Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 09:33

Kadrlar siyosati: Davlat idoralaridagi har ikki xodimdan biri lavozimiga noloyiq


Davlat amaldorlari va jamoatchilik vakillari prezident Mirziyoyevning nutqini olqishlamoqda
Davlat amaldorlari va jamoatchilik vakillari prezident Mirziyoyevning nutqini olqishlamoqda

Fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish (FHDYo) organlari xodimlarining 44 foizi o‘tgan haftada yakunlangan attestatsiya sinovidan o‘ta olmadi va ishdan bo‘shatildi, 12 foizi 6 oydan so‘ng yana sinovdan o‘tadi.

Kadastr agentligidagi rahbar kadrlarning 61 foizi attestatsiyadan o‘ta olmagani joriy oy boshida ma’lum bo‘lgan edi.

Tahlilchilar davlat xizmatchilarining umumiy professional saviyasi past ekanligini kadrlarni tanlash, tayyorlash va tayinlash tizimi yo‘qligi bilan izohlamoqda.

Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi FHDYo organlarida hammasi bo‘lib 825 xodim (bo‘lim mudirlarini ham qo‘shganda) ishlashini, attestatsiya sinovlariga 473 xodim jalb etilganini, shulardan 163 nafari sinovdan o‘tgani, 102 xodim shartli o‘tgani, 208 nafari o‘tolmaganini 16 - dekabrda xabar qildi.

Agentlikka ko‘ra, sinovdan o‘tganlar ishda qoldi, shartli o‘tganlar 6 oydan so‘ng qayta attestatsiyadan o‘tkaziladi, topshira olmaganlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinadi.

FHDYo organlaridagi 825 xodimning 353 nafari bola parvarishi ta’tilida bo‘lgani yoki 3 yoshgacha farzandi bo‘lgani bois ,qonunchilikka muvofiq imtiyoz berildi. Ularning attestatsiyadan o‘tish muddati ma’lum muddatga kechiktiriladi.

FHDYo organlari joriy yilning 1 - apreldan boshlab Davlat xizmatlari agentligi tasarrufiga o‘tgan.

Agentlikning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi axborot xizmati rahbari Mohidil Ravshanova o‘tkazilgan attestatsiyadan maqsad xodimlarni bo‘shatish emasligini ta’kidladi:

Maqsad xodimlarni ishdan bo‘shatish emas, ularning bilim saviyasini tekshirish edi. Attestatsiya ochiq va shaffof o‘tdi.

"Maqsad xodimlarni ishdan bo‘shatish emas, ularning bilim saviyasini tekshirish edi. Attestatsiya ochiq va shaffof o‘tdi".

“Ochiqlik va shaffoflik” iborasini Mohidil Ravshanova suhbat davomida bir necha bor takrorladi. Uning aytishicha, attestatsiyadan o‘tayotgan xodimlarga umumiy huquq, fuqarolik huquqi, amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha savollar berilgan.

“FHDYo xodimlari xizmat vazifasi yuzasidan sud, notariat organlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritishbga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun bu sohalar yuzasidan ham savollar qo‘shilgan. Asosiy e’tibor FHDYo sohasida har kuni duch kelishi mumkin bo‘lgan ziddiyatli vaziyatlarga qaratildi”, dedi Mohidil Ravshanova, - Qashqadaryo viloyatidagi FHDYo bo‘limlari mudirlarining 70 foizi attestatsiyadan muvaffaqiyatli, qolgani shartli o‘tdi. Attestatsiyadan o‘tolmagan oddiy xodimlar egallab kelgan lavozimlarga tanlov e’lon qilinadi, unda ishdan bo‘shatilganlar ham qatnashishi mumkin".

Mohidil Ravshanovaga ko‘ra, attestatsiya natijalaridan norozilar yo‘q:

Xodimlar o‘zlari tan oldi bilmasligini. Ba’zan elementar savollarga ham javob bera olishmadi.

"Xodimlar o‘zlari tan oldi bilmasligini. Ba’zan elementar savollarga ham javob bera olishmadi. FHDYo xodimining yuridik bilimi yuqori bo‘lishi kerak. Fuqaroning savollariga har tomonlama mukammal javob bera olishi kerak. Uning ishi hujjat to‘ldrib qo‘yishdangina iborat emas”.

Ozodlik attestatsiyadan o‘tolmagan ikki xodim bilan bog‘landi. Ikkalovi ham sinovdan o‘tolmaganini izohlashni istamadi.

Buxoro viloyat, Olot tuman FHDYo bo‘limi mudirasi Oydin Nabiyeva Ozodlikka oilaviy sabab tufayli attestatsiyadan o‘tish muddati kechiktirilganini bildirdi. Mudiraning aytishicha, uning qo‘l ostida bir inspektor ishlaydi, biroq uning attestatsiyadan o‘tgan-o‘tmaganini aytishni istamadi. Oydin Nabiyevaning aytishicha, attestatsiya shaffof o‘tgan:

“Attestatsiya qanday o‘tayotganini onlayn ko‘rib turdik. Shaffof tarzda o‘tkazildi. Savollar xodimlarga oldindan berib qo‘yilgan edi. Hamma oldindan o‘qib, tayyorlanib yurdi. Attestatsiya paytida boshqa savol berilgani yo‘q, o‘sha - oldindan berilgan savollar ichidan berildi. Javoblarniyam eshitdik. Ko‘pchilik yaxshi tayyorlanmaganiga guvoh bo‘ldik. Balki ishimiz ko‘pligidandir. Biroq hamma uchun men javob berolmayman”.

Kadastr agentligi tizimidagi ahvol yanada ayanchli

FHDYo organlari xodimlarining 44 foizi attestatsiyadan o‘tolmagan, 12 foizi shartli o‘tgan bir paytda aholi bilan ishlaydigan yana bir xizmat – Davlat Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tizimidagi 346 rahbar xodimning 61 foizi attestatsiyadan o‘tolmagan.

3 - dekabrda esa, agentlikning tuman-shahar filiallari xodimlari attestatsiyasi boshlangan.

Bundan tashqari “kadastr tizimidagi tozalash ishlari natijalariga ko‘ra joriy yilning 1 - iyunidan 1 - dekabriga qadar Agentlik tizimida faoliyat yuritishi davomida o‘z ishiga sovuqqonlik bilan qaragan, lavozimini suiiste’mol qilgan hamda aholiga xizmat ko‘rsatishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan 850 dan ortiq xodimlarning mehnat shartnomalari bekor qilingan”.

Bu ma’lumotlarni Kadastr agentligi 5 - dekabrda Telegram-kanalida tarqatgan edi.

Sadoqat - kadr tanlashda bosh mezon?

Davlat xizmatlarining ikki sohasidagi har ikki xodimdan birining egallab turgan lavozimiga yaroqsizligini taniqli jurnalist, 90- yillar boshida O‘zbekiston prezidentining Kadrlar bo‘yicha davlat maslahatchisi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Sharof Ubaydullayev davlatning kadrlar siyosatida yo‘l qo‘ygan xatosi oqibati degan fikrni bildirarkan, bunday dedi:

“Shu kunda O‘zbekistonda kadrlarni seleksiya qilish, ularni tayyorlash, joy-joyiga qo‘yish mexanizmi borligidan xabarim yo‘q. Har holda bunday gap bo‘lganini eshitmaganman”.

Sharof Ubaydullayevning fikricha, u yoki bu kishi rahbarlik vazifasiga kelar ekan, o‘ziga yoqadigan, o‘ziga sadoqatli odamlarni tanlashi kadr tanlashdagi asosiy mezon bo‘lib qolgan:

Xodim rahbarga sodiq bo‘lsa bo‘ldi, rahbarni boshqa narsa qiziqtirmayapti.

“Xodim rahbarga sodiq bo‘lsa bo‘ldi, rahbarni boshqa narsa qiziqtirmayapti. Shuning uchun qatorga qo‘shilib qolgan korrupsioner to tepadagi "soyaboni" ishdan ketguniga qadar ot choptirib ketaveradi. Uni to‘xtatadigan ichki tizim yo‘q. Savod masalasi allaqachon chetga surib tashlangan. Lavozimga mutaxassisligiga qarab tayinlash degan narsa chetga surib tashlangan”.

O‘zbekiston Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori Sayyora Xo‘jayeva ham prezident Mirziyoyevga yozib, 2019 - yilning 4 - avgustida Feysbukdagi sahifasida e’lon qilgan ochiq xatida kadrlarni tanlash va ularni taqsimlashga doir mavjud tizim o‘zini oqlamagani haqda yozgan edi.

“So‘nggi ikki-uch kun mamlakatimiz kadrlar siyosatidagi bo‘shliqlarni yana bir bor namoyish etdi. Nima deyishingizdan qat’i nazar, “kadrlar hamma narsani hal qiladi” degan mashhur ibora bugun ham, ertaga va har doim ham dolzarb bo‘ladi. Sizning mansabdor shaxslarga aytgan gaplaringiz shundan dalolat beradiki, hozirga qadar amalda bo‘lgan kadrlarni tanlash va ularni taqsimlash tizimi o‘zini oqlamadi hamda “Davlat xizmatchilari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini qabul qilish vaqti keldi”.

Prezident Mirziyoyev 2019 - yilning 3 - oktabrida “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan.

Hujjatga muvofiq 2020 - yilning 1 - yanvaridan davlat xizmatiga ishga qabul qilishning ochiq mustaqil tanlovga tayangan tizimi sinov tariqasida ish boshlashi ma’lum qilingandi.

XS
SM
MD
LG