Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 15:26

OzodTa'sir: Chet elga ishga jo‘nataman deb 700 kishining pulini olgan “Human"ning litsenziyasi to‘xtatildi


O‘zbekistonda 59 shirkat ishchilarni xorijga yuborishga ruxsat olgan
O‘zbekistonda 59 shirkat ishchilarni xorijga yuborishga ruxsat olgan

18 sentabrda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Germaniya va Chexiyaga ishchi yollab, jo‘natmagan, ishchilarning pullarini qaytarib bermagan “Human xususiy bandlik agentligi” MChJ litsenziyasini vaqtincha to‘xtatganini e’lon qildi.

Tilga olingan xususiy agentlik litsenziyasining to‘xtatilishi 13 va 17 sentabr kunlari Ozodlikda chop etilgan xabarlari ortidan ro‘y berdi.

“Human xususiy bandlik agentligi”ning ishga joylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanishga berilgan litsenziyasi amal qilishi vaqtincha to‘xtatilgani borasida O‘zbekiston Mehnat vazirligining Telegram rasmiy kanalida e’lon qilindi.

Xabarda aytilishicha, “Human xususiy bandlik agentligi” MChJ ustidan vazirlikka ko‘plab fuqarolar tomonidan norozilik mazmunidagi murojaatlar kelib tushgani, tashkilot Germaniya va Chexiyaga deb yollangan ishchilardan olingan pullarini qaytarib berish bo‘yicha o‘ziga olgan majburiyatni bajarmagani aniqlangani aytilgan.

“Shu munosabat bilan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentabrdagi 725-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomining 45 va 46-bandlariga muvofiq, “Human xususiy bandlik agentligi” MChJ litsenziyasining amal qilishi 10 ish kuni muddatiga to‘xtatilganligi to‘g‘risida qaror qabul qildi”, deyiladi rasmiy xabarda.

Vazirlik yuqorida belgilangan 10 kunlik muddat ichida fuqarolarga mablag‘larini qaytarib berish talabini qo‘ydi. Aks holda litsenziya bekor qilinishi masalasi ko‘rib chiqilishi aytildi.

Mehnat vazirligi o‘zbekistonliklarni xususiy bandlik agentliklari bilan shartnoma imzolashda e’tiborli bo‘lishga, shartnoma shartlarini to‘liq o‘rganib chiqib, qo‘l qo‘yishga da’vat etdi.

Toshkentdagi “Human xususiy bandlik agentligi” Germaniya va Chexiyaga jo‘nata olmagan 700 nafarga yaqin ishchilardan olingan pullarni dushanba, 16 sentabr kuni qaytarish to‘g‘risida va’da bergan edi. Biroq, “Human xususiy bandlik agentligi” rahbariyati o‘z va’dasidan chiqmagani va ishchilar mablag‘lari na dushanba va na seshanba kuni berilgani ortidan 70 ga yaqin o‘zbekistonlik seshanba, 17 sentabr kuni O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining Mustaqillik maydonidagi bosh idorasiga o‘z noroziligini ifoda qilish uchun borgan edi.

O‘z haqlarini talab qilgan o‘zbek ishchilari shikoyat arizalari Yakkasaroy tuman Ichki ishlar bo‘limi, Vazirlar Mahkamasining Fuqarolar bilan ishlash bo‘limi va Mehnat vazirligida qabul qilinib, masala ijobiy hal etiladi, deb va’da berilgan edi.

Agentlikning ishchilarga bergan izohiga ko‘ra¸ Chexiya va Germaniya ish vizasi bermagani yuzlab o‘zbekistonlik bilan tuzilgan shartnomaning amalga oshmay qolganiga sabab bo‘lgan.

Germaniyaga deb O‘zbekistonning turli burchaklaridan yollangan 197 nafar o‘zbekistonlikning har biri agentlikka 35 million so‘mdan pul to‘lagan.

Toshkentdagi boshqa bir vositachi shirkatga 1000 dollar xizmat haqi to‘lab Bolgariyaga ishga kelgan besh o‘zbekistonlik ko‘chada qolgan edi.

Work in World xususiy bandlik agentligi 800 yevrolik oylik¸ kamida bir yillik mehnat shartnomasi¸ tekin turar-joy va oziq-ovqat va’dasi bilan ularni Bolgariyaga yuborgan.

Avgustda O‘zbekistonda ishga joylashtirish bilan shug‘ullanganToshkent, Samarqand, Navoiy va Farg‘ona viloyatidagi 8 ta xususiy agentlik faoliyati taftish etilgani xabari chiqqandi.

XS
SM
MD
LG