Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 12:25

Ikkinchi bor 4 yilga qamalgan "Shuhrat Dombrabadskiy"zonada “raskrutka” qilindi


Shuhratilla Nosirov
Shuhratilla Nosirov

Umrining 23 yilini qamoqda o‘tkazgan va ozod qilinganidan keyin yana Ozodlikdan mahrum qilingan 62 yashar Shuhratilla Nosirov zonaga etap qilinishi bilanoq "muassasa tartibini buzdi" deya ogohlantirish oldi.

Bu haqda u 5 fevral kuni o‘zining advokati Umid Davletovga shikoyat qilgan.

Nosirovning qarindoshi Shahnoza Nosirovaning Ozodlikka aytishicha¸ mahkum joriy yilning 23 yanvar kuni Toshturmadan (Birinchi tergov hibsxonasi) dan Navoiy viloyati Zarafshon shahridagi 12 sonli jazoni o‘tash muassasasiga olib borilgan:

-Zonaga borishi bilan narusheniya qo‘yishdi. 23 yanvarda opketildi zonaga. 24 yanvar kuni uje ayb qo‘yishdi. Sumkasida soqol oladigan ustara bor deb narusheniya yozishdi. Buni otini raskrutka deyiladi. Mahkum manzil koloniyaga chiqarilmasin¸ amnistiyaga tushmasin afv qilinmasin deb ataylabdan qilishadi.

Шаҳноза Носирова билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:26 0:00
Бевосита линк


Mahkum Nosirov o‘z advokati bilan suhbatda¸ zonadagi tartibni buzmagani va “qoidani buzdi degan ogohlantirish” o‘rinsiz ekanligini aytgan.

Advokat bu yuzasidan O‘zbekiston IIV JIEBB 12 sonli JIEKB (Jazoni ijro etish koloniyasi) boshlig‘iga so‘rovnoma jo‘natgan ammo javob ola olmagan(so‘rovnoma nusxasi Ozodlikda bor).

Nosirovning qarindoshi Shahnoza Nosirova iddaosiga ko‘ra 12 sonli JIEKB xodimi “narusheniyani yozmaslik uchun pora so‘ragan”

- Adamiz Shuhratilla Nosirov kolonkaga (manzil koloniya) chiqishi kerak edi. Shuni chiqarmaslik uchun ataylab sumkasiga soqol oladigan britva tashlab narusheniya yozib raskrutkaga tayyorlashyapti. Bizdan ochiqcha pora so‘rashdi. Narusheniyani bekor qilish uchun¸ deya iddao qildi Shaxnoza Nosirova.

Ozodlik 8 fevral kuni o‘zini Rahmatov deb tanishtirgan 12 sonli JIEK (Jazoni ijro etish koloniyasi) vakili bilan gaplashib “ta’magirlik” haqidagi Nosirova iddaosi yuzasidan izoh so‘radi.

Rahmatov mahkum Nosirovning advokatidan 5 fevral kuni so‘rovnoma olganligini tasdiqlash bilan kifoyalandi.

IIV JIEBB (Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasi) bilan bog‘lanishni iloji bo‘lmadi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo viloyat sudining 2019 yil 24 dekabr kuni chiqarilib¸ joriy yilning 20 yanvaridan kuchga kirgan ajrimiga binoan 62 yashar Shuhratilla Nosirov 4 yil qamoqda jazo o‘tashi lozim.

Nosirov ayni sudning 2019 yil 13 sentabridagi hukmi bilan Jinoyat kodeksining 145-moddasining 1-qismi ("Vijdon erkinligini buzish"), 165-moddasi 3-qismining “a” bandi ("Tovlamachilik"), 227-moddasi 2-qismining "a" bandi ("Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish") da aybdor deb topilgan edi.

(Sud hukmi nusxasi Ozodlikda bor)

Koloniyada uni ko‘rib kelgan advokatning Ozodlikka 8 fevral kuni aytishicha Nosirov bu ayblarni tan olmaydi va adolat qaror topib masala prezident nazoratiga olinishidan umid qilmoqda.

Nimada ayblandi?

Shuhratilla Nosirov “masjidning diniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlikda” ayblandi.

Nosirov hibsga olinishidan uch hafta o‘tib¸ 2018 yil 1 iyulida "O‘zbekiston-24" telekanali u haqida "Manmanlikning oxirgi bekati" nomli hujjatli filmni namoyish qilgan edi.

YouTube tarmog‘iga joylashtirilgan filmda Shuhratilla Nosirov va uning akasi o‘ta og‘ir jinoyatchi sifatida tasvirlanadi.

Tergov materiallari asosida tayyorlangan mazkur filmda da’vo qilinishicha, aka-uka Nosirovlar Toshkent shahar, Chilonzor tumanidagi "Nosirxon" jome masjidini "muqaddam o‘z hisoblaridan qurdirganliklarini aytib, uni o‘zlarining shaxsiy mulkiga aylantirishga uringan".

Toshkentliklar orasida "Shuhrat Dombrabadskiy" nomi bilan tanilgan Shuhratilla Nosirov 90-yillarda "o‘g‘irlangan mashinalarni topib beradigan" avtoritet sifatida ko‘rilgan.

U 1993 yili Toshkent shahar sudi tarafidan uyushgan jinoyatchilikda ayblanib, 15 yilga ozodlikdan mahrum qilingan va ikki "raskrutka" bilan jami 23,5 yil qamoqda o‘tirgan.

Dastlabki hukmda ta’kidlanishicha, Shuhratilla Nosirov "avtomobil vositalarini olib qochish, boshqalar mulkini tortib olish, tamagirlik, o‘g‘rilik, mol-mulkka qasddan ziyon yetkazish, yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish va qurilish mollarini noqonuniy o‘zlashtirish"da aybdor deb topilgan.

Nosirov 2016 yil 18 avgustda Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi qarori bilan, muddati tugagani bois qamoqdan ozod qilingan edi.

Ozodlik gaplashgan yaqinlari, qamoqdan chiqqandan keyin Shuhrat Nosirovning "hech kimga qo‘shilmay, osuda" hayot kechirib kelganini bildirgan edi.

XS
SM
MD
LG