Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 00:41

Blogerning Andijon shahar hokimligi matbuot kotibi ustidan shikoyati sudga oshdi


Human.uz axborot portali rahbari, jurnalist va bloger Xurshid Daliyevning Andijon shahar hokimligi mulozimi ustidan shikoyati sudga oshdi.

Daliyev ikki oy avval hokimlik matbuot xizmati boshlig‘i Gulshanoy Qo‘chqorovani uni tahqirlovchi post qo‘yganlikda ayblab, huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgandi.

Gulshanoy Qo‘chqorova Ozodlik bilan suhbatda bloger Daliyev sha’niga yozgan posti jahl ustida qo‘yilgani va keyinchalik uni o‘chirib tashlaganini aytdi.

Xurshid Daliyevning shikoyat arizasi bo‘yicha Andijon shahar ma’muriy ishlari sudida 6 yanvarga belgilangan mahkama 8 yanvarga qoldirildi.

Bloger Xurshid Daliyev
Bloger Xurshid Daliyev

Bu haqda xabar qilgan Daliyevning Telegramdagi “Muxbir Daliyev” kanalida sudning qoldirilgani sabablari ochiqlanmagan.

Ushbu kanaldagi ma’lumotlarga ko‘ra, Xurshid Daliyev 2019 yilning noyabri boshida Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati rahbari Gulshanoy Qo‘chqorova ustidan huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan.

Daliyev Andijon shahar hokimligining Telegramdagi Andijon 24 kanali orqali uning sha’niga nisbatan haqoratli postlar e’lon qilinganidan so‘ng huquq-tartibot idorasiga shikoyat yozgan.

Telegramdagi “Muxbir Daliyev” kanali hokimlik kanalidagi postlardan birining skrinshotini e’lon qilgan.

Noyabrda e’lon qilingan ushbu postda hokimlik matbuot xizmati Telegramdagi “Muxbir Daliyev” kanaliga kirmaslikka chaqirgan. Postda Daliyev xoinlik va g‘alamislikda ayblangan. Shuningdek, Daliyevning ta’qiqlangan “Hizbut Tahrir” diniy oqimi a’zosi ekani aytilgan.

Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati rahbari Gulshanoy Qo‘chqorova 6 yanvar kuni Ozodlik bilan suhbatda o‘sha postni jahl ustida yozganini ta’kidladi:

- O‘zbekistonimda qonun bor ekan, “Haqorat qilmasdan gapirasan” degan. Men bo‘ysunaman. Chunki bu vatanimning qonuni. Men isqirt, g‘alamis, xoin degan so‘zlarni ishlatib yozganman. Bu mening xatoim. Haqiqatan xatoim. Bu jurnalistik etikaga umuman to‘g‘ri kelmaydigan narsa. To‘g‘ri bunaqa qilish kerak emas. Qizishib ketib yozganlarimni men tan olaman.

Gulshanoy Qo‘chqorova “bloger Daliyevning shahar hokimligiga qaratilgan sarkastik postlaridan jahli chiqqani” sabab o‘sha haqoratli postni yozgani va shahar hokimining talabi bilan bu postni o‘chirib tashlaganini bildirdi.

Qo‘chqorovaning aytishicha, u Xurshid Daliyevning Feysbukdagi profil suratiga Xitoy zulmidan aziyat chekayotgan uyg‘urlarni qo‘llash ramzi

Xurshid Daliyevning Feysbukdagi profil surati
Xurshid Daliyevning Feysbukdagi profil surati

sifatida uyg‘urlar bayrog‘ini qo‘ygach, uni “Hizbut Tahrir” diniy oqimiga aloqador degan fikrga borgan. Boisi Qo‘chqorova "dastlab bu bayroqni terrorchilar bayrog‘i" deb o‘ylagan:

- U bayroqning qanaqaligini bilmaganman. Men qarasam hammasi bitta o‘sha bayroq bilan. O‘sha bayroq ostida Bin Laden, bizning O‘zbekistonimizga qarshi ishlar olib borayotganlarni ham o‘sha bayroq ostida ko‘rdim. Buyam shu bayroq ostida, demak xoin ekanda degan ma’noga borib, men to‘g‘risi xomlik qilganman va shu postni chiqarganman.

Gulshanoy Qo‘chqorova bilan suhbatni quyida to‘liq tinglashingiz mumkin:

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:30 0:00
Бевосита линк


Bloger Daliyevning hokimlik mulozimi Qo‘chqorova ustidan shikoyati asosidagi mahkama 8 yanvar kuni soat 11:00ga belgilangan.

Oliy sud matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Gulshanoy Qo‘chqorovaga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 40-moddasi (Tuhmat) va 41-moddasi (Haqorat qilish) bo‘yicha ish ochilgan.

Ayni paytda

Andijon shahar hokimligi matbuot kotibi Gulshanoy Qo‘chqorovaga qo‘yilayotgan ayblovlar bilan andijonlik bloger Abdufatto Nuriddinov Yangi yil bayrami arafasida 15 sutkaga qamaldi.

4 yanvar kungi sud majlisida bloger Abdufatto Nuritdinovga chiqarilgan 15 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi to‘g‘risidagi hukm o‘zgarishsiz qoldirildi​.

Bloger Abdufatto Nuritdinov Facebook tarmog‘ida Otabek Nuritdinov taxallusi ostida Andijon viloyatidagi ijtimoiy-siyosiy voqealarga keskin tanqidiy munosabatini bildirib kelayotgandi.

XS
SM
MD
LG