Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 13:28

Klaster-mojaro: Paxta zavodi 39 ishchisiga iyul-avgust uchun 117 000 000 so‘mlik ish haqini to‘lamayapti


Ишчилар мурожаати
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:27 0:00

2019 yilning bahorida “Shahrisabz-tekstil” MChJ tasarrufiga o‘tkazilgan Yakkabog‘ paxta tozalash zavodining (Qashqadaryo viloyati) 39 ishchisiga o‘tgan yilning 16 iyulidan 1 sentabrigacha ishlagani uchun ish haqi 8 oydan buyon to‘lanmayapti.

Klaster korxona ma’muriyati vakili ish haqi to‘lanmayotganini tan oldi, biroq pul to‘lanadigan konkret muddatni ayta olmadi.

Ozodlik qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini klasterlashtirishga zo‘r berish ortidan yuzaga kelayotgan muammolar haqida shu paytgacha o‘nlab maqola e’lon qilgan.

“Men Yakkabog‘ paxta tozalash zavodida ishlaganimga 2 yil bo‘luvdi, 2019 yili bahorda hammamizni ishdan bo‘shatishdi. Zavod klasterga o‘tadi deyishdi. Keyin yozda yana chaqirishdi. 16 iyuldan 1 sentabrgacha ishladik. Oyiga 2 milliondan to‘laymiz deyishgan. 1,5 oyga 3 million berishlari kerak edi. Haligacha berishmayapti”.

Bu gapni Ozodlikka 29 aprelda aytgan ishchi ayol (ismi aytilmasligini so‘radi) hamkasblari bilan birga bir yarim oy davomida zavod hududini supurib-sidirish, paxta buntlariga yopiluvchi brezentlarni tikish kabi ishlarni bajargan. Shikoyatini davom ettirar ekan, ishchi ayol yana bunday dedi:

Ishimiz 15 dekabrda to‘xtagan. O‘shandan beri oyliksiz o‘tiribmiz.

“Keyin, 1 sentabrdan boshlab ishladik. Yangi paxta keldida. Har yili paxta martgacha yetardi. Ya’ni martgacha ishlardik. Bu yil yangi xo‘jayinlar paxtani bir joyga jo‘natvorib, erta tugab qoldi. Ishimiz 15 dekabrda to‘xtagan. O‘shandan beri oyliksiz o‘tiribmiz. Yozda 45 kun ishlaganimizni berishmayapti. Bu yoqda virus degan vahima. Tirikchiligimiz nima bo‘ladi?”

Zavodning yana bir ishchisi (erkak) ham ayol hamkasbidan eshitganlarimizni aynan takrorladi. Farqi bittagina: u brezent tikmagan, balki 8 kishilik ta’mirchilar brigadasi safida ishlab, zavod uskunalari ta’miri bilan shug‘ullangan.

Zavod ishchilaridan quyidagi videomurojaat ham keldi:

Ишчилар мурожаати
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:27 0:00

45 kunlik ish haqini 8 oydan beri ololmayotgan 39 ishchi “O‘zbekiston Respublikasi bandlikka ko‘maklashish markazi”ga (adresat shunday yozilgan) shikoyat ham yozgan.

Shikoyatnomani imzolab, uning nusxasini Ozodlikka jo‘natgan ishchining aytishicha, “Ariza elektron portal orqali jo‘natilganiga 3 hafta bo‘ldi, natija yo‘q”.

2019 ning 16 iyulidan 1 sentabrigacha jami bo‘lib necha kishi ishlatilganiyu ular zavod rahbariyatidan necha pul talab qilayotganiga oid ma’lumotni Ozodlik o‘sha shikoyatnomadan oldi.

Ishchilardan Ozodlikka boshqa audio va videofayllar ham keldi. Ulardan birida ishchining “Shahrisabz-tekstil” buxgalteridan, ikkinchisida rahbaridan oyligini so‘ragani aks etgan. Buxgalter ham, boshliq ham “o‘rganaylik, tekshiraylik” degan va’dalar bilan qutuladi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:44 0:00
Бевосита линк

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:13 0:00
Бевосита линк

21 daqiqalik videoda esa, bir katta xonada qandaydir boshliqning 10 dan ortiq yigit bilan muloqoti aks etgan. Muloqot mazmunidan gap yana 45 kunlik ish haqi ustida ketayotgani tushuniladi. Quyida o‘sha videodan parcha:

Берилмаган пуллар масаласида учраашув
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:11 0:00

Videoni Ozodlikka jo‘natganlarning yozishicha, unda “Shahrisabz tekistil MChJ vakili Bahrom aka bilan Yakkabog‘ paxta tozalash zavodida 2019 yilda remontni amalga oshirib, ish haqini ololmagan ishchilar va ularning brigadiri Baxriddinov Tohir o‘rtasida bo‘lgan suhbat” aks etgan.

“Shahrisabz-tekstil” rahbariyati vakili (uning aytishicha, “Shahrisabz-tekstil” MChJ 2020 yil, 1 yanvardan boshlab “Oqsaroy-klaster” MChJga aylangan) Ozodlik savolini eshitishi bilanoq bunday dedi:

Nachisleniye qilingan, to‘lash arafasida.

“Nachisleniyr qilingan, to‘lash arafasida, ozroq kartoteka bo‘lib qoluvdi, hisob raqami yopilib qoluvdi, pul chiqimi bo‘lmay qolib, shunday ozroqqina muammo paydo bo‘lib qoluvdi...”

Korxona rahbariyati vakilining mutaxassislargina tushuna oladigan bu gapini bo‘lib, “Pul qachon beriladi, konkret muddat ayta olasizmi?” deb so‘radik va mana bu javobni eshitdik:

Rahbariyat ularning ishlaganini isbotlagandan keyin to‘lab beradi.

“Konkret muddat ayta olmayman hozir. Lekin rahbariyat ularning ishlaganini isbotlagandan keyin to‘lab beradi”.

“Shahrisabz-tekstil”, endilikda “Oqsaroy-klaster” rahbari Sanjar Jabborov qo‘ng‘iroqlarga javob bermadi. Telegram orqali berilgan savollarni ham javobsiz qoldirdi.

Ish haqini ololmayotganlarning “O‘zbekiston Respublikasi bandlikka ko‘maklashish markazi”ga yozgan arizasida Yakkabog‘ paxta tozalash zavodi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil, 19 sentabrdagi Paxta to‘qimachilik ishlab chiqarishini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qaroriga binoan “Shahrisabz-tekstil” MChJ ga (klaster korxonasi) o‘tkazib berilgan.

Yakkabog‘ paxta tozalash zavodining 39 ishchisiga 1,5 oylik ish haqi – jami 117 000 000 so‘m 8 oydan beri to‘lanmayotganiga asosiy sabab aynan shu qaror bilan, ya’ni ishlab chiqarish korxonalarini klasterlarga birlashtirilganimi yoki shunchaki loqaydlikmi, buni Ozodlik aniqlay olmadi.

Biroq “klasterlashtirish” bilan bog‘liq muammolar bu jarayon boshlangandan beri har qadamda chiqayotgani to‘g‘risida Ozodlik o‘nlab maqolalar yoritganki, ularni shu sahifada, “Aloqador” ruknida o‘qishingiz mumkin.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG