Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 20:03

Nyu-York merining O‘zbekiston bilan aloqalari tekshirilmoqda- NYT


Nyu-York meri Erik Adams.
Nyu-York meri Erik Adams.

Nyu-York meri Erik Adams korrupsiya bilan bog‘liq qator jinoyatlarda ayblanmoqda. Bu shahar tarixida birinchi marta amaldagi merning jinoyat sodir etganlikda ayblanishi. Ayblovlar orasida saylov kampaniyasi qoidalarini buzish va pora olish singari epizodlar bor.

Ma’lum bo‘lishicha, Nyu-York federal prokuraturasi bir yil davomida shahar merining bir nechta yaqin maslahatchilari va yordamchilari, jumladan, xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari ustidan tergov olib bormoqda. Yaqinda Nyu-York politsiyasi boshlig‘i va Nyu-York maktablari boshqaruvchisi iste’foga chiqdi.

Shahar ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, federal prokuratura Adams 2021-yilda Nyu-York meri lavozimiga nomzodini qo‘yganida saylov kampaniyasini moliyalashtirish manbalarini tekshirmoqda.

Tergov, xususan, Adams va uning sheriklari Turkiya fuqarolaridan saylov kampaniyasi uchun noqonuniy mablag‘ olgani, xavfsizlikka oid xavotirlarga qaramay, mer Manhettendagi ko‘p qavatli binoni Turkiya bosh konsulligi egallashiga ruxsat berishi uchun yong‘in xavfsizligi xodimlariga bosim o‘tkazgani yoki yo‘qligini tekshirmoqda.

New York Times nashri manbalariga ko‘ra, prokurorlar Adamsning yana besh davlat – O‘zbekiston, Isroil, Xitoy, Qatar va Janubiy Koreya bilan aloqalari haqida ham ma’lumot so‘ragan. Nega tergovchilar bu davlatlar haqida ma’lumot so‘ragani va Adams ular bilan aloqada bo‘lgan yoki yo‘qligi noma’lum.

Prokurorlarning Adamsga qiziqishi o‘tgan kuzda ma’lum bo‘ldi. O‘shanda Federal qidiruv byurosi agentlari uni ommaviy tadbirlardan biridan keyin to‘xtatib, merning smartfoni va planshetini olib qo‘yishgan edi.

Ўзбеклар АҚШда камситилаётганидан шикоят қилишди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:13:28 0:00

Nyu-York tarixidagi ikkinchi qora tanli shahar hokimi, sobiq politsiya kapitani Adams jinoyatchilikni kamaytirish va AQSHning eng yirik shahrini boshqarishda professionallikni oshirish shiori ostida saylov kampaniyasi olib borgan edi.

25-sentyabr kuni kechqurun e’lon qilingan videomurojaatda Adams unga qarshi qo‘yilgan har qanday ayblovni "mutlaqo yolg‘on" deb atadi. Uning aytishicha, u "nyu-yorkliklarni himoya qilgani" uchun federal prokurorlar e’tiboriga tushgan. Adams iste’foga chiqish niyati yo‘qligini ma’lum qildi.

XS
SM
MD
LG