Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 15:44

Kanadadagi o‘zbek mutaxassis: SSV COVID-19 dorilarining salbiy ta’siridan birdek ogohlantirmayapti


Kanadaning Alberta provinsiyasida COVID-19 bemorlari bilan ishlayotgan o‘zbekistonlik tibbiyot xodimi Obid Mamadaliyev.
Kanadaning Alberta provinsiyasida COVID-19 bemorlari bilan ishlayotgan o‘zbekistonlik tibbiyot xodimi Obid Mamadaliyev.

Kanadada COVID-19 bemorlari bilan ishlayotgan 51 yashar o‘zbekistonlik tibbiyot xodimi Obid Mamadaliyev ijtimoiy tarmoqlarda o‘zining tajriba va kuzatishlarini muntazam e’lon qilib boradi.

Telegram va YouTube dagi so‘nggi chiqishlarida u yurtdoshlarini bu kasallik uchun qo‘llanilayotgan ayrim dori vositalarining salbiy ta’siridan ogohlantirdi.

Asli kasbi ximik bo‘lgan Mamadaliyev Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) tavsiya qilgan ayrim preparatlar qator rivojlangan davlatlarda muomaladan chiqarilganini ta’kidlaydi.

Ayni paytda u O‘zbekistonda koronavirusni davolashda qo‘llanayotgan og‘ir preparatlarning "qora bozor”da mavjudligini "sharmandali hol" deb atadi.

Mutaxassisga ko‘ra, bu uy sharoitida davolanayotgan bemorlarning hayotini xavf ostiga qo‘yadi.

Kanadaning Alberta provinsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi laboratoriyada COVID-19 bemorlaridan tahlil olish va ularning natijalarini tayyorlash bilan shug‘ullanayotgan o‘zbekistonlik 51 yashar tibbiyot xodimi Obid Mamadaliyev vatanidagi vaziyatni muntazam kuzatib borayotganini aytadi.

Mutaxassisning Ozodlik bilan suhbatda ta’kidlashicha, koronavirusni davolashda ishlatilayotgan qator dori vositalari noto‘g‘ri yoki ortiqcha qo‘llansa, inson organizmi uchun og‘ir salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

- Sog‘liqni saqlash vazirligi yaqinda aholini “deksametazon” preparatining inson tanasi uchun og‘ir oqibatlaridan ogohlantirdi. Lekin, misol uchun, O‘zbekistonda koronavirusni davolashda ishlatilayotgan “gidroksixlorin” dorisi bor-ku, bu jigar va buyrakka juda og‘ir salbiy ta’sir qiladi. Bepul dori qatorida hammaga beryapti, lekin salbiy oqibatlari haqida hech kimni ogohlantirmayapti", – deydi O. Mamadaliyev.

Shu yilning 9 oktabr kuni SSV O‘zbekistonda koronavirus bemorlari tomonidan ayrim dori vositalari, xususan, "Deksametazon" preparati uyida davolanayotgan bemorlar va ularning shifokorlari tomonidan noto‘g‘ri qo‘llanayotgani haqida ogohlantirdi.

Vazirlik bayonotida aynan shu preparatdan inson organizmiga keladigan jiddiy xavf alohida tilga olindi.

"Tavsiya etilayotgan dori vositalari ro‘yxatiga nazar solsak, «Deksametazon», «Meropenem» kabi, shuningdek, bir vaqtning o‘zida 3-4 xil guruhga mansub «Amikatsin», «Levofloksatsin», "Sefazolin sulbaktam», «Sefaperazon» va mikrobga qarshi «Metronidazol» kabi dori vositalari ham bir vaqtning o‘zida foydalanilayotganini ko‘rish mumkin. Bu dorilar alohida ishlatilganda ham kuchli vosita hisoblanib, faqatgina Covid-19’ning eng og‘ir darajalarida statsionar sharoitda ishlatish tavsiya etiladi", deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.




Obid Mamadaliyevning aytishicha, SSV bu kabi og‘ir preparatlarining xavfli oqibatlaridan qanchalik ogohlantirmasin, dorilar “qora bozor”da sotilarkan, aholi salomatligi uchun juda jiddiy xavf saqlanib qolaveradi.

Quyida O. Mamadaliyev bilan suhbatni to‘liq tinglashingiz mumkin:

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:28 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG