Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 03:37

OzodSuhbat: “Covidga chalinishni eng razil dushmanimga ham ravo ko‘rmayman!”


Jurnalist Abdulaziz Muborak
Jurnalist Abdulaziz Muborak

44 yashar jurnalist Abdulaziz Muborakning aytishicha, u kuni kecha Covid-19 dan sog‘aydi, biroq uning ismi rasmiy statistikada aks etmagan: O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan 26 550 kishining (4 avgust soat 10:00 gacha bo‘lgan holat) orasida emas.

Abdulaziz Muborak tibbiyot muassasasida davolanmadi, unga tashxis qo‘yilmadi, biroq Covid-19 ga xos barcha alomatlarni o‘z tanasida his qilib, boshidan o‘tkazdi va oxir-oqibat sog‘aydi.

Jurnalistni OzodSuhbatga taklif qilib, kasallik qanday kechganini, qanday davolanganini, 20 kundan ortiqroq davom etgan azoblaridan qanday xulosalar chiqarganini aytib berishini so‘radik.

30 daqiqali suhbat davomida Abdulaziz Muborak kasalligi tadrijining ba’zi muhim nuqtalari haqida bularni aytdi:

  • 10 iyulь, juma. O‘zimda charchoq, vujudimda og‘riq seza boshladim.
  • 11 iyul. Isitmam 39 darajagacha ko‘tarilib ketdi. O‘zimni nazorat qila olmay, fikrimni jamlay olmay qoldim.
  • 12 iyul. Yana isitma ko‘tarildi.
  • 13, 14, 15 iyul. Isitma. Boshqa alomatlar kuchaydi.
  • 16 yoki 17 iyul. Xushimni yo‘qotishni boshladim. Birov gapirgan gapni elas-elas tushunadigan, biroq javobni faqat o‘ylaydigan, ovoz chiqarib aytishga kuchim yetmaydigan darajaga yetdim.
  • 17 yoki 18 iyul. Ahvolim o‘ta abgorlashib qolgani uchun, endi o‘laman shekilli, deb xotinimga vasiyatnamo gaplarni gapirdim.
  • 17 yoki 18 iyul. Ta’m va hid bilmay qoldim. Limonli, malinali, asalli choylar berishdi. Birortasining ham ta’mini sezmadim. Odatda qalampir yemayman. Yegandim, achchiqni sezmadim. Tutatilgan isiriq hidiniyam mutlaqo tuymadim.
  • Kasallik davomida barcha kunlar: ishtaham yo‘qolmadi.
  • Kasallik avjida kunlarda: Nafas olishim qiyinlashdi. Nafas olsam, tomog‘im va o‘pkamni birov tirnog‘i bilan tirnaganday og‘riq sezdim. Shuning uchun odatiy nafasning 50 foizini olishga harakat qildim. 60, 70 foizga yetkazsam og‘riqqa chidashim qiyin edi.

Kasallikning dastlabki alomatlarini 10 iyulda sezgan Abdulaziz Muborak 23 kun deganda “Bo‘ldi, tuzaldim”, degan xulosaga keldi.

Chalingan kasalligi alomatlariga qaraganda, jurnalist o‘z boshidan Covid-19 ni o‘tkazdi. Biroq uning qo‘lida shu kasallik bilan og‘riganini tasdiqlovchi hujjat yo‘q. Nega?

Abdulaziz Muborak 23 kun davomida bir kun ham kasalxonada yotgani yo‘q. Nega?

Kasal jurnalist vrachlar yordamidan foydalandi. Qanday qilib?

Jurnalist “Tez yordam”dan yordam ololmadi. Nega?

Kasallikni 23 kunda yenggan jurnalist muayyan xulosalarga keldi. U qanday xulosalar?

Bu va boshqa savollarning barchasiga javoblarni quyidagi suhbatdan topasiz:

OzodSuhbat: “Covidга чалинишни энг разил душманимга ҳам раво кўрмайман!”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:30:00 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG