Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 01:29

Leningrad viloyatida navoiylik ayolga boshpana bergan rus oilasi yordam so‘rab o‘zbek jamoatchiligiga murojaat qildi (VIDEO)


Farruh va uning onasi Durdona Naimova.
Farruh va uning onasi Durdona Naimova.

Davolanish uchun Rossiyaga kelgan 47 yashar Durdona Naimova, o‘g‘li va unga boshpana bergan Leningrad viloyatilik oilaning aytishicha, karantin cheklovlari tufayli mablag‘siz qolgan va natijada O‘zbekistonga qayta olmayapti.

Durdonani Peterburg ko‘chalaridan birida og‘ir ahvolda topib, unga boshpana bergan rus oilasi o‘zbek jamoatchiligiga videomurojaat qilib, yordam so‘radi.

Shu yil aprelda Rossiyaga davolanishga kelgan navoiylik 47 yoshli Durdona Naimova, o‘g‘li Farruhning Ozodlikka aytishicha, pandemiya tufayli chegaralar yopilgani uchun O‘zbekistonga qaytib keta olmagan.

Farruh onasi 1994 yildan beri epilepsiyaning og‘ir formasi bilan kasal ekanini, uch oylik karantin o‘tib, onasi mablag‘siz va qarovsiz qolgani va yordamga muhtoj ekanini aytarkan, bunday dedi:

- Epilepsiyalari bor - 1994 yildan og‘riydilar. Biz yashaydigan Navoiy shahrida havosi judayam yomon ta’sir qiladi. Shaharning ichida “Navoiyazot” bor, tez-tez reanimatsiyaga tushaverdilar. Onamni Rossiyaga birinchi marta o‘tgan yili oktabrda, Rossiyada ishlab olgan Neksiyamni sotib, jo‘natgandim - yaxshi davolanib kelgandilar. Piterda bir jiyanlari oldiga jo‘natdim 4 ming dollar pul bilan. Tushgan kunlari ertasiga karantin boshlanib qoldi! Lekin onam do‘xtirga qatnagan. Bir kuni sumkasidagi pul bilan ostanovkada pristup berib qolgan. Sumkasidagi dollarlarni hammasini kimdir olib ketgan, dokumentga tegmagan.

Uning so‘zlaricha, Durdona o‘sha kuni bekatda 2,5 ming dollarcha pulni yo‘qotgan. Shu orada pulsiz qolgan ayolga yakkayu-yagona jiyani ham qaramay qo‘ygan. Boshqa tanish hamshaharlari oldiga yordam so‘rab borganida, ulardan ham yordam ololmagan.

"Ўзбекистонга кетишга ёрдам беринг!"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:03 0:00

Farruh:

- Onam ko‘chada kasal bo‘lib qolgan. Shunda onamni Igor va Mariya ismli mahalliy er-xotin ko‘rib qoladi va yordam taklif qiladi. “Mening dala hovlimda yashaysan, produktangni qilib beramiz, uyga qarab tursang, bas”, deb onamga bir necha oydan beri yordam berib kelyapti. Mening sharoitim ham og‘irlashdi - O‘zbekistonda ishlash u yoqda tursin, ko‘chaga chiqish problema. Borimni sotgandim, onamni davolataman deb. Man bir o‘g‘illariman - kasallari tutib qolsa meniyam tanimay qoladi! Onamga yordam kerak, olib kelishim kerak.

25 yashar Farruh Zokirov kasbi kompyuter dasturchisi ekani, onasining yolg‘iz farzandi ekanini ham qo‘shimcha qildi. “Onamning qornilarida 6 oyligimda otam tashlab ketgan, kasalliklarini bilib”, dedi u.

Hozirda Durdona Naimova Leningrad viloyat, Kirov tumanidagi qishloqlaridan birida Igor va Mariyalarning hovlisida yashamoqda.

Ozodlikka kelib tushgan videomurojaatida Igor o‘zbekistonliklardan Durdonani olib ketishga ko‘mak berishni so‘radi.

"Бу аёлни касал аҳволда кўчада топдик!"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:39 0:00

- Hurmatli odamlar! Ayolni olib ketishga yordam bering, juda ketgisi bor. Uni kasal ahvolda ko‘chada topdik. Yediryapmiz-ichiryapmiz, biroz davolatdik. Lekin karantin tufayli jo‘natolmayapmiz. Kasaliga dori ololmayapmiz, poliklinikalar uni qabul qilmayapti. Uni zudlik bilan jo‘natish kerak uyiga, - deydi Igor o‘z murojaatida.

Ozodlik bilan suhbatda Durdona II guruh nogironi ekani, karantin paytida pullarini yo‘qotganini, Igorning uyida yashab kelayotgani va nochor ahvolda qolganini aytdi:

- Peterburgga davolanishga kelgandim. Karantin bo‘lib, hech qayerga qabul qilishmadi. Ko‘chalarda kasal bo‘lib, yaxshi odamlar qo‘liga tushib qoldim, shularning dachasida yashab turibman. Uyga ketishga yordam berishingizni o‘tinib so‘rayman, - dedi Durdona.

Ozodlik bilan suhbatda Durdona O‘zbekistonning Peterburgdagi konsullik vakolatxonasi va Mehnat vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari uning taqdiri bilan bog‘liq vaziyatdan xabar topgani va nazoratga olganini bildirdi.

Ayni damda, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida muntazam avia va temir yo‘l qatnovlari yo‘lga qo‘yilgani yo‘q. Hozircha oldindan tuzilgan ro‘yxat asosida Rossiyadan O‘zbekistonga bir qancha uchoq va poyezdlarning charter reyslari amalga oshirildi.

Xususan, shu kunlarda "O‘zbekiston temir yo‘llari" o‘zining navbatdagi yo‘lovchi poezdi o‘zbekistonliklarni Rossiyaning Rostov viloyatidan olib kelishga Toshkentdan jo‘nab ketganini ma’lum qildi.

"Toshkent-Gnilovskaya (Rostov-Don)-Toshkent" yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lga chiqqan poezd 918 nafar o‘zbekistonlikni 26 avgust kuni O‘zbekiston Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari kuzatuvi ostida Toshkentga olib kelishi aytildi.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG