Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 17:25

"Konteynerda yashab, issiqdan ichi o‘tib ketgan" ishchilar ish haqini ololmayapti


Quruvchi yotoqxona derazasidan tashqariga qarab turibdi. Toshkent shahri yaqinidagi qurilishda ishlagan ishchilardan kelgan surat. 2021, iyul
Quruvchi yotoqxona derazasidan tashqariga qarab turibdi. Toshkent shahri yaqinidagi qurilishda ishlagan ishchilardan kelgan surat. 2021, iyul

Toshkent shahri yaqinidagi qurilish obyektlaridan birida ishlagan vodiylik bir necha o‘n ishchiga ish haqi berilmayotganini Ozodlik o‘rganishni boshlaganiga bir hafta bo‘ldi. Ishchilar vakilining bildirishicha, ish haqi hanuz to‘lanmagan.

O‘zini ishchilar va qurilish egasi o‘rtasidagi vositachi deb tanishtirgan shaxs ish haqi berilmayotganini "ishchilar ish joyidan beso‘roq ketib qolgani" bilan izohladi.

Vositachi qurilish egasi xususiy shaxs ekanini bildirib, uning kimligini oshkor qilishdan bosh tortdi.

Ozodlikka 22 - iyulda kelgan xatda bunday deyilgan:

"Ishchilar kasal bo‘lib, o‘lar holatda yotishdi"

“Bizni O‘zbekistonning turli viloyatlaridan beton quyish uchun olib kelishgan. Kelganimizga bir oydan oshsa hamki, bu yerdagi o‘rtakash ish boshqaruvchilar kelishilgan ish haqlarimizni bermasdan qiynab kelishmokda. Uyga kasal holatda quruq ko‘l bilan qaytishga yuzimiz chidamayapti. Ammo bu yerda turli yoshdagi ishchilar kasal bo‘lib, o‘lar holatda yotishibdi. Kasallik kundan-kunga avj olyapti. Bizga yordam berishlaringni iltimos kilamiz. Manzilimiz Rohat krugi atrofida, 9 qavatlik yangi kurilish yonida”.

Toshkent yaqinidagi qurilishda ishlagan ishchilardan kelgan surat. 2021, iyul.
Toshkent yaqinidagi qurilishda ishlagan ishchilardan kelgan surat. 2021, iyul.

Bu xatga ilova qilingan suratlarda qandaydir xonada randalanmagan taxtalardan kamida ikki qavatli yotoqjoy qilingani, ulardan birida bir erkak yotgani, ikkinchi suratda, aftidan o‘sha xonaning boshqa tomoni aks etgan bo‘lib, unda bir erkak derazadan tashqariga qarab turganini ko‘rish mumkin. Uchinchi suratda devor tagida bir erkak yotgani aks etgan.

Toshkent yaqinidagi qurilishda ishlagan ishchilardan kelgan surat. 2021, iyul.
Toshkent yaqinidagi qurilishda ishlagan ishchilardan kelgan surat. 2021, iyul.

"Konteynerning ichi qizib, ko‘pchilik kasal bo‘lib qoldi"

Ozodlik 5 - avgust kuni xat mualliflaridan biri, Farg‘ona viloyat, Oltiariq tuman, Qiziltepa qishlog‘ilik 36 yashar Elmurod Hasanov bilan gaplashdi.

Elmurodning aytishicha, suratlarda ishchilar yashaydigan konteynerlar aks etgan.

“Havo juda issiq bo‘lgani uchun temir konteynerning ichi qizib, ko‘pchilik kasal bo‘lib qoldi, ko‘pchilikning ichi o‘tib ketdi, so‘rasak ham dori olib kelib berishmadi. O‘zimiz sotib olaylik desak, pulimiz yo‘q edi. Hammasiga chidadik, lekin shunga qaramay ish haqimizni berishmayapti”.

Elmurodning aytishicha, bu obyektga ishlash uchun 11 - iyulda kelgan:

“Obyektga yetib kelganimda, men To‘lqinboy ismli odam bilan dogovor qildim. U kuningga 100 mingdan, bir oyda 3 million so‘m ish haqi beraman, dedi”.

"Ish haqimni so‘rab o‘n martacha telefon qildim"

Elmurod Hasanov, aytishicha, 11 - iyuldan boshlab 15 kun, ya’ni 26 - iyulgacha ishlagan. Uning hisobicha 15 kun uchun 1 mln. 500 ming so‘m ish haqi olishi kerak edi. Bu puldan 400 ming so‘mini Zoyir ismli brigadirning qo‘lidan olgan.

Vedomostga qo‘l qo‘yib olganmisiz, degan savolga Elmurod “Yo‘q, hech narsaga qo‘l qo‘yganim yo‘q”, dedi.

“Shu kungacha qolgan pulimni so‘rab 10 martacha To‘lqinboy brigadirga telefon qildim. Telefonini 3 marta ko‘tardi, har safar ertaga beraman, degan va’da beraverdi. Oxirgi marta 4 - avgustda gaplashdim. Kimga borsang, boraver, pul bermayman, dedi”.

Elmurod Hasanov aytishicha, u ishlagan brigadada 20 ga yaqin vodiylik ishchi bo‘lgan:

“Ularning birortasi ham ish haqini to‘liq olgani yo‘q. Ko‘pchiligi menga o‘xshab, bir qismini olgan. Umuman haq olmaganlar ham bor”.

Bir hafta oldingi gap

Elmurod Hasanov va u bilan ishlagan boshqa ishchilar muammosini Ozodlik mobil videomuxbiri qurilish obyekti yonida o‘rgangan edi. Hasanovning hamqishlog‘i, 34 yashar Vohidjon Yetmishov 29 - iyul kuni ish haqini to‘lashi kerak bo‘lgan To‘lqinboyga qo‘ng‘iroq qilayotgani videotasvirga olingan. To‘lqinboy bilan gaplashib bo‘lgach, Vohidjon bunday deydi:

“Brigadir To‘lqinboy bilan gaplashdim. Podvalning tepasi bitsin, keyin beraman pulni, deyapti”.

Ishlatuvchining bugungi gapi

Bu gap bo‘lib o‘tganidan 7 kun o‘tib – 5 - avgustda Ozodlik To‘lqinboy bilan bog‘landi. Gap boshlanib-boshlanmay telefon so‘zlashuviga o‘zini keyinroq Umid, deb tanishtirgan, familiyasini aytishni istamagan odam aralashdi.

Umidning aytishicha, u To‘lqinboy bilan birga ish yuritadi va uning rahbaridir. Ozodlik muxbiri Umidni Elmurod Hasanovning shikoyati mazmuni bilan tanishtirdi.

Umidning iddao qilishicha, "Elmurod Hasanov qurilish obyektidan beso‘roq ketib qolgan va shu kungacha pul so‘rab murojaat qilmagan".

Ishchilarni yollab, ularni ishlatish bilan shug‘ullanishini bildirgan Umidning aytishicha, u Elmurod Hasanov bilan og‘zaki shartnoma qilgan. Umid vodiylik quruvchilar ishlayotgan obyekt qaysi tashkilotga qarashli ekanligini aytishdan bosh tortdi. “Bu chastniy obyekt, birovning kotteji”, dedi.

Umid o‘zining haq ekanligini tushuntirishga juda ko‘p vaqt sarfladi va oxir-oqibat “Ertaga soat 11 yoki 2 da kelishsin, men ular bilan gaplashay, bundan buyon ishlamaydigan bo‘lishsa, bir tiyinigacha to‘lab beraman”, dedi.

Himoyasiz qolayotgan ishchilar

Bu qurilishlarda ishlab, haqini ololmayotgan ishchilarning Ozodlikka birinchi marta arz qilishi emas.

Bundan bir oy muqaddam, 8 - iyulda Qashqadaryo viloyat, Mirishkor tumanilik 6 kishidan iborat quruvchilar guruhi shu yil bahorida Ichki ishlar vazirligi hududida bajargan qurilish ishlari uchun ish haqining bir qismini ololmayotganidan shikoyat qilgan edi.

Ozodlik shikoyatni o‘rganishni boshlashi bilanoq ish haqi to‘langani haqida xabar yetib kelgan.

XS
SM
MD
LG