OzodSuhbat: “Onlayn darslarning eng zaif tomoni Internet sustligidir” (FOTOGALEREYA)

OzodSuhbat - Ozodlikning yangi eshittirishi.

OzodNazardan farqli o‘laroq, bu eshittirishda ekspertlar, tahlilchilar emas, kunning u yoki bu voqeasining hech yo‘q bir chetiga aloqasi bor har qanday tinglovchi ishtirok etishi mumkin.

Koronavirusga qarshi kurash respublika maxsus komissiyasi qaroriga binoan O‘zbekiston maktablarida 2019-2020 o‘quv yili onlayn tarzda yakunlanadigan bo‘ldi.

Komissiya qaroriga muvofiq, xalq ta’limi tizimidagi tashkilot va muassasalarida 2019-2020 o‘quv yili “online-maktab” loyihasi doirasida tashkil etilgan masofaviy televizion videodarslar orqali yakunlanadi.

O‘qituvchilar va masofaviy ta’lim jarayonini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan xalq ta’limi tizimidagi xodimlar esa o‘z ish faoliyatlarini masofaviy tarzda davom ettiradilar.

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlanishi bilan 16 martdan barcha ta’lim muassasalari yopilib, o‘quvchilar ta’tilga chiqarilgan.

30 martdan boshlab esa maktab o‘quvchilari uchun masofaviy ta’lim boshlangan.

Onlayn darslar bilan bog‘liq barcha savollarni OzodSuhbat eshittirishining birinchi mehmoni, sirdaryolik Ona tili va adabiyoti o‘qituvchi To‘lqinga berdik (familiyasi aytilmasligini ma’qul ko‘rdi) Sarlavhaga chiqarganimiz ta’kid To‘lqinnikidir.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

OzodSuhbat: “Onlayn darslarning eng zaif tomoni Internet sustligidir”


Maqolaga ilova qilinayotgan quyidagi suratlarni ham Ozodlikka suhbatdoshimiz lutfan taqdim etdi.

Ўзбекистонда онлайн дарслар қандай ўтяпти?

OzodSuhbat eshittirishida ishtirok etmoqchi bo‘lganlar muallifning (Sarvar Usmon) Feysbukdagi sahifasiga, “Shaxsiy”iga yozsin.

OzodSuhbatdan bonus: mehmon suhbat oxirida mezbonga bitta savol berishi mumkin.