Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 21:39

Bugun Bo‘zda paxta terayotgan 56 yashar hasharchi yurak xurujidan o‘ldi


 Illyustrativ surat.
Illyustrativ surat.

15 oktabr kuni Andijon viloyatining Bo‘z tumanida paxta terayotgan 56 yashar hasharchi Orifjon Soliev yurak hurujidan olamdan o‘tdi.

Voqea tafsilotlaridan xabardorlarning aytishicha, Paxtaobod tumanidagi moliya bo‘limida qorovul bo‘lib ishlaydigan Soliev paxta terimiga chiqqanining ilk kunida o‘lgan.

Fojea Bo‘z tumanining Mirzo Ulug‘bek qishlog‘i, “Mustaqillik 15 yilligi” mahallasi hududidagi dalada 15 oktabr kuni ertalab soat 10 larda sodir bo‘lgan. Bu haqda Ozodlikka voqea tafsilotlaridan xabardor hasharchilardan biri ma’lum qildi.

“Biz qo‘shni dalada paxta terayotgandik. Soat 10 larda shu fojea haqidagi xabar keldi. Orif akani tanirdik. U Paxtaobodda moliya bo‘limida qorovul bo‘lib ishlaydi. O‘zi kecha kelgandi. Kecha kelib, joylashib, bugun birinchi marta paxta terishga chiqqandi. Ertalab chiqib, ozgina paxta tergach, yuragi ushlab qolibdi. Yonidagilar tez yordamga telefon qilishgan. Biroq tez yordam kelguncha, Orif aka o‘lib qolgan. Doktorlar infarkt deyishdi”, deydi tafsilotlardan xabardor hasharchi yigit.

Bo‘z tumani tibbiyot birlashmasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi xodimlari Orifjon Soliev jasadini Andijon viloyat sud-tibbiy ekspertiza bo‘limiga yetkazishgan.

“1962 yilda tug‘ilgan Soliev Orifjon Turg‘unovich Paxtaobod tumuni, Z. Habibiy ko‘chasi, 77 uyda yashagan. Tez yordam xodimlari dalaga yetib borgan payti Solievning joni uzilgan bo‘lgan. Diagnoz - infarkt. Keyin tez yordam xodimlari Soliev jasadini oblastnoy sud-medekspertizaga olib borib tashlab kelishdi”, - dedi tibbiyot birlashmasi xodimlaridan biri.

Ozodlik, hozircha, Orifjon Solievning o‘limiga oid tibbiy tekshiruvning rasmiy xulosasini ko‘rgani yo‘q.

Orifjon Soliev paxta tergan qishloqdagi hasharchilardan birining Ozodlikka aytishicha, Soliev bilan bog‘liq voqeadan so‘ng qishloqdagi barcha hasharchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish boshlangan.

“Bugun obeddan boshlab hammamizni doktorlar tekshirayapti. Bizni 19- QVP (qishloq vrachlik punkti. -tahr)ga olib borib, tekshirishdi. Dalada hasharchi o‘lib qolgach, hammasi qo‘rqib qolgan. Hamma tashkilotlar rahbarlari kelishdi. O‘lgan hasharchi otryadiga SES xodimlaridan vakil biriktirilgan edi. Afsus nazorat qilinmagan. Sababi SES xodimlari ham paxtaga chiqayapti. Hamma hasharchiga “Agar birov so‘rasa, uyushmagan aholimiz, deysanlar” deb o‘rgatishdi”, deydi Bo‘z tumani dalalarida paxta terayotgan hasharchi.

Бугун Бўзда пахта тераётган 56 яшар ҳашарчи юрак хуружидан ўлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:06 0:00
Бевосита линк

Bo‘zdagi ushbu voqeadan 5 kun avval Bo‘ka tumanida paxta terayotgan 61 yashar Yo‘ldosh Ashurov ham yurak xurujidan vafot etdi.

O‘zbekistonda har yili paxta terimi mavsumida halokatli hodisa va voqealar qayd etiladi.

4 kun avval Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida terimchilarni paxta dalasiga tashiyotgan “Isuzu” rusumli avtobusi halokatga uchrashi oqibatida 19 odam jarohatlandi.

29 sentabrda esa Samarqand viloyat, Ishtixon tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida paxta terimiga ketayotgan 3 ayol halok bo‘ldi. Oradan bir kun o‘tib hodisada tan jarohati olgan to‘rtinchi ayol Ishtixon tuman markaziy shifoxonasida vafot etdi.

Shu yilning 18 sentabr kuni Buxoro-Qorovulbozor yo‘lining Kogon tumani hududidan o‘tuvchi qismida ​avtobusda gaz balloni portlashi oqibatida paxtaga borayotgan 5 kishi halok bo‘lgan va yana 21 odam turli darajada jarohat olgan edi.

XS
SM
MD
LG