Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 05:48

O‘zbekistonga qaytolmayotgan migrantlar Qozog‘iston chegarasidan olisroqqa ko‘chirildi


Чегарадаги ўзбекистонликлар: Сайланганда халқ керак эди, сайлангандан кейин керак эмасми?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:25 0:00

Orenburg oblast, Sol-Iletsk shahri yaqinida stixiyali ravishda hosil bo‘lgan migrantlar lagerida to‘planib qolgan o‘zbekistonliklar o‘z yurtiga qayta olmayotganidan shikoyat qilgan edi. Video Ozodlikda birinchi marta 3 iyulda e’lon qilingan.

Taqriban ikki haftadan buyon Qozog‘iston yo‘l berishini kutib turgan o‘zbekistonlik bir necha yuz mehnat muhojiri 3 iyul kuni Orenburg oblastining Qozog‘iston chegarasiga yaqin Sol Iletsk shahri yaqinidan Samara oblastiga chegaradosh Buzuluk tumaniga ko‘chirildi. Bu haqda Ozodlikka 6 iyul kuni muhojirlar vakillari xabar qildi.

O‘zbekiston hukumatidan yordam kutayotgan mehnat muhojirlarining aytishicha, shu kunda Orenburg oblastida O‘zbekistonga yetib olish uchun Qozog‘iston hukumati o‘z hududidan yo‘l berishini kutib turgan taqriban 1750 o‘zbekistonlik bor.

O‘zini qashqadaryolik Bek, deb tanishtirgan yigit bunday dedi:

“Sol-Iletskdan bizni 7 ta avtobusga o‘tqazib, kapalarimizni buzdirtirib, 410 kishini Buzuluk rayoniga olib kelib tashlashdi”.

Bekning aytishicha, ular ko‘chirilgan joyda 300 o‘zbekistonlik bo‘lib, shu kunda jami 700 nafardan ortiq mehnat muhojiri to‘plangan.

“Hammasi bo‘lib, Mashtakovodagi 1000 kishini ham qo‘shganda hozir 1700 o‘zbekistonlik Qozog‘iston o‘z hududidan o‘tishimizga ruxsat berishini kutib turibmiz” dedi Bek.

Қашқадарёлик Бек билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:01 0:00
Бевосита линк

Mehnat muhojiri aytayotgan bu ma’lumot yuzasidan Orenburg ma’murlaridan 6 iyul kuni qo‘shimcha informatsiya olishning imkoni bo‘lmadi.

Bu mavzu OzodNazarning bugungi sonida ham ko‘tarildi.

Ayni paytda...

963 qirg‘izistonlik 20 ta avtobusda Rossiyaning Sol-Iletsk shahridan Qozog‘iston orqali o‘z mamlakatiga yetkazilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Qirg‘iziston rasmiylari xabar qildi.

Ayni paytda...

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi uyiga qaytish ilinjida bo‘lgan mehnat muhojirlarini Rossiya—Qozog‘iston chegarasidan muayyan haq evaziga o‘tkazib qo‘yishni taklif qilayotganlarga ishonmaslikka chaqirdi.

Elchixonaning bildirishicha, “yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanadigan ayrim shaxslar Rossiya—Qozog‘iston chegarasiga odamlarni yetkazib qo‘yish va chegarani kesib o‘tishda “yordam berish”ni va’da qilib, turli e’lonlar tarqatmoqda”.

Elchixona bu yolg‘on ekanini, Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘istonda karantin choralari, jumladan, mamlakatlarga kirish bo‘yicha cheklovlar o‘z kuchida qolayotganini ta’kidladi.

“Afsuski, shu kunlarda Samara viloyatidagi Bolshaya Chernigovka qishlog‘i, Orenburg viloyatidagi Buzuluk tumani va Sol-Iletsk shahrida O‘zbekiston fuqarolarining yana to‘planishi kuzatilmoqda. Ularning ko‘pchiligi yolg‘on xabarlarga ishonib Rossiyaning turli hududlaridan kelgan va Qozog‘iston orqali vatanimizga qaytish istagini bildirmoqda”, -deyiladi xabarda.

Elchixona muhojirlarni bir yerga to‘planish koronavirusga chalinish ehtimolini kuchaytirishi to‘g‘risida ogohlantirdi.

Ayni paytda...

Joriy yilning 6 iyulidan 19 iyuligacha 19 ta reys orqali xorijdagi o‘zbekistonliklar yurtiga olib kelinadi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati o‘z Telegram-kanali orqali ma’lumot tarqatdi.

Xorijdagi o‘zbekistonliklarni vatanga olib kelish bo‘yicha navbatdagi charter reyslari jadvali Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq ravishda tasdiqlangan.

Jadvalga ko‘ra, 6 - 12 iyul kunlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha reyslar amalga oshiriladi:

6 iyul – Seul-Toshkent-Seul
6 iyul – Toshkent-Moskva-Toshkent
7 iyul – Toshkent-Istanbul-Toshkent
8 iyul – Toshkent-Seul-Toshkent
8 iyul – Minsk-Toshkent-Minsk
9 iyul – Toshkent-Moskva-Toshkent
10 iyul – Seul-Toshkent-Seul
10 iyul– Toshkent-Dubay-Toshkent
11 iyul – Toshkent-Moskva-Toshkent
12 iyul – Sankt-Peterburg-Toshkent-Sankt Peterburg

13 iyuldan 19 iyulgacha esa quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha charter reyslar amalga oshiriladi:

13 iyul – Seul-Toshkent-Seul
13 iyul – Toshkent-Moskva-Toshkent
14 iyul – Toshkent-Sankt-Peterburg-Toshkent
15 iyul – Moskva-Toshkent-Moskva
15 iyul – Toshkent-Seul-Toshkent
16 iyul – Istanbul-Toshkent-Istanbul
17 iyul – Toshkent-Nyu-York-Toshkent
18 iyul – Toshkent-Moskva-Toshkent
19 iyul – Toshkent-Vladivostok-Toshkent

Yurtga qaytmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarga o‘zlari yurgan mamlakatlardagi O‘zbekiston elchixona va konsulliklariga murojaat qilib, ro‘yxatga yozilish taklif etilgan. Chiptalarni esa xalqaro aeroportlardagi Uzbekistan Airways kassalaridan parvozga to‘rt soat qolganda sotib olish tavsiya qilingan.

XS
SM
MD
LG