Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 05:38

Qozog‘iston chegarasida tranzit kutayotgan 200 ga yaqin o‘zbek muhojiri ortga qaytarilishi mumkin (VIDEO-FOTO)


Chegaradagi lagerda 200 yaqin muhojir qolmoqda. 20.05.2020
Chegaradagi lagerda 200 yaqin muhojir qolmoqda. 20.05.2020

Orenburg viloyatining Rossiya va Qozog‘iston chegarasidagi “Mashtakovo” chegara-nazorat punktida yana 200 ziyod o‘zbekistonlik Qozog‘iston orqali o‘tib ketishga yo‘l ochilishini kutmoqda.

21 may kuni Ozodlikka bog‘langan o‘zbek muhojirlari formasiz shaxslar palatkalarning mahalliy ma’muriyat qarori bilan kechgacha buzib tashlanishi bois¸ ulardan ortga qaytib ketishni talab qilayotganini bildirdi.

18 may kuni 600 nafar, 19 mayda esa yana 500 o‘zbek muhojirining Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga o‘tishi uchun maxsus tranzit yo‘lagi ochilgan edi.

O‘zbekistonning Tataristondagi bosh konsuli bu yo‘lakning bir martalik ekani va muhojirlarning karantin tugab¸ chegaralar qayta ochilgunga qadar Qozog‘iston hududi orqali boshqa o‘tkazilmasligini bildirgan edi.

"Chegarada qolganlarga ham tranzit ochilishini so‘raymiz!"

Rossiya-Qozog‘iston chegarasidagi lagerda tranzit yo‘li ochilishini kutayotgan 200 nafarga yaqin o‘zbek muhojiri Qozog‘iston orqali o‘tishga ruxsat berilmasa¸ ortga qaytishga majburlanishi mumkin.

21 may kuni Ozodlikka lagerdagilar yuborgan videoda noma’lum shaxs o‘zbek muhojirlariga o‘zbek tilida kun oxirigacha bu chodirlarning buzib tashlanishi¸ "yo‘lning 1-2 oy yana ochilmasligi" bois¸ Rossiyaning o‘zlari kelgan hududlariga qaytishdan boshqa chorasi yo‘qligini aytadi.

Bu xabarni jo‘natgan muhojirlar palatkalarning Orenburg oblasti Pervomayskiy rayoni ma’muriyati qarori bilan 21 may kuni kechga yaqin buzish taraddudi boshlanganini ta’kidladi.

20 dan ziyod palatkada kun kechirayotgan o‘zbekistonliklar 20 may kuni Ozodlikka yuborgan videomurojaatida Toshkent hukumatidan vatanga qaytish uchun Qozog‘iston orqali tranzit yo‘lini ochib berishni so‘radi:

- Bir hafta bo‘ldi o‘tirganimizga. Bizlar nima qilaylik? Qolganlar ketdi, bizlar oxirgisi. 200 taga yaqin odam qolgan. Bola-chaqamiz bor O‘zbekistonda, yordam beringlar. Moskvadan kasal yuqmasin deb qochib kelganmiz! Bizga non-suv, palatka - hech narsa kerak emas. Uyga yetvolsak bo‘ldi.

"Mashtakovo"dagi muhojirlar tranzit so‘ramoqda.
"Mashtakovo"dagi muhojirlar tranzit so‘ramoqda.

“Mashtakovo” vaqtinchalik lagerida qolayotgan o‘zbek muhojirlaridan birining Ozodlikka aytishicha¸ O‘zbekistonga qaytish uchun tranzit yo‘lagi ochilishini kutayotganlar orasida ayollar ham bor.

- Mikroavtobuslarda yurtdoshlarimizni olib ketishdi. Biz sig‘madik. “Ilinib, osilib ketishgayam tayyormiz!”, desak ham qo‘ymadi. Hozir palatkalarda yana 200 yaqin odam qoldi. Ulardan 10 tasi ayollar. Qandaydir formasiz bir rus odam kelib, “Moskvaga qaytib ket!”, dedi. “Menda pulim yo‘q, 2 oydan beri ishsiz yotibman. Qaytib ketgani boshqa variant yo‘q. Moskvada kasallik avjida”, desam, “Palatkalarni yig‘ishtirib tashlashimiz mumkin. Tekin ovqat berilmaydi - pullaringga sotib olasanlar”, degan gaplarni gapirdi. Shu yerdagi 200 yaqin odam ro‘yxatga olingan edi - qolganlarni qaytarishvoryapti.

"Маштаково"да яна 200 яқин муҳожир палаткаларда қолди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:09 0:00

U bir necha kundan beri vaqtinchalik chodirlar joylashgan hududga sovuq tushgani bois muhojirlar ahvoli yanada tanglashganini bildirdi.

- Kechasi sovuq bo‘lyapti - qavat-qavat kiyimlarni kiyib yotibmiz. Markaziy yo‘l bo‘yidagi palatkalarda yotibmiz. Oramizda taksichilar yo‘q - ular ketib bo‘ldi. Moskvaga qaytolmaymiz - ko‘chada qolib ketamiz. Bu yerda 16-19 may orasida kelganlar o‘tiribdi. Kasallarimiz bor. Mana yonimdagi yigitning tishi og‘rib, yuzi shishib ketibdi.

Suhbatdosh¸ bu lagerda qolayotganlar taqdirining nima bo‘lishi haqida O‘zbekiston mutasaddi idoralarining rasmiy tushuntirish bermayotgani vaziyatni yanada chigallashtirayotganini qo‘shimcha qildi.

Vaqtinchalik lagerda yashovchilar yaqin atrofdagi shaharlardagi muhojirlar kuniga bir mahal yegulik yetkazib olib kelayotganini ham bildirdi.

O‘zbek migrantlari uchun chegarada palatkali lager tashkil etildi.
O‘zbek migrantlari uchun chegarada palatkali lager tashkil etildi.

O‘zbekiston Bosh konsuli:"Boshqa fuqarolarni o‘tkazolmaymiz!"

O‘zbekistonning Tataristondagi bosh konsuli Fariddin Nasriyev 17 may kuni mahalliy matbuotga Qozog‘iston chegarasida to‘planganlarga O‘zbekistonga o‘tish uchun istisno tariqasida bir marta ruxsat berilganini bildirgan edi.

- Fuqarolarga qaytadan murojaat qilmoqchiman. Chegara yopiq va hozir fuqarolarimizni faqat bir marta istisno tariqasida olib o‘tyapmiz. Bunday natijaga erishish biz uchun oson bo‘lmadi. Fuqarolarimizni O‘zbekistonga olib o‘tish uchun hukumatimiz Qozog‘iston, Rossiya bilan muzokaralar olib bordi. Bu – ertaga yana kimdir kelsa, o‘tkazib yuboramiz, degani emas.

Qaytmoqchi bo‘lgan boshqa fuqarolar chegara yaqiniga kelishsa, ularni o‘tkazolmaymiz. Ular doimiy yoki vaqtinchalik yashash joylariga qaytib turishlarini so‘raymiz. Tashkil qilingan charter reyslar uchun ro‘yxatdan o‘tib, navbati kelganda O‘zbekistonga kirib kelishlari mumkin, dedi o‘zbek konsuli.

Ayni suhbatda o‘zbekistonliklarning faqat maxsus avtobuslarda kolonna qilib olib o‘tilishi, shaxsiy avtomobillarda o‘tishga ruxsat yo‘qligini ham aytgan. Nasriyev Rossiya, xususan Tataristonda xorijlik ishchilar uchun yangi ish o‘rinlari ochilgani bois¸ o‘zbek muhojirlarini Rossiyada qolishga da’vat qilgan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19 may kuni tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida hukumat sa’y-harakati bilan “xorijdan 39 ming odam qaytarilgani, yana 12 mingi olib kelinishini ta’kidladi.

XS
SM
MD
LG