Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 16:33

OzodSuhbat: “Adabiyot”gazetasining soxta soni chiqqaniga hozircha bironta ham idora munosabat bildirmadi


"Adabiyot" gazetasining 2020 yil, 24 iyulda chop etilgan soni. Gazeta bosh muharriri Baxtiyor Karimning aytishicha, uning bu songa hech qanday aloqasi yo‘q.
"Adabiyot" gazetasining 2020 yil, 24 iyulda chop etilgan soni. Gazeta bosh muharriri Baxtiyor Karimning aytishicha, uning bu songa hech qanday aloqasi yo‘q.

“Adabiyot” gazetasi bosh muharriri Baxtiyor Karimning Ozodlikka aytishicha, 27 iyul, dushanba kechgacha ham huquq-tartibot idoralaridan birontasi gazetaning soxta soni chop etilganiga qiziqish bildirmadi.

24 iyulda "Adabiyot" gazetasining soxta soni chiqqani to‘g‘risida Baxtiyor Karim ijtimoiy tarmoqlar orqali 25 iyulda xabar qilgan edi.

“Адабиёт”газетасининг сохта сони чиққанига биронта ҳам идора муносабат билдирмади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:14:21 0:00
Бевосита линк

Baxtiyor Karimning 27 iyulda Ozodlikka aytishicha, gazetaning soxta soni odatdagiday gazeta qog‘oziga emas, balki sifatli ofset qog‘oziga bosilgan. Soxta gazetada uning ikki ming nusxada bosilgani ko‘rsatilgan.

- “Adabiyot” gazetasi tahririyati bir kishidan – bosh muharrirdangina iborat. Shuning uchun men karantin lagerlarida saqlangan kunlarimda o‘z vakolatlarimni birovga bergan emasman, chunki vakolatlarimni qabul qiladigan odamning o‘zi yo‘q, - dedi Baxtiyor Karim.

Bosh muharrirning aytishicha, gazetaning soxta sonini chiqarganlar uning pochtasini buzib kirgan bo‘lishi mumkin. Chunki soxta sonda uning pochtasida o‘z navbatini kutib turgan materiallar ham chop etilgan.

Baxtiyor Karimning fikricha, gazetaning soxta sonini chiqarishdan asosiy maqsad “Haqiqat va Taraqqiyot” sotsial-demokratik partiyasini tuzishga urinayotgan professor Xidirnazar Allaqulovni yomonotliq qilishdir:

- Xidirnazar Allaqulov haqida “Professorning nayranglari” degan sarlavha ostida felyetonnamo narsa bosilgan. Bundan tashqari jurnalist Jahongir Muhammad haqida ham felyeton bosilgan.

Bosh muharrirning Ozodlikka bildirishicha, gazetaning soxta sonini chiqargan noma’lum shaxslar ustidan u tegishli idoralarga shikoyat arizalari yozib tayyorlab qo‘ygan, ular erta-indin adresatlarga topshiriladi.

  • Baxtiyor Karim muharrirlik qilayotgan “Adabiyot” gazetasi tashkil topganiga shu kunlarda uch yil to‘ldi. Gazetxonlar fikricha, "Adabiyot" hur fikr minbariga aylanishga ulgurdi.
  • Masalan, Jamol Kamolning 2018 yilda chop etilgan “Fikrsizlik fojiasi” maqolasi “O‘zbekiston 25 yil davomida bir odamning aqli bilangina yashadi, qolganlarga faqat qarsak chalish huquqi berildi xolos”, degan so‘zlar bilan boshlangan edi.
  • Gazeta rasmiy matbuot hatto nomini tilga olishga qo‘rqadigan mualliflardan buyurtma asosida tahliliy maqolalar qabul qilib chop eta boshladi. Shukrullo, Jamol Kamol, Gulchehra Nurullayeva, Temur Po‘latov, Jahongir Muhammad maqolalari o‘quvchilarda ayniqsa kuchli taassurot uyg‘otdi.
  • “Albatta, bu yuqoriga yoqmasdi, ayniqsa Xayriddin Sulton janoblariga. Shuning uchun ular 2018 yili gazetaning bir sonini musodara qildilar. Toshkent bosmaxonalari shartnoma tuzmay qo‘ygach, noiloj viloyatlarga borib gazetani chop etishga majbur bo‘lyapman”, degan edi Baxtiyor Karim Ozodlikka.
  • Baxtiyor Karim 1959 yili Marg‘ilonda tug‘ilgan. Milliy Universitet filologiya fakultetini 1982 yili tugatgan. "Fan va turmush"," Yosh kuch", "Sharq yulduzi" jurnallarida xizmat qilgan. Hozirda "Adabiyot" gazetasi bosh muharriri.

XS
SM
MD
LG