Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 03:29

Paxta-2019: Harbiy institut kursantlari ikki oydan beri haqorat va tahdidlar ostida paxta termoqda (VIDEO)


Illyustrativ surat (Shovotdagi harbiy qism askarlari paxta termoqda)
Illyustrativ surat (Shovotdagi harbiy qism askarlari paxta termoqda)

“Xolikov Yo‘ldoshning so‘kinishlaridan, uning qadr-qimmatimiz, insoniy huquqimizni toptashidan charchadik. Munosib chora ko‘rilishini xohlaymiz. Bunday xatti-harakatlar prezident siyosatiga ham qarshi ketish hisoblanadi. Yordam beringlar!”

Bu murojaat Ozodlikka Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti kursantlaridan keldi.

Ikki oydan beri Sirdaryoda paxta terayotganini yozgan talabalar Ozodlikka video ham taqdim etdi. Videoda oliygoh rahbarlaridan biri talabalarni bo‘ralab so‘kayotgani, ularni haqorat qilayotgani aks etgan.

Kursantlarning aytishicha, videoda ularni so‘kayotgan erkak institut rektorining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosaridir.

Ikki oydan buyon Sirdaryo viloyatida paxta terayotgan Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining talabalari oliygoh rahbariyatining qo‘pol munosabatidan Ozodlikka shikoyat qilishdi:

“Biz Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining kursantlarimiz. Yordam beringlar”, deya kursantlar Ozodlikka bir videoni jo‘natgan.

Aftidan yashirincha olingan videoda bir erkakning kursantlarni bo‘ralatib so‘kayotgani aks etgan.

“Bajarmasang, Oysha xolangnikiga tiqaman suka.

Yozib olasanmi, enangga aytasanmi, buvingga aytasanmi?

Qo‘t..g‘imni boshiga bor, nax…, suka, bl…d

Bor ayt, urod, d…bayeb,

Ko‘tingga tiqasan, suka, g..don, b..yad,

Eshshak, b..yad, suka”

Qariyb 2,5 daqiqalik video davomida bu kabi so‘kishlar o‘nlab marta takrorlanadi.

Ҳарбий талабалар пахта теримида таҳқирланди, уларга таҳдид ҳам қилинди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:14 0:00

Videoni jo‘natgan kursantlar iddaosiga ko‘ra, videoda ularni so‘kayotgan erkak institut rektorining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Yo‘ldosh Xoliqov bo‘ladi.

“Xolikov Yo‘ldoshning so‘kinishlaridan, uning qadr-qimmatimiz, insoniy huquqimizni toptashidan charchadik. Munosib chora ko‘rilishini xohlaymiz. Bunday xatti-harakatlar prezident siyosatiga ham qarshi ketish hisoblanadi. Yordam beringlar!”, deyiladi mazkur oliygoh talabalari tomonidan Ozodlikka yo‘llangan maktubda.

Yo‘ldosh Xoliqov ekani aytilayotgan shaxs video davomida paxta rejasini bajara olmagan talabalarni oliygohdan haydash bilan tahdid qiladi:

“Tur yo‘qol bu yerdan, boringdan yo‘g‘ing yaxshi.

Raportingni yoz, ket bor.

Senga o‘xshagan kerakmas bizga.

Ko‘tingga ham tiqqin, bore d…baev, suka, b..d, yeb…n”.

Talabalarga ko‘ra, videodagi holat 7 noyabr kuni kechqurungi naryad payti suratga olingan.

Videodan anglashilishicha, so‘kayotgan kishi talabalarni bir-birma o‘rtaga olib chiqib, urishadi. Aftidan talabalar kaltak ham eydi.

“Buyoqqa chiq g..don, b..yad.

Onangni a...ga ketayapsanmi, tur buyoqqa”, deydi so‘kayotgan kishi.

Ozodlik 11 noyabr kuni Yo‘ldosh Xoliqov bilan bog‘lana olmadi.

Oliygoh xodimlaridan olingan ma’lumotga ko‘ra, Xoliqov ikki oydan beri talabalar bilan birga Sirdaryoda.

“Xoliqov Yo‘ldosh kursantlar bilan ikki oy avval paxtaga ketgan. Bugun ham dalada ekan. Hozir shtabga telefon qildik. U kursantlar bilan paxta dalasiga ketibdi”, dedi oliygohning o‘zini tanishtirmagan xodimi.

Ozodlik muxbiri oliygoh xodimlaridan radioga jo‘natilgan video bo‘yicha izoh so‘radi.

Biroq oliygoh rahbariyati paxtada bo‘lgani sabab rasmiy izoh bera olmasligini aytishdi Ozodlik bog‘langan institut xodimlari.

“Institutda bizdan boshqa hech kim yo‘q. Hamma paxtada. Biz navbatchilarmiz. Biz bu video bo‘yicha izoh berishga haqqimiz yo‘q. Yaxshisi Mudofaa vazirligiga murojaat qiling”, dedi oliygohning o‘zini tanishtirmagan xodimi.

Ozodlik muxbiri 11 noyabr kuni Mudofaa vazirligining o‘ndan ziyod xodimi bilan telefon orqali bog‘landi. Biroq ularning birortasi videodagi holatni izohlashni istamadi.

Ozodlik Mudofaa vazirligining Axborot va ommaviy komunikatsiyalarlari departamentining Feysbukdagi sahifasida ham ma’lumot qoldirib, video bo‘yicha izoh so‘radi. Hozircha bunga ham hech qanday ko‘rinishda javob bo‘lmadi.

Joriy yil Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakulteti Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti etib qayta tashkil etildi.

Oliygoh ofitser kadrlar tayyorlash bilan shug‘ullanadi. Oliygohda o‘qish ikki yillik bo‘lib, talabalar birinchi o‘quv yilining ikki oyini dalada o‘tkazdi. Hozircha ularning qachon daladan qaytishi ham noma’lum.

Shovotdagi harbiy qism askarlari paxta terimida. Tushlik paytida ovqatga navbatga turishibdi.
Shovotdagi harbiy qism askarlari paxta terimida. Tushlik paytida ovqatga navbatga turishibdi.

Harbiy xizmatni dalada o‘tayotganlar

Hukumat joriy yilgi paxta mavsumida majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmasligiga va’da qilganiga qaramay, ishchi-xizmatchilar paxtaga majburan haydalgani kuzatilmoqda.

Viloyatlardagi ko‘plab tashkilotlar xodimlaridan "o‘z xohishi bilan paxtaga chiqishi" haqida majburiy tilxatlar olindi.

Tashkilotlar xodimlariga paxtaga chiqmasa, ishdan haydalish bilan tahdid qilinmoqda.

Paxta terimiga harbiylar, ichki ishlar xodimlari va mahkumlar ham jalb etilgan.

13 oktabr kuni Sirdaryo viloyat, Boyovut tumaniga paxta terimiga olib chiqilgan harbiylardan ikki nafarini traktor bosib ketdi.

Harbiy xizmatga Farg‘ona vodiysidan chaqirilgan bu ikki askar voqea joyida halok bo‘ldi.

Bir oylik harbiy xizmatga yuborilganlarning ayrimlari, harbiy xizmat o‘rniga paxta terimiga chiqarilganidan shikoyat qilmoqda.

XS
SM
MD
LG