Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 03:34

Mirziyoyev bo‘lajak "raqiblari" bilan uchrashdi. Prezident saylovlari Ketmonov va Abdusalomovsiz o‘tadi


Prezidentlik saylovidagi plakat
Prezidentlik saylovidagi plakat

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari 3 - fevral kungi yig‘ilishida Markaziy saylov raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomovni vazifasidan ozod qildi. Bundan tashqari, MSKning 7 nafar a’zosi vakolatlari tugatildi. Bu haqda «Yuksalish» umummilliy harakati xabar berdi.

Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov 2005 - yil 7 - mayidan buyon Markaziy saylov komissiyasining raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

So‘nggi yangilik O‘zbekistonda joriy yilning oktabr oyi uchinchi haftasida o‘tishi kutilayotgan prezident saylovlariga hozirliklarning bir qismi sifatida ko‘rilmoqda.

MSK tarkibidagi o‘zgarishlar Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekistondagi siyosiy partiyalar rahbarlari bilan uchrashuvidan bir kun o‘tib yuz berdi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati –O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, Xalq demokratik partiyasi, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi hamda Ekologik partiya, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi rahbarlari ishtirok etgan bu uchrashuv haqidagi rasmiy xabarda tadbirning saylov bilan aloqadorligi haqida aytilmagan. Anqarada siyosatshunoslik bo‘yicha ilmiy ish yozayotgan tahlilchi Firdavs Annageldiyevning Ozodlikka aytishicha, «bu uchrashuv 8 oydan keyin bo‘ladigan prezidentlik saylovlaridagi raqiblar bilan siyosiy ko‘z urishtirishdir»

Annageldiyevga ko‘ra¸ keyingi besh kun ichidagi hukumat tadbirlari ketma- ketligi prezident saylovlariga tayyorgarliklar boshlanib ketganidan dalolat.

«Bir qarashda, saylov haqida hech gap yo‘qday ko‘rinadi. Tadbirlar ketma-ketligiga qarasangiz, joriy iqtidor kelajak saylovlar haqida saylovchidan ham ko‘ra jiddiy o‘ylayotganiga amin bo‘lasiz. Juma kuni (29 - yanvar) Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovni dekabrdan oktabrga ko‘chirish haqidagi qonunni qabul qildi. O‘sha kunning o‘zida Markaziy saylov komissiyasi Raisi Abdusalomov Xalqaro saylov tizimlari fondining Yevropa va Yevroosiyo bo‘yicha rahbari Entoni Boyer bilan O‘zbekistondagi bo‘lajak saylov haqida suhbatlashdi. 2 - fevral kuni esa, prezident oktabrda bo‘ladigan saylovlarda ishtirok etadigan barcha partiya rahbarlari bilan uchrashdi. 3 - fevral kuni MSK raisi Abdusalomov ishdan olindi. Buning fonida esa, mustaqil partiya tuzmoqchi bo‘lganlar tarmoqda yomonotliq qilindi».

"Yangi O‘zbekiston"ning Ketmonovsiz saylovi

Suhbatdoshga ko‘ra, 3 - fevral kuni O‘zbekistonning barcha elchixonalariga saylov bo‘yicha yangi yo‘riqnoma jo‘natilgan. Bu hujjatga ko‘ra, chet eldagi elchixona va konsullik binolarida o‘tkaziladigan prezidentlik saylovida konsullik hisobida bo‘lmagan va pasportining amal qilish muddati o‘tib ketgan O‘zbekiston vatandoshlari ham saylovda qatnasha oladi.

Elchixona mavjud bo‘lmagan shaharlarda ham saylov uchastkalari tashkil qilish ko‘zda tutilgan.

Annageldiyevning aytishicha, bu yilgi prezidentlik saylovlarida Hatamjon Ketmonov nomzodi qo‘yilmaydi.

Ozodlik Sharqiy Yevropadagi "O‘zbek madaniy markazlari" zimmasiga "saylovni tashkil qilish" yuklatilgani haqidagi ma’lumotni tasdiqlagan mulozim bilan ham gaplashdi.

Shunday partiya bor

Keyingi ikki kun ichida yangi tuzilayotgan “Xalq manfaatlari" demokratik partiyasi tashabbus guruhi faollarini “fosh” qilishga qaratilgan “skrin” (yozishmalar nusxasi) va boshqa materiallar tarmoqqa sizdirildi. O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova videochiqish qilib, prezidenlikka nomzodimni qo‘yaman, deb bayonot bergan Jahongir Otajonovni “Hammomni orzu qilgan tuya”ga o‘xshatdi. «Dizayn» kulgi jamoasi vakillari ham Jahongir Otajonovning siyosiy ambitsiyalarini masxaralab chiqdi.

Mahmudjon Yo‘ldoshev
Mahmudjon Yo‘ldoshev

Iqtisodchi olim Xidirnazar Allaqulov yetakchiligidagi tashabbuschilar guruhi “Haqiqat va Taraqqiyot” partiyasi yig‘ilishi o‘tkaziladigan zal uchun oldindan puli to‘langan bo‘lsa ham, oxirgi daqiqada bino egasi bundan bosh tortdi. Allaqulov ham, “Xalq manfaatlari" demokratik partiyasi tashabbuskori pedagog olim Mahmudjon Yo‘ldoshev ham Ozodlik bilan suhbatda “yollanma trollarning muvofiqlashtirilgan tizimli hujumiga nishon bo‘layotganliklari"ni iddao qilishdi.

Hali qurultoy o‘tkazilmagan va rasman qayd qilinmagan “xalq manfaatlari demokratik partiyasi” tashabbuschisi pedagog olim Mahmudjon Yo‘ldoshev Ozodlik bilan suhbatda “mamlakatni yaxshi tarafga o‘zgartiradigan yagona siyosiy partiya bor. Bu “xalq manfaatlari demokratik partiyasi” deya ta’kidladi.

Yashin qaytargich?

Toshkentlik siyosiy tahlilchi Anvar Nazir “Xalq manfaatlari" partiyasini saylovni maynabozchilikka aylantirib, ommani chalg‘itish maqsadida yaratilgan “yashin qaytargich” deb atadi.

“Ommani, haqiqiy muxolif doiralardan o‘z tomoniga tortish, haqiqiy muxolif qatlamni parchalash , saylovni o‘yinga aylantirib, demokratiya, erkinlik tushunchalarini omma oldida obro‘sizlantirish, jiddiy muammolar muhokamasidan yasama mavzuga ommaning e’tiborini tortish uchun ataylab yaratilgan partiya bu. Buyurtmachining rejasi bo‘yicha bitta nomzoddan boshqa hammasi masxarabozlarga o‘xshashi ta’minlanadi. Saylovchi esa, "baribir bularning hammasi jiddiy emas, ha mayli o‘zi qolaversin, chunki ko‘ryapmiz tanlov yo‘q", degan fikrga keladi. Bu masxarabozlik fonida haqiqiy tanqid, haqiqiy muxolif fikrlar ommaning e’tiborisiz qolib ketishi zarur - bu ham buyurtmachining maqsadi”.

"Qo‘g‘irchoq partiya emasmiz"

Ozodlik bilan suhbatda “Xalq manfaatlari" demokratik partiyasi tashabbuskori, pedagog olim Mahmudjon Yo‘ldoshev bu iddaolarni rad etdi:

“Unday bo‘lsa, nega bizga to‘sqinlik qilishmoqda?. Nega menga tahdid qilib, partiya tuzish g‘oyasidan voz kech, deyishdi. Mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi-ku. Yana aytaman, bizning partiya O‘zbekistonda qonunlar ishlashini ta’minlashni maqsad qilgan partiya. U qo‘g‘irchoq yoki cho‘ntak partiyasi deganlar qattiq yanglishadi”.

Yo‘ldoshevga ko‘ra¸ partiya "so‘l yo‘nalish"ni boshidanoq rad qilgan:

“Sotsial-demokratik degan so‘zni olib tashladik. Demokratik partiya. Kommunizm yoki sotsializm g‘oyalari tarafdori emasmiz. Gugurt bir tiyin, gaz tekin, deya sotsializmni sog‘inganlar minbari emasmiz. Shu bilan birga, biz dunyoviy, sekulyar davlat tarafdorimiz. Siyosiy palitraning o‘ng tarafida turadigan demokratik partiya".

Prezidentlikka nomzodni qurultoy ko‘rsatadi

San’atdan ketganini aytgan Jahongir Otajonov navbatdagi prezidentlik saylovida o‘z nomzodini qo‘yishini ma’lum qilgani ortidan ““Xalq manfaatlari" demokratik partiyasi tashabbuskorlari davrasida paydo bo‘ldi. Agar bu partiya Adliya vazirligi tarafidan ro‘yxatga olinsa, partiya qurultoyi Otajonovni prezidentlikka nomzod qilib ko‘rsatadimi?

Bu savolga javob bergan partiya tashabbuschisi Yo‘ldoshev ”prezidentlikka nomzodni qurultoy ko‘rsatadi”, deya javob qaytardi.

Mahmudjon Yo‘ldoshevning aytishicha, shu kunda qonunda belgilab qo‘yilgan talab- kamida 8 ta viloyatdan 20 mingta imzo yig‘ish ustida ish ketyapti.

Jaxongir Otajonov
Jaxongir Otajonov

The Economist: O‘zbekiston avtoritar davlatligicha qolmoqda

Ayni paytda O‘zbekiston Demokratiya indeksi reytingida yana avtoritar rejimdagi davlatlar qatorida qayd etildi.

Britaniyaning The Economist nashri 2020 - yil uchun Demokratiya indeksi reytingini e’lon qildi. Unda 165ta davlat va 2ta ma’muriy birlik haqida so‘z yuritilgan. Ushbu reytingda O‘zbekiston 155 pog‘onada qayd etilgan bo‘lib, 2019 - yilga nisbatan mamlakat o‘z pozitsiyasini 2 pog‘onaga yaxshilagan.

Ushbu indeksga umumiy 9,81 ball bilan Norvegiya boshchilik qildi. Markaziy Osiyo davlatlarining barchasi avtoritar rejimga mansub ekani ko‘rsatilgan indeksda faqat Qirg‘iziston aralash rejimdagi davlat ekani tan olingan.

Ushbu indeksni tuzishda saylov jarayonlari va hurfikrlilik, hukumatning ishlashi, siyosiy ishtirok va madaniyat shakllanishi hamda jamiyat erkinligi omillari inobatga olinadi.

XS
SM
MD
LG