Yuqori lavozimli AQSh va Rossiya generallari 4 mart kuni Venada uchrashib, Suriyadagi vaziyatni muhokama qiladi.
Venada AQSh Bosh shtabi rahbari, general Josef Danford hamda Rossiya Qurolli qo‘shinlari bosh shtabi rahbari, general Valeriy Gerasimovlarning ikkitomonlama uchrashuv o‘tkazishi ham kutilmoqda.
O‘tgan yilning dekabr oyida AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyadagi 2 mingga yaqin AQSh askarini olib chiqib ketishini e’lon qilgan edi.
Respublikachilar, demokratlar hamda ayrim xorij rasmiylari Trampning bu qarorini tanqid qildi. Ularning aytishicha, bunday harakat AQSh dastaklab kelgan kurdlar taqdirini Turkiya qo‘liga topshiradi va Suriyada harbiy amaliyot o‘tkazib kelayotgan Eron hamda Rossiya g‘alabasini ta’minlaydi.
Rossiya va Eron Suriya prezidenti Bashar al-Assadni dastaklab keladi. AQSh va Turkiya esa turli isyonchi guruhlarga yordam ko‘rsatib keladi.
2014 yilda Rossiya Ukrainaning Qrim mintaqasini anneksiya qilib, Ukraina sharqida rossiyaparast ayirmachilarni dastaklay boshlashi ortidan Moskva va Vashington o‘rtasidagi munosabatlar sovib ketdi.
2018 yildan Danford va Gerasimov munosabatlarni yaxshilash ilinjida bir necha marta uchrashdi.
AQShning 1987 yilda Qo‘shma Shtatlar va Sovet Ittifoqi o‘rtasida o‘rta masofaga uchuvchi yadroviy qurollarni cheklash bo‘yicha imzolangan bitimdan rasman chiqishi ikki davlat o‘rtasidagi tafovutni yanada kengaytirgan.