Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 07:27

“Jurnalistning 23 kundan beri karantinda ushlab turilganini botqoqqa botgan amaldorlar izohlashi kerak”


“Adabiyot” gazetasi bosh muharriri Baxtiyor Karim kasb bayrami - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunini (27 iyun) karantin hududida o‘tkazdi.

6 iyun kuni oilasi bilan O‘rtasaroy karantin lageriga joylashtirilgan, 17 iyunda Toshkent shahridagi vaqtincha karantin hududiga aylantirilgan Teri-tanosil kasalliklari klinikasiga ko‘chirilgan Baxtiyor Karimning 29 iyunda Ozodlikka aytishicha, unga payshanba, 2 iyulda ruxsat berilishini bildirishgan.

“Adabiyot” gazetasi bosh muharriri karantinda belgilab qo‘yilgan muddatdan ortiq vaqt saqlanishini yangi siyosiy partiya tuzishdagi ishtiroki bilan bog‘lagan edi.

Publitsist Sharof Ubaydullayev bilan bugungi kun jurnalistikasi ahvoliga bag‘ishlangan suhbatimizda Baxtiyor Karim bilan bog‘liq vaziyat ham tilga olindi.

“Журналистнинг 23 кундан бери карантинда ушлаб турилганини ботқоққа ботган амалдорлар изоҳлаши керак”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:27:05 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG