Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 23:27

Huquq faoli qamoqda ko‘ylak tikayotgan sobiq bosh prokuror va gul bosayotgan DXX raisi haqida


5 - may kuni Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Zangiotadagi qamoqxonada bo‘lib, u yerda jazo o‘tayotgan sobiq bosh prokuror Rashitjon Qodirov va sobiq DXX raisi Ixtiyor Abdullayevlar bilan suhbatlashdi.

Rashitjon Qodirov 2019 - yilning iyunida 10 yilga, Ixtiyor Abdullayev 2020 yilning fevralida 19 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Abdurahmon Tashanovning hozirda jazo muddatini o‘tayotgan uch sobiq yuqori martabali mulozim bilan qilgan muloqotining to‘liq tafsilotlarini OzodNazar eshittirishida tinglashingiz mumkin.

OzodNazar: “Собиқ бош прокурор қамоқхонада аёллар кўйлагини тикяпти, собиқ МХХ раиси косага гул чизяпти”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:30:39 0:00
Бевосита линк

“Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanovning Ozodlikka aytishicha, u 22-koloniyadagi sharoit bilan Insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinlariga rioya etilishi bo‘yicha komissiya a’zosi sifatida tanishdi.

Komissiya a’zolari huquq-tartibot organlarining jinoiy jazo o‘tayotgan sobiq xodimlari saqlanadigan bu koloniyada 5 - may kuni birinchi marta bo‘ldi.

Oliy Majlis qarori bilan tuzilgan bu komissiyaga Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili – Ombudsman raislik qiladi.

Abdurahmon Tashanov OzodNazar eshittirishida Rashitjon Qodirov va Ixtiyor Abdullayevlar bilan o‘tkazgan suhbati tafsilotlarini aytib berdi.

“Avvaliga mahbuslar orasidan Rashitjon Qodirovni tanib olishim ham qiyin bo‘ldi. Chunki hammasining yuzida tibbiy niqob bor edi. Men o‘zim qamoqxona ma’murlaridan iltimos qildim u kishi bilan uchrashtirishni. Ko‘rinishi yaxshi. “Sog‘lig‘im ham, kayfiyatim ham yaxshi, bir oydan keyin manzil koloniyaga chiqaman” dedi. Sobiq bosh prokuror bilan 10 minut davomida gaplashdim, ko‘p gaplar bo‘ldi”, dedi Abdurahmon Tashanov.

  • O‘zbekiston Bosh prokuraturasini 15 yil boshqargan Rashitjon Qodirov 2018 - yil, 22 - fevralda hibsga olinib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining 2019 - yil, 26 - iyundagi hukmi bilan 10 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.
  • Qodirov pora olish, pora berishga vositachilik qilish, firibgarlik, soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish kabi jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.

“Ixtiyor Abdullayev “menga tergovlar davomida qiynoqlar qo‘llangan”, dedi. Ayni paytda uning koloniya ma’muriyatidan shikoyati yo‘qligini aytdi. “Faqat mening ishim qayta ko‘rilishini so‘rardim. Iloji bo‘lsa, shu iltimosimni prezidentga yetkazinglar”, dedi. Ixtiyor Abdullayev bilan uning ish joyida, yoniga o‘tirib gaplashdim. Chinni likoblarga gul solayotgan ekan”, dedi Abdurahmon Tashanov.

  • O‘zbekiston Harbiy sudining 2020 - yil, 25 - fevral kungi hukmi bilan O‘zbekiston sobiq Bosh prokurori¸ DXX sobiq raisi Ixtiyor Abdullayevga 19 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.
  • Ixtiyor Abdullayev jinoiy uyushma tashkil etganlikda, mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda, uyushgan guruh va jinoiy uyushma manfaatlarini ko‘zlab, juda ko‘p miqdorda pora olishda, O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzishda, tovlamachilikda, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilishda, bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzishda va shu kabi bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgani aytilgan.

Abdurahmon Tashanov 5 - may kuni Zangiotadagi 22-koloniyada uchrashgan yana bir “taniqli” mahbus Javdat Sharifxo‘jayevdir.

“Sharifxo‘jayev bilan 1 daqiqa atrofidagina muloqot qila oldim. U savollarimga javob berishni istamadi. Javoblari o‘ta qisqa bo‘ldi. “Yo‘q”, “Sharoitlar yaxshi” degan javoblar bilan cheklandi”, dedi Abdurahmon Tashanov.

  • O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati Korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasining sobiq boshlig‘i, MXX sobiq polkovnigi Javdat Sharifxo‘jayev 2016 - yil bahorida qayta sudlanib, qamoq jazosi 16 yilga uzaytirilgan. 2015 - yili qamoqqa olingan Sharifxo‘jayev dastlab 4 yil qamoq jazosiga mahkum etilgan edi.
  • MXX sobiq polkovnigi Javdat Sharifxo‘jayev noqonuniy tadbirkorlik, korruptsiya, tamagirlik va o‘ta katta miqdorda davlat mablag‘larini o‘zlashtirishda aybdor, deb topilgan.

Toshkent viloyat, Bekobod shahridagi UYa-6421 jazoni ijro etish muassasasining mahkumlari 2018 - yil dekabrida Zangiota tumanida yangi qurilgan 22-jazoni ijro etish muassasasiga ko‘chirilgan.

XS
SM
MD
LG