratsiya omili haqida nima deya olasiz?

Munir Mamedzoda: Ochig‘ini aytsam, aniq qoidalar yo‘q, bu yerda zo‘ravonlik ko‘proq, u yerda kam, deb aytolmaymiz. Zo‘ravonlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri qashshoq yoki kambag‘al odamlar bilan bog‘liq deb bo‘lmaydi. Bu hamma joyda va afsuski, hamma bilan sodir bo‘ladi.

Mehnat migratsiyasi butun mintaqada bolalarni bevosita nazoratsiz va yordamsiz qoldirgani ma’lum. Mehnat muhojirligi bolalarni o‘z biologik ota-onalari mehridan ayro qoldirganini bilamiz. Bu ham katta muammo.

Yonlarida otalarining uzoq muddat yo‘qligi bolaga yomon ta’sir qiladi. Bizda bolalar o‘z biologik ota-onalari qarovidan uzilib qolgani dalillari mavjud. Bu bolalarning ruhiyatiga zarar yetkazishi tabiiy.

Зўравон куёв можароси: Оилада зўравонлик учун жазо кучайтирилади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:34 0:00

- Yaqinda O‘zbekistondagi to‘yda kelinni mushtlagan kuyov videosi tarqaldi. Shundan so‘ng zo‘ravonlikka qarshi qonunlarni kuchaytirish kerakligi borasida ko‘p gaplar aytildi. Sizningcha, qonunlarni kuchaytirish muammoning yechimi bo‘la oladimi?

Munir Mamedzoda: Jazoni kuchaytirish muammoning yagona yechimi deb o‘ylamayman. Bunday holatlarni erta aniqlash, ishonch telefonlari va maktablarda ish olib borish — ana shu isbotlangan samarali choralar zo‘ravonlikka qarshi kurashda yordam beradi. Yo‘naltirish mexanizmi bolalarni himoya qilish tizimini mustahkamlashning muhim boshlang‘ich nuqtasi bo‘lib, bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish, aniqlash va ularga qarshi kurashishda ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya va adliya sohalari mutaxassislarining roli va majburiyatlarini aniq belgilash kerak. Odamlarning zo‘ravonlikka munosabatini o‘zgartirish, jazosiz qolishga chek qo‘yish, ijobiy tarbiya me’yorlari va amaliyotini targ‘ib qilish, jabrlanganlarga malakali yordam ko‘rsatish zarur.

Unicef tashkilotiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab har to‘rt boladan biri zo‘ravonlikka duchor bo‘ladi va har besh daqiqada bir bola zo‘ravonlikning turli shakllari tufayli vafot etadi. Bunday holatlarni erta aniqlash, ishonch telefonlari va maktablarda ish olib borish zo‘ravonlikka qarshi kurashda yordam beradi.

Xalqaro tashkilotlar O‘zbekistonda ayollarni oiladagi zo‘ravonlikdan himoyalovchi qonuniy mexanizmlar yo‘qligini tanqid qilib keladilar.

O‘zbekiston Adliya vazirligiga ko‘ra, 2019-yilda mamlakatdagi Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlariga 22 mingdan ortiq xotin-qiz murojaat qilgan. Xuddi shu yili 1000 ga yaqin ayol maishiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgani aytiladi.

XS
SM
MD
LG