Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 00:25

Belarusda muxolifatchi nomzod Tixanovskaya saylov kampaniyasi yetakchisi qo‘lga olindi va ogohlantirildi


Svetlana Tixanovskaya saylov kampaniyasi yetakchisi Mariya Moroz.
Svetlana Tixanovskaya saylov kampaniyasi yetakchisi Mariya Moroz.

6 avgust kuni Belarus rasmiylari prezidentlikka nomzod, muxolifatchi Svetlana Tixanovskaya saylov kampaniyasi yetakchisi Mariya Morozni qisqa muddatda qo‘lga olib, «rasman ruxsat berilmagan» tadbirlar o‘tkazish oqibatlari haqida ogohlantirdi.

Tixanovskaya saylov kampaniyasi matbuot kotibi Anna Krasulina Ozodlikka Minskdagi Litva elchixonasi oldida Morozni o‘zini Ichki ishlar vazirligi xodimlari o‘laroq tanishtirgan bir necha shaxs to‘xtatib, qisqa muddatga qo‘lga olganini aytdi.

Ko‘p o‘ymay qo‘yib yuborilgan Moroz uni Ichki ishlar vazirligining Uyushgan jinoyatchilik va ekstremizmga qarshi kurash bo‘limi xodimlari qo‘lga olganini aytdi.

Morozning so‘zlariga ko‘ra, uni Ichki ishlar vazirligiga olib borib, «rasmiy ruxsat berilmagan ommaviy tadbirlar o‘tkazish» bo‘yicha «mas’uliyat» haqida «ogohlantirishgan» va so‘ngra qo‘yib yuborishgan.

Keyingi haftalarda Tixanovskaya Belarus bo‘ylab o‘tkazgan saylovoldi tadbirlarga minglab odam keldi. Tixanovskayani saylovdan u yoki bu sababga ko‘ra chetlatilgan nomzodlar qo‘llamoqda.

Mamlakatni 26 yildan beri boshqarib kelayotgan Aleksandr Lukashenko uchun 9 avgustga belgilangan prezidentlik saylovi avvalgilari kabi oson bo‘lmaydi.

Ayni paytda, Lukashenkoning saylov natijalarini soxtalashtirish va muxolifatga qarshi bosimni kuchaytirish bilan yana g‘alaba qozonishi kutilmoqda.

Belarusda 4 avgust kuni erta ovoz berish jarayoni boshlandi.

Muxolifatchilar, inson huquqlari faollari hamda Lukashenko tanqidchilari aholini erta ovoz bermaslikka chorlamoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, oldindan ovoz berish Lukashenko tarafdorlariga ovozlarni soxtalashtirish imkonini beradi.

5 avgust kuni Belarus Markaziy saylov komissiyasi erta ovoz berishning ilk ikki kunida ro‘yxatga olingan 6,8 million saylovchining 12,75 foizi ovoz berganini ma’lum qildi.

XS
SM
MD
LG