Bu yil dunyo musulmonlari Ramazon hayitini Ukrainadagi urush tufayli keskinlashgan global oziq-ovqat narxlarining ko‘tarilishi manzarasida kutib oldi, deb yozmoqda "Assoshieyted press" agentligi.
Agentlik muxbiriga ko‘ra, G‘azo sektorida ko‘chalar va bozorlar gavjum bo‘lsa-da, aksariyat odamlar ko‘p narsa olishga qurbi yetmasligini aytadi.
"Vaziyat qiyin", deydi besh farzandning onasi Um Musab G‘azo shahridagi bozorni aylanib yurib. "Ishchilar zo‘rg‘a tirikchilik qiladi, ammo qolgan odamlar qattiq qiynalmoqda".
Hayit pishiriqlarini tayyorlash uchun xurmo pastasi, un va yog‘ sotib olgan Mahmud al-Madxun moliyaviy ahvol yomonlashayotganini aytdi. "Biroq, biz xursand bo‘lishga qaror qildik", deya qo‘shimcha qildi u.
Asosan importga tayanadigan Falastin anklavi esa Ukraina urushidan oldin shundog‘am nochor edi. Chunki Falastin Hamas masalasida Isroil va Misrning kuchli bosimi ostida bo‘lib kelmoqda.
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди
Suriya iqtisodiyoti esa urush, G‘arb sanksiyalari, korrupsiya va qo‘shni Livandagi iqtisodiy tanazzuldan aziyat chekib keladi.
Afg‘onistonliklar Tolibon hokimiyatga kelganidan keyin ilk marta, xavfsizlik va iqtisodiy ahvol og‘ir bir sharoitda hayit bayramini nishonladi. Ko‘chada hamma ehtiyotkorlik bilan yurdi. Lekin yakshanba kuni bayram boshlanganida, xavfsizlik choralari kuchaytirilgan Kobulning eng katta masjidlariga odamlar namoz o‘qish uchun kirdi.
Tez-tez sodir bo‘ladigan portlashlar hayit oldidan bayram kayfiyatini buzdi. Portlashlarni IShIDning Xuroson bo‘limi o‘z zimmasiga olgan. Qo‘poruvchilik harakatlarida asosan shia bo‘lgan etnik hazoralar nishonga olingani aytiladi.
Biz qarshiligimizni ko‘rsatmoqchimiz, ular bizni siqib chiqara olmaydi”, dedi jamiyat rahbari, doktor Bakr Said.
Shanba kuni Kobuldagi xayriya oziq-ovqat tarqatish markazida 10 farzandning otasi Din Muhammad bu hayit uning uchun eng yomoni bo‘lishini kutganini aytadi.
“Qashshoqlik bilan hech kim hayitni avvalgidek nishonlay olmaydi”, dedi u.
"Odamlar bizga ovqat berishini kutmasdan, o‘zimiz uchun biror narsa sotib olishimiz uchun qaniydi ishimiz bo‘lsa".
Iroqda bu yil poytaxt kiyim-kechak bozorlariga odatdagidan kamroq xaridor tashrif buyurgan. Xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar bayramlarni ham chetlab xavfsizlik kuchlari o‘tgan yilgi bayram arafasida sodir bo‘lgan portlashlar qaytarilmasligi uchun nazoratni kuchaytirgan.
Hindistonda mamlakatdagi musulmon ozchilik hind millatchilarining uzoq vaqtdan beri musulmonlarga qarshi namoyishlari va bosimlari bilan kurashib keladi. Ramazon oyida ikki o‘rtadagi taranglik zo‘ravonliklarga, hindu va musulmon guruhlari o‘rtasidagi toshbo‘ronga aylanib ketdi.
Musulmon voizlari musulmonlarni hayitda hushyor bo‘lish haqida ogohlantirgan.
Huquq faoli Uvays Sulton Xonning aytishicha, hind musulmonlari "eng yomon voqealar rivoji bilan kurashishga faol tayyorlanmoqda". "Hindistonda musulmonlar uchun hech narsa avvalgidek emas, shu jumladan, Hayit ham".
Millionlab indoneziyaliklar Hayit bayrami oldidan yirik shaharlardan chiqib, oilalari bilan qishloqlarga hayit bayramini nishonlash uchun yo‘l oldi.
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди
Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng katta masjidda dushanba kuni ertalab o‘n minglab musulmonlar namozga tashrif buyurishdi. Indoneziya poytaxti Jakartadagi “Istiqlol” masjidi koronavirus sababli ikki yil jamoaviy namozlar uchun yopiq bo‘ldi.
“Bizni uzoqlashtirgan pandemiyaning ikki yilidan so‘ng bugun qanchalik xursand bo‘lganimni so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi. Bugun biz yana birga hayit namozini o‘qishimiz mumkin”, dedi Epi Tanjung rafiqasi bilan Jakartadagi boshqa masjidda namoz o‘qib chiqqanidan so‘ng.
Ukrainadagi urush va Rossiyaga qarshi sanksiyalar g‘alla va o‘g‘it yetkazib berishni to‘xtatib qo‘ydi, bu esa inflyatsiya avj olgan bir paytda oziq-ovqat narxining oshishiga olib keldi. Masalan, aksariyat musulmonlar yashaydigan bir qator davlatlar bug‘doy importining katta qismi Rossiya va Ukraina hissasiga to‘g‘ri keladi.
Ba’zi mamlakatlarda Ukrainadagi urushning oqibatlari shundog‘am notinchlik, ko‘chirilish yoki qashshoqlikdan azob chekayotganlarning qayg‘usini yanada kuchaytirmoqda.
– Indoneziya musulmonlari 2 yildan so‘ng Ramazon hayitini to‘liq nishonlagan bo‘lsa, Suriyaning isyonchilar nazorati ostidagi shimoli-g‘arbiy Idlib viloyatida bu yilgi Ramazon oyi o‘tgan yilga qaraganda qiyinroq bo‘ldi. Abed Yasinning so‘zlariga ko‘ra, u, rafiqasi va uch farzandi uchun bugungi kunda o‘tgan yili yordam guruhidan olgan mahsulotlarning yarmini, jumladan, no‘xat, yasmiq, guruch va yog‘ olgan. Bu esa hayotni yanada qiyinlashtirmoqda.
Jakartalik Hadiul Umam, “Pandemiya hali tugamagan bo‘lsa-da, Hayitni odatdagidek nishonlashga bo‘lgan intilish bugun nihoyat ustun keldi.
Koronavirusdan ogohlantirishlar va oziq-ovqat narxining oshishiga qaramay, poytaxtdagi ko‘pchilik bayram oldidan kiyim-kechak, poyabzal va shirinliklar sotib olish uchun savdo markazlariga bordi.
Malayziyadagi musulmonlar ham chegaralar to‘liq ochilib, COVID-19 choralari yanada yumshatilgandan keyin hayitni bayramona kayfiyatda kutib oldi. Raamazon bozorlari va savdo markazlari Hayit bayrami oldidan xaridorlar bilan to‘lib toshdi.
Kuala-Lumpurda ishlaydigan savdo menejeri Fayruz Muhammad Tolib "Endi bayramni nishonlash uchun uyga qaytayotganimizning o‘zi bir baxt", dedi. Sayohat bilan bog‘liq cheklovlari tufayli ikki yil uzoqda bo‘lgan Fayruz oilasi bilan bayramni nishonlash uchun qishloqqa boradigan bo‘ldi.
"Bu bayram shunchaki ziyofat emas, balki yana birga bo‘lishdir", deya ta’kidladi u.