Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 19:36

Hibs qilingan o‘zbek bloggerlari himoyasiga imzo to‘planmoqda. Bloggerlarni qo‘lga olish davom etayotgani aytilmoqda


Qo‘lga olingani aytilayotgan o‘zbek bloggerlari.
Qo‘lga olingani aytilayotgan o‘zbek bloggerlari.

O‘zbekistonlik qator bloggerlarning hibsga olinishi ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek kontentida norozilklarga sabab bo‘ldi. 2 sentabrdan shu kungacha hibsdagi o‘zbek bloggerlari himoyasi uchun e’lon qilingan petitsiyaga 800 odam imzo chekdi.

Ҳибс қилинган ўзбек блоггерлари ҳимоясига имзо тўпланмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:11 0:00

“Biz huquqiy demokratik davlatda istiqomat qilamiz va prezidentning oliy minbardan so‘zlagan so‘zlariga ishonamiz. Vatanimizda bo‘layotgan hamma voqea-hodisalarni kuzatib, mushohada qilamiz. Guvohi bo‘layapmizki, ayrim mansabdorlar o‘z amali bilan hukumatga, avvalo, xalqimiz uchun ezgulik eshiklarini lang ochib yuborgan prezidentga ishonchsizlikni paydo qilishmoqda. Har bir salbiy hodisada sodda odamlar mamlakat rahbarini ayblashi mumkin.

Shuning munosabati bilan ijtimoiy tarmoqda Musannif Adham hamda Ziyovuddin Rahim va Otabek Usmonovlarni qo‘llab-quvvatlash uchun ovoz yig‘ishni boshlaymiz. Izohda o‘z ism-sharifingiz va manzilingizni qoldiring”, deyiladi petitsiyada.

Avvalroq Ozodlik radiosi toshkentlik blogerlar - Atxam Olimov (Musannif Adham), Ziyodulla Kabirov (Ziyovuddin Rahim), andijonlik Otabek Usmonov va qo‘qonlik Xurshidbek Muhammadroziqov militsiyaga olib ketilib, keyin huquq-tartibot xodimining qonuniy talablariga bo‘ysunmaganlikda ayblanib 10-15 kunlik hibsga hukm qilinganlari to‘g‘risida xabar bergan edi.

Militsiyaga 2 sentabr kuni chaqirtirilgan toshkentlik 41 yashar bloger Miraziz Ahmedovning taqdiri noma’lum qolmoqda.

O‘zbekiston inson huquqlari himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Sur’at Ikromov 5 sentabr kuni namanganlik Dilshodbek Xalilov, toshkentlik To‘lqin Ostonov va Sulaymon Erkin kabi bloggerlar ham qo‘lga olingani haqida xabar tarqatdi.

Ijtimoy tarmoqlarda prezident Mirziyoevga bloggerlarni ozod qilish talabi bilan murojaat qilingan videolar ham tarqala boshlandi.

Umidjon Hasan ismli blogger esa: “Qo‘lga olingan bloger do‘stlarimiz o‘z muddatini o‘tab chiqadi. Va yanada bosiqroq yozadigan bo‘lib qolishadi... Ammo endi erkin nafas olayotgan jamiyatnig ongiga qo‘rquv urug‘ini ekishning nima keragi bor edi, tushunmayman. Hatto lirik mavzuda ijod qiladigan beozor shoir bolalar ham hadik va xavotirga tushib qolib yozishga ikkilanyapti. Qo‘rquvga mahkum etilgan millatdan erkin fikrlar, intellektuallar chiqadimi-yo‘qmi – bilmadim”, deb yozdi.

Avvalroq o‘zbekistonlik taniqli blogger, O‘zbekistondagi eng yirik onlayn kutubxona - Ziyouzning asoschisi Davronbek Tojialiev ham militsiyaga chaqirtirildi, unga nisbatan jinoyat ishi ochilgan bo‘lishi mumkin, degan xabar tarqalgan edi. Biroq Davronbek Tojialiev Ozodlik radiosi bilan bo‘lgan suhbatda bu xabarni rad etdi.

Bloggerlarni hibsga olish harakatlari 25 avgust kuni Muhammad Shakur nomi bilan tanilgan, ko‘proq ijtimoiy muammolarni yoritib kelayotgan bloger Shokir Sharipovning ogohlantirilishidan boshlangandi.

Blogerning Ozodlikka aytishicha, uning Qibraydagi uyiga 8 kishidan iborat organ xodimlari hech qanday hujjatsiz kirib kelib, uni ichki ishlar bo‘linmasiga olib ketganlar.

Birinchi guruh nogironi bo‘lgan Shokir Sharipov unga nisbatan ma’muriy ish ochilganini bildirdi.

XS
SM
MD
LG