Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 12:48

“Davlat rahbariga bunday gaplar yarashmaydi”


OzodNazar - Sharof Ubaydullaev - Ozod Nazar Uzbekistan
OzodNazar - Sharof Ubaydullaev - Ozod Nazar Uzbekistan

Sarlavhaga chiqarganimiz gapni aytar ekan, publitsist Sharof Ubaydullaev, albatta, prezident Shavkat Mirziyoevni nazarda tutdi.

OzodNazar mehmoni bilan suhbatimiz mavzuini esa, O‘zbekiston xalq shoiri, senator Iqbol Mirzoning “Xalq so‘zi” gazetasining 14 avgust sonida e’lon qilingan maqolasi belgilab berdi.

“Yongan yurak ziyosi” degan sarlavha ostida yoritgan maqolasida Iqbol Mirzo bunday yozadi:

“Gap shundaki, ko‘p yillar davomida o‘zimizni aldab, o‘zimizga mahliyo bo‘lib, bino qo‘yib yashadik. Yon qo‘shnilarimizni bezdirib, do‘stdan dushman yasadik, ta’limni isloh etamiz deb, bolalarimizni ko‘rsavod qildik, tibbiyot g‘orat bo‘ldi, erkin so‘zning tomog‘idan xippa oldik. Natijada kun ko‘rish uchungina yashaydigan, yuragiga qo‘rquv uya qurgan, qorindan boshqa narsani o‘ylamaydigan, qo‘shnisiga qayishmaydigan, loqayd va karaxt muhit paydo bo‘ldi. Shu asnoda iste’dodlar chetga surilib, ustoz adiblar e’tiborsiz qoldirildi. Dardi ichiga tushgan millatsevar ziyolilar uzlatga chekindi. Ko‘pchilikning ko‘ngli tubidagi kelajakka umid shamlari bir-ketin o‘cha boshladi. Biz umumiy qora tush ko‘rayotgandek edik. Ha, ulug‘ adibimiz aytganidek, qancha-qancha umrlar tushda kechdi, uyquda zoe bo‘ldi”.

Qaysi davrni nazarda tutayapti Iqbol Mirzo, degan savol bilan boshlandi suhbat...

“Давлат раҳбарига бундай гаплар ярашмайди”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:24:45 0:00
Бевосита линк
XS
SM
MD
LG