Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 21:56

Mirziyoev nazariga tushgan korchalon ta’lim tizimiga ham kirayapti


 Jahongir Ortiqxo‘jaev (chapda) prezident Mirziyoev bilan birga.
Jahongir Ortiqxo‘jaev (chapda) prezident Mirziyoev bilan birga.

O‘zbekistonda Janubiy Koreyaning Gachon universiteti bilan hamkorlikda ilk tibbiy xususiy oliygoh - Akfa universiteti ochilishi kutilmoqda.

Bu o‘quv yurti muassisi keyingi yillarda, ayniqsa, Shavkat Mirziyoev hokimiyatga kelganidan so‘ng, biznes va siyosiy doiralarida tanilgan shaxs - Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaevga tegishli Akfa shirkatidir.

Ortiqxo‘jaevning Akfa universiteti

Ilk xususiy Akfa tibbiy universiteti ochilishi borasidagi prezident qarori muhokamasi 25 oktabr kuni yakunlanadi.

Normativ hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylangan prezidentning yangi oliygoh ochish borasidagi qaroriga hozircha birorta ham taklif bildirilmagan.

Akfa Medline binosi.
Akfa Medline binosi.

Biroq tibbiy oliygoh ochish tashabbuskori bo‘lgan Akfa shirkatidan olingan ma’lumotga ko‘ra, shirkatga qarashli Akfa Medline firmasi Janubiy Koreyaning Gachon universiteti bilan hamkorlikni yil boshidayoq boshlab yuborgan.

“Gachon universitetining Gil gospitali vitse prezidenti Myung Xi Chung may oyida tibbiyot markazimizga kelib, universitet ochish borasidagi loyihalarimiz bilan tanishib ketgan. Biz ular bilan o‘zaro hamkorlik borasida shartnoma imzolaganmiz. Hozir universitet ochish bo‘yicha loyihamiz Koreyada tasdiqdan o‘tishini kutayapmiz”, dedi Akfa Medline xodimi ismini ochiqlamaslik sharti bilan.

Akfa Medline xodimlari ma’lumotiga ko‘ra, hali yangi universitet qaerda joylashishi ma’lum emas.

“Hali joy tayyor emas. Qaerda bo‘lishi noma’lum. Qidirayapmiz”, dedi Ozodlik bog‘langan Akfa Medline xodimi.

Akfa Medline dan olingan ma’lumotga ko‘ra, Gachon universiteti Akfa oliygohini zarur barcha o‘quv darsliklari va dasturlar bilan ta’minlashga va’da bergan.

Universitetda ta’lim kunduzgi ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi va 6 yil davom etadi. Ayni paytda to‘lov-kontrakt narxi ma’lum emas.

“Hozircha kontrakt puli aniq emas. Koreyadan tasdiq javobi kelishi bilan Akfa Medline saytida e’lon qilamiz. Hozircha universitetning sayti yo‘q. Yanvar oyigacha javob kelishini kutayapmiz”, dedi Akfa Medline xodimi.

Yangi oliygohga 2019-2020 yil o‘quv yilida ilk talabalar qabul qilinishi va’da qilinmoqda.

Korchalon hokim

Akfa Medline - AKFA shirkatlar guruhi tomonidan tashkil etilgan xususiy ko‘p profilli tibbiy markazdir. O‘zbekiston alyuminiy va plastik eshik-oynalar bozoridagi asosiy o‘yinchi hisoblangan AKFA shirkatlar guruhining egasi Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev hisoblanadi.

Ortiqxo‘jaev keyingi yillar davomida¸ ayniqsa¸ Shavkat Mirziyoev hokimiyatga kelganidan so‘ng, biznes va siyosiy doiralarida tanilgan shaxsdir.

43 yashar Jahongir Ortiqxo‘jaev hokimlikka tayinlangunga qadar Tashkent City davlat unitar korxonasi direktori va ayni paytda «Artel Injiniring» (Artel Engineering) mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori bo‘lib ishlagan.

Jahongir Ortiqxo‘jaev biznesiga uzoq yillar marhum prezidentning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova homiylik qilib kelgani haqidagi iddaolar mavjud.

Ortiqxo‘jaevlar biznesi Karimov davrida avvaliga gullab¸ so‘ngra jiddiy bosimlarga uchragan payt ham aynan Gulnora Karimovaga nisbatan munosabatning o‘zgara boshlagani bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelgani kuzatiladi. O‘sha payt Ortiqxo‘jaevning o‘zi¸ otasi va aka-ukalariga tazyiqlar bo‘lgani aytiladi. Bu tazyiqlar haqida Gulnora Karimova 2013 yil 15 mart kuni e’lon qilingan blogida yozgandi.

Ortiqxo‘jaev joriy yil 23 aprel kuni Toshkentda Ashxobod bog‘ining ochilishi payti Mirziyoevning nazariga tushgani aytiladi. Bog‘ qurilishiga bosh-qosh bo‘lgan Ortiqxo‘jaev o‘sha kuni Mirziyoev bilan Berdimuhammedovga hamrohlik qilgandi. Oradan 3 kun o‘tib, Ortiqxo‘jaev poytaxtga hokim etib tayinlandi.

Jahongir Ortiqxo‘jaev Media Park, Atlas, ZOR TV, Multi MafeImzo, Ecobozor, Qanotchi, Autograph, Art Gallery va Toshkentda yangi qurilayotgan "Delfinariy"ning ham egasi ekani aytiladi. Biroq Ozodlikda bu borada biror rasmiy hujjat yo‘q.

XS
SM
MD
LG