Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 02:38

Namanganda shahar yo‘nalishlaridan Damaslar siqib chiqarildi


Namanganlik yo‘lovchilar avtobus kutmoqda.
Namanganlik yo‘lovchilar avtobus kutmoqda.

23 aprel kuni yo‘nalishda qatnovchi Damas avtomobillarining Namangan shahriga kirishi taqiqlab qo‘yilgani to‘g‘risidagi videoxabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqadi.

Namangan shahar hokimligi mulozimi bu xabarni tasdiqlar ekan, holatni Damaslar o‘rniga avtobuslardan foydalanishga o‘tish yo‘lida so‘nggi yillarda olib borilayotgan siyosat bilan bog‘ladi.

Наманган. Шаҳар йўналишларидан Damasлар сиқиб чиқарилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:31 0:00
Бевосита линк

Namanganlik Damas haydovchilaridan biri ijtimoiy tarmoqlarda “Bugundan boshlab Damaslarni Loladan ichkariga o‘tkazishmayapti”, degan videoxabarni e’lon qildi.

Наманганлик Дамас ҳайдовчисининг мурожаати
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:29 0:00
Бевосита линк

Lola – Namanganga Andijon tomondan kelishdagi katta guzar, shaharning cheti.

Haydovchi o‘z videoxabarini yo‘l chetida qator tizilib turgan o‘nlab Damaslar fonida yozgan. U “krediti bor, uyida kasallari bor” hamkasblari ishsiz qolayotganidan zorlanadi.

Namangan shahar hokimligi Axborot xizmati xodimi (Otabek) Damaslar shaharga kiritilmayotganini tasdiqladi:

- To‘g‘ri, Damaslar shaharga kiritilmayapti. Lekin bu - shaharda Damaslar umuman yo‘q, degani emas, pana-pastqam ko‘chalardan yurib ishlashayapti.

Ayni paytda, shahar hokimligi mulozimining so‘zlariga qaraganda, Damaslarni shaharga kiritmay qo‘yish bir kechada, to‘satdan qabul qilingan qaror emas. Bu masalaga oid dastlabki hujjat – Namangan viloyat hokimining farmoyishi bundan 3 yil muqaddam – 2016 yilning 23 fevralida chiqqan. Bu hujjat oradan bir yil o‘tib kuchga kirgan va shahar hokimligi bu masala bilan shug‘ullanishni boshlagan. Va Damaslarga shahar ichida ishlash uchun litsenziya berish 2017 yildan boshlab to‘xtatilgan.

Damaschilarga shahar ichida ishlashga litsenziya berish 2017 da to‘xtatilgan bo‘lsa, norozilik nega aynan bugun paydo bo‘ldi?

Shahar hokimligi mulozimi bu savolni avtotashuvlarga litsenziya beruvchi O‘zbekiston transport agentligiga (“Daryotrans”) berishni tavsiya qildi.

“Daryotrans”ning Namangan shahridagi vakili Ozodlik savolini eshitib-eshitmayoq aloqani uzib qo‘ydi, Telegram orqali ham javob bermadi.

Damaslar o‘rniga kreditga olingan Isuzular

Namanganlik haydovchilardan kelgan yana bir xabar muallifi shaharga Damaslarning kiritilmayotganini “shaharga keltirilgan avtobuslar kreditini qoplash uchun aholi majburan avtobusda yurishga majbur qilinayotgani” bilan izohlagan.

Namangan shahar hokimligi Axborot xizmati xodimining bildirishicha, shu kunda shaharda yo‘lovchilar 150 tadan ortiq Isuzu avtobuslarida tashilmoqda.

2016 yilning 26 iyulida (viloyat hokimining Damaslarga oid farmoyishi chiqqanidan 5 oy o‘tib) Uz24.uz sayti Namnews.uz saytiga tayanib, Namanganlik tadbirkor, "Turon-95 MBI" MChJ rahbari Borillo Murodov tomonidan viloyatga 50 ta "Isuzu" rusumli avtobuslar olib kelingani, ular 4, 17, 23, 1-yo‘nalishlarga qo‘yilgani to‘g‘risida xabar qilgan edi.

Xabarda¸ tadbirkorga tayanib aytilishicha, avtobuslar bankdan 4 yil muddatga olingan 4,6 milliard so‘m kredit evaziga olib kelingan va haydovchilikka ko‘p yillik tajribaga ega 50 kishi ishga qabul qilingan.

Xabarda "Turon-95 MBI" MChJ rahbari Borillo Murodov​ning mana bu so‘zlari ham keltirilgan:

"Namangan shahrida Damas avtoulovlari haddan ziyod ko‘payib ketdi. Bunga qarshi emasmiz, biroq, kirakashlarimizning aksariyati harakat xavfsizligiga rioya qilmaydi, sababi ularning ko‘plari tajribaga ham, ruxsatnomaga ham ega emaslar. Yana bir gap: ayrim magistral ko‘chalarimiz ta’mirtalab. Ana shu muammolarni hal etishda mutasaddi tashkilotlardan amaliy yordam kutamiz".

Iste’molchilar Damaschilardan norozi

Respublika Iste’molchilar jamiyati Namangan shahar bo‘limi vakili Husanboy Aliev damaschilar bilan bog‘liq vaziyatni sharhlar ekan, bunday dedi:

“Shaharda transport ko‘p. Juda ko‘p avtohalokatlar damaschilarning aybi bilan bo‘lmoqda. Istagan joyida, uchinchi polosa demay, svetofor demay to‘xtayverishadi. Oxir-oqibat ularning shahar ichida ishlashini to‘xtatishga qaror qilindi. Lekin shahardan tashqarida, tumanlarga, qishloqlarga qatnayverishlari mumkin”.

Husanboy Alievning aytishicha, ko‘plab damaschilar litsenziya berish to‘xtatib qo‘yilganidan so‘ng, vaziyatni to‘g‘ri baholab, damaslarini yengil mashinalarga almashtirib, taksichilik qilmoqda.

XS
SM
MD
LG