Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 00:39

Samarqandda 12 yashar o‘quvchini maktab darvozasi bosib qolib o‘ldi (VIDEO)


12 yashar Jonibek Hamroqulov
12 yashar Jonibek Hamroqulov

Samarqand shahridagi 71-umumta’lim maktabning 6-sinf o‘quvchisi Jonibek Hamroqulov 4 may kuni maktab hududida vafot etdi.

Yaqinlarining iddao qilishicha​, Jonibek maktab hovlisining orqa tomoniga mahalliy tadbirkor omonat o‘rnatgan temir darvozaning bosib qolishi oqibatida nobud bo‘lgan.

Maktab direktori maktabning orqa tomonidagi hudud tadbirkorga berilgani haqidagi iddaolarni qisman tasdiqladi.

Samarqand shahrining Yuqori Xo‘jasoat mahallasida yashagan 12 yashar Jonibek Hamroqulovni 4 may kuni soat 13 ga yaqin 71-maktabning orqa tomoniga noqonuniy qurilgan darvoza bosib qolgani to‘g‘risida Ozodlikka marhumning yaqinlari xabar qildi.

Самарқандда 12 яшар ўқувчини мактаб дарвозаси босиб қолиб ўлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:52 0:00

Ularning iddao qilishicha, darvoza omonat qurilgani uchun bolaning ustiga qulab tushgan:

“Jiyanim va boshqa maktab o‘quvchilari bo‘yi uncha baland bo‘lmagan bu darvozadan oshib kirib-chiqib yurishgan. Darvozani maktabga qo‘shni yashaydigan mahalliy tadbirkor Z. R. bir yil avval qo‘ydirgan ekan. Darvoza liqillab turgan, uning poydevori ham betonlanmagan. Jiyanim o‘shanga osilib o‘tmoqchi bo‘lganida ustiga ag‘nab ketgan va boshini ezib yuborgan”, dedi marhum yaqinlaridan biri.

12 yashar Jonibek Hamroqulovni bosib qolgan darvoza
12 yashar Jonibek Hamroqulovni bosib qolgan darvoza

Jonibekning ammasi Feruza Turobovaning Ozodlikka aytishicha, maktabning orqa tomonidan qo‘shimcha darvoza ochishga umuman ehtiyoj bo‘lmagan:

- Mening eshitishimcha, direktor maktabning orqa tomonidagi yerni bir tadbirkorga sotib yuborganmi, berib yuborganmi, ishqilib, devorni buzib o‘sha darvozani tadbirkor o‘rnatgan. Beton qilmasdan, shunday loyga qotirib qo‘ygan. Nahot direktor, o‘zining hududini begona odamga berib yuboraveradi. Mening gulday jiyanim o‘lib ketaveradimi?! Bu ishni mahalla va maktab direktori bosti-bosti qilishyapti, - dedi Feruza Turobova.

12 yashar Jonibek Hamroqulov sambo bilan shug‘ullangan
12 yashar Jonibek Hamroqulov sambo bilan shug‘ullangan

Samarqand shahridagi 71-umumta’lim maktabining direktori Zebixon Ahmedova Ozodlik bilan suhbatda maktabning orqa tomonidagi hudud tadbirkorga berilgani haqidagi iddaolarni qisman tasdiqladi:

- U joy eski devor edi. Tadbirkor mahallaga borib, aytganki, bolalarning sport zali yo‘q, men o‘zim yonimdan maktabga sport zali qurib beraman, degan. Ham mahalla, ham maktab bolalari o‘ynaydi deb, bir sport zali qilmoqchi edi. Savob ish qilib bermoqchi edi. Hozir bu joy maktabning balansida turibdi, hali hech kimga berilgan ham emas. Menga mahalla oqsoqoli bilan birga kelishdi. Men aytdimki, agar shahar hokimligi ruxsat bersa, mayli dedim, - dedi Zebixon Ahmedova.

Ozodlikning “Hali rasman ruxsat olmagan, deyapsiz, lekin u maktab devoridan qo‘lbola darvoza ochib olganiga bir yil bo‘libdiku?”, degan savolini maktab direktori ochiq qoldirdi.

Yuqori Xo‘jasoat mahallasida yashovchi, ismi sir qolishini so‘ragan suhbatdoshlardan birining aytishicha, maktab direktorining bu yerda tadbirkor sport zali qurmoqchi bo‘lgani haqdagi gaplari yolg‘on:

“Men o‘zim o‘sha mahallada yashayman va o‘sha tadbirkor Z. R.ni yaxshi taniyman. To‘g‘ri, uning shaharda qurilish mollari sotadigan bir do‘koni bor. Bu joyni olib, u sklad qurmoqchi bo‘lgan. Sport zali esa, mahallaga kerak emas, chunki yaqinda katta sport zali mahallada qurilgan. Mana rasmini ham jo‘nataman. O‘lgan bolacha ham shu sport zalida sambo bilan shug‘ullanardi. Bir qancha musobaqalarda qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallagan. Tadbirkorni sport zali qurishga kuchi ham etmaydi”, dedi xo‘jasoatliklardan biri.

Ozodlikning Yuqori Xo‘jasoat mahalla fuqarolari yig‘ini raisi va tadbirkor Z. R.ni topishga qilgan harakatlari besamar bo‘ldi.

Samarqand shahar ichki ishlar bo‘limining navbatchisi bu voqea yuzasidan barcha ma’lumotlarni viloyat ichki ishlar boshqarmasining matbuot xizmatidan olish mumkinligini aytdi.

Ammo, boshqarma matbuot kotibi Ulug‘bek Omonov bilan bog‘lanishning imkoni bo‘lmadi.

XS
SM
MD
LG