Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 01:27

Nukuslik mudiralar mahallalarni obod qilish uchun ulardan pul yig‘ilganidan shikoyat qilishdi (VIDEO)


Mudiralar iddaosiga ko‘ra, suratdagi uylar ulardan yig‘ilgan pulga ta’mirlanmoqda
Mudiralar iddaosiga ko‘ra, suratdagi uylar ulardan yig‘ilgan pulga ta’mirlanmoqda

​Nukus shahridagi bolalar bog‘chalari mudiralari iddaosiga ko‘ra, “Obod mahalla” dasturiga tushgan “Havo yo‘li” mahallasini obodonlashtirish uchun ulardan 150 ming so‘mdan pul yig‘ib olingan. Ozodlikka bog‘langan mudiralarga ko‘ra, ulardan yig‘ilgan pulga 120 ta uyning fasadi ta’mirlanmoqda. Ammo, Nukus shahar Xalq ta’limi bo‘limi mulozimi bog‘cha mudiralari iddaosini inkor qildi.

Ozodlikka bog‘langan nukuslik mudiralarga ko‘ra, avgust oyi boshida shahardagi bolalar bog‘chalaridan “Obod mahalla” dasturi uchun 150 ming so‘mdan pul yig‘ib olingan.

“Iyul oyi oxirida “Obod mahalla” dasturi bo‘yicha maxsus yig‘ilish o‘tkazilib, Nukus shahar Xalq ta’limi bo‘limiga Aeroport ko‘chasidagi 120 ta uyni ta’mirlash topshirildi. Bu uylar “Obod mahalla” dasturiga kirgan uylar ekan. Xalq ta’limi bo‘limining Maktabgacha ta’lim bo‘limi rahbariyati esa Nukusdagi bog‘cha mudiralaridan 150 ming so‘mdan yig‘ib oldi”, deyiladi Ozodlikka yo‘llangan maktubda.

Nukusdagi bolalar bog‘chalaridan birining mudirasi ismini ochiqlamaslik sharti bilan Ozodlikka aytishicha, mudiralar o‘zlariga tazyiq bo‘lishidan qo‘rqib, pul berishga majbur bo‘lishgan:

“Biz pul bermasak, keyin kelib, bog‘chalarimizni tekshirishadi. Birinchi bo‘lib, kuxnyani tekshiradi. Topishadi biror muammo. Shuning uchun hammamiz qo‘rqamiz. 150 ming so‘mdan berdik. Shaharda 51ta bog‘cha bor. Menimcha hammasidan yig‘ildi. Bizdan yig‘ilgan pulga Gorononing o‘zi o‘sha uylarni ta’mirlayapti”, deydi nukuslik mudiralardan biri Ozodlik bilan 9 avgust kungi suhbatda.

Ozodlikka bog‘langan boshqa bir mudiraga ko‘ra, gap “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan Nukusdagi “Xaua joli” (Xavo yo‘li) mahallasigi uylarni ta’mirlash haqida ketmoqda.

“Shu “Xaua joli” mahallasidagi uylarni ta’mirlashda Gorono xodimlari ishtirok etayapti. Gorono tarkibida ekspluatatsiya bo‘linmasi tashkil qilingan. Bu bo‘linma maktabgacha ta’lim muassasalaridagi santexnika va elektr ishlarini qilishi kerak. Lekin bu bo‘linma bog‘chalar qolib, ko‘chada birovlarning uyida ishlab yuribdi. Bo‘linmaga ajratilgan "Damas" ham ko‘cha xizmatida. Bu yoqda biz - mudiralarga santexnika va elektr ishlarini cho‘ntagimizdan sarflab qildirmoqda”, deya so‘zlariga video va suratlarni ilova qiladi nukuslik mudira.

Нукусдаги "Хаво йўли" маҳалласини ободонлаштириш жараёнидан
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:30 0:00
Бевосита линк

Mudira iddaosicha, video-suratlarda aks etgan ko‘cha “Xavo yo‘li” mahallasidagi ko‘cha bo‘lib, u yerda ishlayotgan kishilar shahar xalq ta’limi bo‘limi xodimlaridir.

“Bog‘chalar nega birovlarning uyini ta’mirlashi kerak?", deya savol qo‘yadi Ozodlikka bog‘langan nukuslik mudiralar.

Nukus shahar Xalq ta’limi bo‘limining Maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i Kenesboy Saydullaev Ozodlik bilan suhbatda “Obod mahalla” dasturi uchun bog‘cha mudiralaridan pul yig‘ilganini inkor qildi.

- Hech narsa yig‘ganim yo‘q. Hech qanaqa “Obod mahalla”ga yordam berayotganim yo‘q, - dedi Kenesboy Saydullaev.

Ayni paytda Saydullaevga ko‘ra, “Obod mahalla” dasturi doirasida “Xavo yo‘li” mahallasidagi 2 ta bog‘cha: 5- va 45-bolalar bog‘chalari ham obodonlashtirilmoqda. Biroq Saydullaev ushbu bog‘chalarni obodonlashtirish davlat byudjeti tomonidan amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

- “Obod mahalla”ning ichida 2ta muassasam bor. Shu yerda nazoratda yuribman xolos. Shtabga har kuni kechqurin va ertalab ma’lumot beraman. Qancha qurilish bo‘layapti, qanday ishlar bo‘layapti? Mana shuning hisobotini qilaman. Bu bog‘chalarning ta’miri uchun mablag‘ byudjet tomonidan. 5-bog‘cha uchun 592 million so‘m, 45-bog‘cha uchun 560 mi, 570 millionmi shunaqa, dedi Kenesboy Saydullaev.

Prezident Mirziyoev tomonidan joriy yil 27 iyun kuni imzolangan “Obod mahalla” dasturiga oid maxsus qarorga muvofiq, Nukus shahrida ikkita mahalla: “Bos tobe” va “Xaua joli” mahallalari 2018 yil davomida obodonlashtirilishi lozim. 2019 yilda esa Nukusda yana 3ta mahalla obodonlashtiriladi.

Rasmiy qarorga ko‘ra, Nukusdagi 5 ta mahallani obodonlashtirish uchun jami 3-54,3 milliard so‘m sarflanishi rejalangan bo‘lib, bu xalqaro moliya institutlari, respublika byudjeti, maqsadli jamg‘armalar, “Mahalla” jamg‘armasi, tarmoq korxonalar mablag‘lari va tijorat banklari kreditlari hisobidan amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Joriy yil may oyida namanganlik o‘qituvchilar “Obod qishloq” dasturini moliyalash uchun ularga o‘lpon solinganidan shikoyat qilishgandi.

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani Xalq ta’limi bo‘limi rahbari muovini Abdurasul Boymatov Ozodlik bilan suhbatda “Obod qishloq” dasturi uchun pul tuman hokimining farmoyishiga ko‘ra, nafaqat maktab o‘qituvchilari, balki boshqa byudjet tashkilotlari xodimlaridan yig‘ilayotganinini tasdiqlagandi.

XS
SM
MD
LG