Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 10:20

Ikkinchi marta prezident bo‘lgan Trampning "birinchilik"lari


Donald Tramp
Donald Tramp

2016-yilda va 2024-yilda Donald Tramp Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidentligiga hayratlanarli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Oq uyni qayta egallash uchun saylovoldi kampaniyasiga qaytgan Donald Tramp yana AQSH prezidenti bo‘ladi.

5-noyabr kuni o‘tkazilgan saylovlarda g‘alaba qozonib, Tramp Respublikachilar partiyasidagi bo‘linishlarni, 2017-2021-yillardagi birinchi prezidentlik muddatidan kelib chiqqan huquqiy muammolarni va o‘ziga nisbatan suiqasd urinishini yengib o‘tdi.

Tramp, shuningdek, iste’foga chiqayotgan prezident Jo Bayden o‘rniga vitse-prezident Kamala Harris Demokratik partiyadan nomzod bo‘lganidan so‘ng kuchaygan demokratlar harakatini ham to‘xtatdi.

78 yoshda u to‘rt yil oldin Trampni mag‘lub etgan 77 yoshli Baydenni ortda qoldirib, AQSH prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan eng keksa nomzoddir.

20-yanvardagi inauguratsiya marosimida Tramp Qo‘shma Shtatlarning ham 45-, ham 47-prezidenti degan unvonga ega bo‘ladi. Faqatgina boshqa bir AQSH prezidenti - 22- va 24-prezident Grover Klivlend bundan 130 yil oldin ketma-ket bo‘lmagan ikki muddat davomida lavozimni egallagan edi.

Tramp allaqachon ikki marta impichmentga uchragan birinchi prezident, shuningdek, jinoyatda aybdor deb topilgan birinchi prezidentdir.

Ikkinchi muddatga kirishida, u hali ham ikki jinoiy ayblovga duch kelmoqda - hokimiyatni Baydenga tinch yo‘l bilan o‘tkazishga to‘sqinlik qilish va Jorjiya shtatidagi 2020-yilgi saylovlarga aralashish bilan bog‘liq. Uchinchisi – Trampning maxfiy hujjatlarni noqonuniy saqlashi bilan bog‘liq ayblovi iyul oyida bekor qilingan edi.

Biroq Tramp o‘zining to‘rtinchi prezidentlik kampaniyasiga boy tajriba va keng qo‘llab-quvvatlash bilan kirdi.

Ko‘plab sodiq izdoshlari uning Baydenga saylovda mag‘lub bo‘lganini tan olishdan bosh tortgani, siyosiy raqiblariga qarshi keskin chiqishlarini va uning huquqiy muammolari unga qarshi "jodugar ovi" natijasi ekanligi haqidagi da’volarini qabul qilishdi.

Доналд Трампнинг сайловолди митингида ўқ овозлари эшитилди. Трамп эвакуация қилинди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:12 0:00

Tramp, shuningdek, saylovchilardan immigratsiya masalasi, shuningdek, uy-joy va oziq-ovqat narxlari yuqoriligi muammosini hal qilish uchun qaysi nomzod eng ishonchli deb so‘ralgan so‘rovnomalarda muntazam ravishda yetakchilik qildi.

Saylovoldi tashviqoti davomida u o‘zini noqonuniy muhojirlar bosib olgan, ichki muammolarga botgan va xalqaro maydonda obro‘sini yo‘qotgan, "chuqur davlat" tomonidan boshqariladigan Amerikani tiklash uchun eng munosib nomzod sifatida ko‘rsatdi.

2016-yilgi saylovoldi kampaniyasi davomida u "Amerikani yana buyuk qilish", yaxshiroq savdo kelishuvlarini tuzish va butun dunyo bo‘ylab Qo‘shma Shtatlarga hurmatni tiklash uchun AQSH harbiy moliyalashtirishini oshirish va’dalari bilan saylovchilarni o‘ziga jalb qildi.

U, shuningdek, Nyu-York ko‘chmas mulk magnati sifatidagi mashhurligidan foydalanib, 1980-yillar oxirida "The Donald" nomi bilan tanilgan edi.

Uning familiyasi butun dunyo bo‘ylab hashamatli osmono‘par binolarni bezatgan va televideniye tomoshabinlari uning realiti-shousidagi "ishdan bo‘shatildingiz" iborasi bilan sevib qolgan Trampni ko‘pchilik "botqoqni qurituvchi" odam sifatida ko‘radi. Bu ibora Vashingtondagi katta hukumat va korrupsiyaga ishora edi.

Bu safar Tramp endi siyosiy autsayder emas, balki qiyinchiliklarni yengib o‘tgan va o‘zini global maydonida qat’iy yetakchi ekanligini isbotlagan shaxs sifatida qabul qilindi.

Yakuniy saylov natijalarini belgilagan va raqobat keskin bo‘lgan yettita shtatda Trampni ko‘pchilik saylovchilar Ukraina va Yaqin Sharqdagi urushlar davrida mamlakatni boshqarishga eng munosib nomzod deb hisoblashdi.

Tramp o‘zining birinchi muddati davomida Qo‘shma Shtatlarni Eronning jahon davlatlari bilan tuzgan yadro bitimidan bir tomonlama chiqardi va iqtisodiy raqibi Xitoy bilan savdo urushini boshladi.

Shuningdek, u Qo‘shma Shtatlarni Vashington uchun foydali emas deb hisoblagan global kelishuvlardan chiqardi hamda NATOdagi ittifoqchilarga mudofaa xarajatlarini oshirish uchun bosim o‘tkazdi, ularning ko‘pchiligi bu talabga bo‘ysundi.

Eng munozarali qarorlaridan biri sifatida, Tramp ma’muriyati Tolibon bilan 2021-yilda AQSH qo‘shinlarini Afg‘onistondan to‘liq olib chiqish shartlarini belgilovchi kelishuvni ishlab chiqdi.

Bu kelishuv Trampning muxoliflari tomonidan Tolibonning hokimiyatni egallab olishiga zamin yaratgan deb baholandi, biroq Trampning da’vosicha, Bayden va Harris vaziyatni shu qadar uquvsiz boshqarganki, bu Rossiyani 2022-yilda Ukrainaga hujum qilishga ilhomlantirgan.

“Қандай ҳукуматга эга бўлиш-ўзбек халқининг иши”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:47 0:00

O‘zining birinchi muddati davomida Tramp Vashingtonning Rossiya bilan munosabatlarini o‘zgartirishga harakat qilgandi – prezident Vladimir Putin bilan aloqalarni yaxshilashga intildi, ayni paytda Moskvaga qarshi bir qator jazo choralarini joriy etdi.

Tramp o‘zining Putin bilan o‘rnatgan munosabatlari Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini tugatishga yordam berishini ta’kidlagan.

XS
SM
MD
LG